10. Imzo qoʻygan hujjatlarning va oʻzi bergan xulosalarning qonunchilikka muvofiqligi uchun
javob beradi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2014-yil 15-dekabrda 2634-son
bilan
roʻyxatga olingan “Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning
xarajatlar smetasi va
shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi” Nizomga muvofiq
buxgalteriya xizmatining xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi, shtat jadvallari, jamlanma
shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish hamda budjet intizomiga rioya etilishiga
javob beradi.
12. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi va boshqa qonun hujjatlariga asosan zimmasiga yuklatilgan
majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi
qonunchiligiga muvofiq tegishli tartibda intizomiy va moddiy javobgardir.