-bob. Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati maktabgacha taʼlim tashkilotlari




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/322
Sana17.05.2024
Hajmi3,57 Mb.
#239820
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   322
Bog'liq
lavozim yoʻriqnomalari

2-bob. Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati maktabgacha taʼlim tashkilotlari 
boʻyicha Bosh iqtisodchisining lavozim majburiyatlari 
4. Bosh iqtisodchi quyidagilarni amalga oshiradi: 
Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati (keyingi oʻrinlarda Buxgalteriya xizmati 
deb yuritiladi) maktabgacha taʼlim tashkilotlari boʻyicha Bosh iqtisodchisi (keyingi oʻrinlarda Bosh 
iqtisodchi deb yuritiladi) quyidagilarni amalga oshiradi: 
bevosita Buxgalteriya xizmati Bosh hisobchisiga boʻysunadi; 
ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qiladi; 
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, 
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, vazirlikning 
hayʼati qarorlari, vazirning buyruq va farmoyishlariga, vazirlikning hujjatlari hamda 
koʻrsatmalariga, boshqarmaning hayʼati qarorlari, boshliq buyruqlari va topshiriqlari bilan 
yuklangan vazifalarning oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlagan holda faoliyatini olib boradi; 
Buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan maktabgacha taʼlim tashkilotlari xarajatlar 
smetasi, shtatlar jadvallarini tegishli koʻrsatkichlar, meʼyoriy hujjatlar asosida oʻz vaqtida tuzadi 
hamda roʻyxatdan oʻtkazadi, shuningdek, zarur hollarda ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar 
kiritadi; 
Buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan maktabgacha taʼlim tashkilotlarning 
xarajatlar smetasi, shtatlar jadvallariga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni tahlil qiladi; 
Buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan maktabgacha taʼlim tashkilotlarning 
xarajatlar smetasi, shtatlar jadvallarini tuzish uchun tegishli boʻlgan koʻrsatkichlar oʻzgarishlarini 
tahlil qiladi; 
Buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ortiqcha 
rejalashtirilganligi aniqlangan mablagʻlar, shtat birliklari toʻldirilmaganligi, shuningdek, tarmoq, 
shtatlar va kontingentlar boʻyicha reja bajarilmaganligi natijasida boʻshab qoladigan mablagʻlarni 
chegirish boʻyicha doimiy tahlil qilib boradi; 
Buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan maktabgacha taʼlim tashkilotlarning 
byudjetdan tashqari jamgʻarma mablagʻlarini (daromadlarni oshirish boʻyicha) jalb qilish holatlari 
boʻyicha maʼlumotlar tayyorlaydi; 


shtat-kontingent koʻrsatkichlar boʻyicha choraklik va yillik hisobotlarni tayyorlaydi; 
moliyaviy xato va kamchiliklarni oldini olish maqsadida Buxgalteriya xizmat tomonidan 
qamrab olingan muassasa va tashkilotlarining xarajatlar smetasi, shtatlar jadvallarini tuzish uchun 
tegishli koʻrsatkichlar oʻzgarishi hisobiga kiritilgan va kiritilayotgan oʻzgartirishlarni doimiy tahlil 
qiladi; 
Buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan taqsimlangan maktabgacha taʼlim 
tashkilotlarning homiladorlik va tugʻish nafaqalarini belgilangan muddatlarda tegishliligi boʻyicha 
topshirilishini taʼminlaydi hamda qoʻshimcha talab etiladigan mablagʻlar boʻyicha tegishli hisob-
kitoblarni doimiy tahlil qilib boradi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab 
taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalariga 
yuborishga tayyorlaydi; 
Buxgalteriya 
xizmatlari 
tomonidan 
qamrab 
olingan, 
respublika 
byudjetidan 
moliyalashtiriladigan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining birinchi va ikkinchi guruhlar boʻyicha 
shtatlar jadvallari (tarifika
t
siya roʻyxatlari) tuzadi va tasdiqlanishga, jamlangan holda 
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va 
viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalariga yuborishga tayyorlaydi; 
Buxgalteriya 
xizmatlari 
tomonidan 
qamrab 
olingan, 
respublika 
byudjetidan 
moliyalashtiriladigan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining birinchi va ikkinchi guruhlar boʻyicha 
xarajatlar smetalari tuzadi va tasdiqlanishga, jamlangan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi 
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab 
taʼlimi boshqarmalariga yuborishga tayyorlaydi; 
Buxgalteriya 
xizmatlari 
tomonidan 
qamrab 
olingan, 
respublika 
byudjetidan 
moliyalashtiriladigan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining ish haqi toʻlovlari uchun talab etiladigan 
qoʻshimcha mablagʻlarni asoslangan hisob-kitoblar asosida aniqlaydi va ushbu qoʻshimcha mablagʻ 
ajratish uchun buyurtmanomalarni jamlangan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha 
va maktab taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi 
boshqarmalariga yuborishga tayyorlaydi; 
moliyaviy sohaga oid boʻlgan hududiy va respublika miqyosida seminarlar, kengash 
yigʻilishlari, oʻquvlar, anjumanlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etadi; 
Davlat byudjetidan ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli, samarali va oqilona foydalanish, 
mablagʻlarning maqsadsiz sarflanishini nazorat qilish, moliyaviy xato va kamchiliklar kelib chiqishi 
mumkin boʻlgan holatlarni oldini olish, byudjet intizomiga rioya etadi; 
“Yuridik va jismoniy shaxslarni murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan tartibda 
fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarga javob xatlari tayyorlaydi; 
lavozim majburiyatiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirilishi yuzasidan Bosh hisobchiga 
axborot kiritib boradi. 

Download 3,57 Mb.
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   322




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati maktabgacha taʼlim tashkilotlari

Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish