|
-bob. Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati maktabgacha taʼlim Pdf ko'rish
|
bet | 249/322 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 3,57 Mb. | | #239820 |
Bog'liq lavozim yoʻriqnomalari4-bob. Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati maktabgacha taʼlim
tashkilotlari Xodimlar bilan hisob-kitoblar boʻyicha bosh mutaxassis (guruh rahbari)ning
javobgarligi
6. Oʻz lavozim majburiyatlari hamda boʻlim nizomiga muvofiq shoʻbaga yuklatilgan vazifalar
va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi uchun javob beradi.
7. Faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishilishi uchun javob beradi.
8. Foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy
texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularning but saqlanishini va oʻzi ish olib boradigan xonada
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlaydi.
9. Hujjatlar bilan ishlash, ularni belgilangan tartibda saqlanishini taʼminlashga shaxsan javob
beradi.
10. Imzo qoʻygan hujjatlarning va oʻzi bergan xulosalarning qonunchilikka muvofiqligi uchun
javob beradi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010-yil 22-dekabrda 2169-son bilan
roʻyxatga olingan “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”ga muvofiq
taʼlim tashkilotlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarning oʻrnatilgan tartibda hisob-
kitob qilinishi va toʻlovlarning amalga oshirilishiga hamda toʻgʻri yuritilishiga javob beradi.
12. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi va boshqa qonun hujjatlariga asosan zimmasiga yuklatilgan
majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi
qonunchiligiga muvofiq tegishli tartibda intizomiy va moddiy javobgardir.
Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati maktabgacha taʼlim tashkilotlari boʻyicha
Tovar-moddiy qimmatliklar hisobi boʻyicha bosh mutaxassisi (guruh rahbari)ning
LAVOZIM YOʻRIQNOMASI
|
| |