oʻz vakolatlari doirasida maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi faoliyati bilan bogʻliq
material va hujjatlar bilan tanishish;
xizmat majburiyatlari doirasida xizmat aloqasi, shaharlararo aloqa, elektron pochta, internet
tarmogʻidan tekin foydalanish;
maktabgacha va maktab taʼlimini rivojlantirish sohasida huquqiy va meʼyoriy hujjatlar
loyihalarini ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan maʼlumot, hujjat va materiallarni belgilangan
tartibda olish;
boʻlim mablagʻlari hisobidan malaka oshirish kurslarida oʻqish;
chet tillarini oʻrganish;
axborotni maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda umumiy oʻrta taʼlim maktablari binolarni
ekspluatatsiya qilish boʻlimi vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha tashkil etiladigan yigʻilish,
majlis va seminarlarda ishtirok etish.
Bosh muhandis Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, Oʻzbekiston
Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Nizomi hamda Boʻlim Nizomiga zid
boʻlmagan boshqa huquqlarga ega.