moliyaviy xato va kamchiliklarni oldini olish maqsadida Buxgalteriya xizmati tomonidan
amalga oshirilayotgan xaridlarni qonunchilikka muvofiqligini doimiy tahlil qiladi;
Davlat byudjetidan ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli, samarali va oqilona foydalanish,
mablagʻlarning maqsadsiz sarflanishini nazorat qilish, moliyaviy xato va kamchiliklar kelib chiqishi
mumkin boʻlgan holatlarni oldini olish, byudjet intizomiga rioya etadi;
Buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan maktabgacha taʼlimi tashkilotlarining
xarajatlar smetasi doirasida ularning buyurtmalariga muvofiq va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda
tovarlar xarid qilish va xizmatlar koʻrsatish uchun shartnomalar tuzish, shuningdek, isteʼmol
limitlari va sarf-xarajat normalariga rioya etilishini taʼminlaydi;
moliyaviy sohaga oid boʻlgan hududiy va respublika miqyosida seminarlar, kengash
yigʻilishlari, oʻquvlar, anjumanlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etadi;
“Yuridik va jismoniy shaxslarni murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan tartibda
fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarga javob xatlari tayyorlaydi;
lavozim majburiyatiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirilishi yuzasidan Bosh hisobchiga
axborot kiritib boradi.