Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati maktabgacha taʼlim tashkilotlari boʻyicha
Davlat xaridlari va shartnomalar boʻyicha bosh mutaxassis (guruh rahbari)ning
LAVOZIM YOʻRIQNOMASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati (keyingi
oʻrinlarda Buxgalteriya xizmati deb yuritiladi) maktabgacha taʼlim tashkilotlari boʻyicha Davlat
xaridlari va shartnomalar boʻyicha bosh mutaxassis (guruh rahbari) (keyingi oʻrinlarda Bosh
mutaxassis deb yuritiladi)ning lavozim majburiyatlari, huquqlari va javobgarliklarini belgilab
beradi.
2. Bosh mutaxassis tuman (shahar) Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻining
buyrugʻiga koʻra lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Bosh mutaxassis bevosita maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga boʻysunadi va oʻz
faoliyatini boʻlim boshligʻi tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida amalga oshiradi.
3. Bosh mutaxassis Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va
farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga,
vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning buyruqlariga hamda boshqarma boshligʻi koʻrsatmalariga
(bundan buyon matnda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hamda vazirlikning
hujjatlari deb yuritiladi), “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
Markaziy apparatida ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilish toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma”
hamda mazkur yoʻriqnomaga amal qilgan holda faoliyatini olib boradi.