Maxsus taʼmirlash-ekspluatatsiya xizmati boshligʻi – Bosh muhandisining
LAVOZIM YOʻRIQNOMASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi Tuman(shahar) Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi
Maxsus taʼmirlash-ekspluatatsiya xizmati boshligʻi – Bosh muhandisi lavozim (keyingi oʻrinlarda –
bosh muhandis Maxsus taʼmirlash-ekspluatatsiya xizmati boshligʻi – Bosh muhandisi) boshligʻining
lavozim majburiyatlari, huquqlari va javobgarliklarini belgilab beradi.
2. Tuman(shahar) Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi Maxsus taʼmirlash-ekspluatatsiya
xizmati boshligʻi – Bosh muhandisi (keyingi oʻrinlarda – Bosh muhandisi) Tuman(shahar)
Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻining (keyingi oʻrinlarda – boʻlim boshligʻi)
buyrugʻiga koʻra lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
- Bosh muhandisi bevosita Tuman(shahar) Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi
boshligʻiga boʻysunadi hamda oʻz faoliyatini boʻlim boshgʻili tomonidan tasdiqlangan boʻlim ish
rejasi va boʻlim boshligʻi tomonidan tasdiqlangan shaxsiy ish rejasi asosida amalga oshiradi.
3. Bosh muhandisi qurilish, taʼmirlashni muvofiqlashtirish, rejalashtirish, muhandislik
sohasida oliy maʼlumotga ega boʻlgan, malakali, qurilish-taʼmirlash ishlariga aloqador sohasida
kamida besh yillik ish stajiga ega boʻlgan, sohaga oid normativ huquqiy hujjatlarni tushungan,
hujjatlar bilan ishlash layoqatiga ega hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalana
oladigan hamda kamida bitta xorijiy tillarda mustaqil suhbatlasha oladigan shaxslar tayinlanadi.
4. Bosh muhandisi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va
farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga,
boʻlimning hayʼati qarorlari, boʻlimning buyruq va farmoyishlariga hamda boʻlim boshligʻi
koʻrsatmalariga, Tuman(shahar) Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi Nizomiga hamda mazkur
yoʻriqnomaga amal qilgan holda faoliyatini olib boradi.