maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda umumiy oʻrta taʼlim maktablarida yuzaga keladigan
avariya holatlari toʻgʻrisidagi xabarlar va shoshilinch maʼlumotlarni telefon aloqasi orqali qabul
qilish uchun dispetcher xizmatini tashkil etadi.
har yili belgilangan muddatlarda taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga va kuz-qish
mavsumiga tayyorlash ishlarini amalga oshiradi.
maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda umumiy oʻrta taʼlim maktablarida avariya holatidagi
shoshilinch taʼmirlash ishlarini tarbiyalanuvchi, oʻquvchi va xodimlarni xavfsizligini taʼminlagan
holda olib boradi (zarur boʻlganda qoʻshimcha mutaxassislar va maxsus texnikani jalb etishi
mumkin).
maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda umumiy oʻrta taʼlim maktablariga koʻmir (briket)
yoqilgʻisini xarid qilish maqsadida ularga boʻlgan ehtiyojni shakllantirish (qozon yoki pechlarning
rusumi, soni, kunlik meʼyoriy sarfidan kelib chiqib), koʻmir (briket) yoqilgʻisini belgilangan
tartibda qabul qilinishi, xizmat koʻrsatadigan muassasalarga toʻliq yetkazilishi, sifatli saqlanishi va
sarflanishini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tashkillashtirish va nazoratini olib boradi.
8. Maxsus taʼmirlash-ekspluatatsiya xizmati xodimlari bilan birgalikda maktabgacha taʼlim
tashkilotlari hamda umumiy oʻta taʼlim tashkilotlarini kelgusi yillar dasturlarini shakllantirish
hamda kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish yuzasidan umumlashgan maʼlumotlarini boʻlim
boshligʻiga taqdim etadi.
9. Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi Maxsus taʼmirlash-ekspluatatsiya xizmati oʻzini
yillik, yarim yillik va choraklik ish rejasi loyihasini ishlab chiqib, boʻlimning yillik, yarim yillik va
choraklik ish rejasi loyihasiga kiritadi.
10. Maktabgacha
taʼlim tashkilotlari hamda umumiy oʻta taʼlim tashkilotlari
muassasalarining energiya samaradorligini oshirish yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan
yuqori turuvchi tashkilotlar tomonidan berilgan topshiriqlar asosida tegishli tuman (shahar)
tashkilotlari bilan birgalikda tahlil qilgan holda takliflar ishlab chiqib boʻlim boshligʻiga taqdim
etadi.
11. Jamoa va mehnat shartnomalari shartlariga hamda ichki mehnat tartibi, mehnatni
muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, odob-axloq qoidalari talablariga rioya qiladi.
12. Boʻlimning ish rejasi, shuningdek Boʻlim boshligʻi topshirigʻiga asosan xizmat
safarlariga boradi.
13. Boʻlim boshligʻi – Bosh muhandisiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalar ham
yuklatilishi mumkin.