-bob. Bosh mutaxassis lavozim majburiyatlari




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet259/322
Sana17.05.2024
Hajmi3,57 Mb.
#239820
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   322
Bog'liq
lavozim yoʻriqnomalari

2-bob. Bosh mutaxassis lavozim majburiyatlari 
29. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hamda vazirlikning hujjatlarida 
boʻlimga yuklatilgan vazifalarni hamda boʻlim boshligʻining boshqa topshiriqlarini oʻz vaqtida va 
sifatli ijro etadi. 
30. Bosh mutaxassisining faoliyatini samarali tashkil etish va takomillashtirish boʻyicha 
bosh muhandisga taklif kiritadi. 
31. Tuman(shahar) Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi maktabgacha 
taʼlim tashkilotlari hamda umumiy oʻrta taʼlim maktablarida qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga 
oshirish maqsadida shakllantiriladigan dasturlarni mahalliy kengashi deputatlari, tuman (shahar) 
hokimliklari taklifiga koʻra takliflarni maktabgacha va maktab taʼlimi Maxsus taʼmirlash-
ekspluatatsiya xizmati xodimlari bilan birgalikda umumlashtirgan holda tayyorlaydi va bosh 
muhandisga tegishli taklif kiritadi. 
Har yili dasturlarga kiritilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda umumiy oʻrta taʼlim 
maktablarida hamda umumiy oʻta taʼlim tashkilotlarini belgilangan muddatlarda foydalanishga 
topshirilishi yuzasidan umumlashgan maʼlumotlarni olib boradi, tegishli maʼlumotlarni tayyorlaydi 
va bosh muhandisga kiritadi. 
maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda umumiy oʻrta taʼlim maktablarida elektr energiyasi, 
tabiiy gaz issiq va sovuq suv, issiqlik isteʼmoli hisoblagichlarining talab darajasida ishlashini 
taʼminlash hamda ularni hisobga olish holatini monitoring qiladi. 
maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda umumiy oʻrta taʼlim maktablarida bino va 
inshootlarini sanitariya normalari va qoidalari talablari darajasida tayyorligini taʼminlash, ulardan 
samarali hamda nuqsonsiz foydalanishni tashkil etadi. 
maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda umumiy oʻrta taʼlim maktablarini uzluksiz elektr 
energiyasi, tabiiy gaz va kommunal xizmatlari koʻrsatilishini taʼminlashni amalga oshiradi. 


maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda umumiy oʻrta taʼlim maktablarida yuzaga keladigan 
avariya holatlari toʻgʻrisidagi xabarlar va shoshilinch maʼlumotlarni telefon aloqasi orqali qabul 
qilish uchun dispetcher xizmatini tashkil etadi. 
har yili belgilangan muddatlarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda umumiy oʻrta taʼlim 
maktablarini yangi oʻquv yiliga va kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlarini amalga oshiradi. 
maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda umumiy oʻrta taʼlim maktablarida avariya holatidagi 
shoshilinch taʼmirlash ishlarini tarbiyalanuvchi, oʻquvchi va xodimlarni xavfsizligini taʼminlagan 
holda olib boradi (zarur boʻlganda qoʻshimcha mutaxassislar va maxsus texnikani jalb etishi 
mumkin). 
maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda umumiy oʻrta taʼlim maktablarida koʻmir (briket) 
yoqilgʻisini xarid qilish maqsadida ularga boʻlgan ehtiyojni shakllantirish (qozon yoki pechlarning 
rusumi, soni, kunlik meʼyoriy sarfidan kelib chiqib), koʻmir (briket) yoqilgʻisini belgilangan 
tartibda qabul qilinishi, xizmat koʻrsatadigan muassasalarga toʻliq yetkazilishi, sifatli saqlanishi va 
sarflanishini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tashkillashtirish va nazoratini olib boradi. 
32. Maxsus taʼmirlash-ekspluatatsiya xizmati xodimlari bilan birgalikda maktabgacha taʼlim 
tashkilotlari hamda umumiy oʻta taʼlim tashkilotlarida kelgusi yillar dasturlarini shakllantirish 
hamda kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish yuzasidan umumlashgan maʼlumotlarini boʻlim 
boshligʻiga taqdim etadi. 
33. Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi Maxsus taʼmirlash-ekspluatatsiya xizmati oʻzini 
yillik, yarim yillik va choraklik ish rejasi loyihasini ishlab chiqib, boʻlimning yillik, yarim yillik va 
choraklik ish rejasi loyihasiga kiritadi. 
34. maktabgacha 
taʼlim tashkilotlari hamda umumiy oʻrta taʼlim maktablari 
muassasalarining energiya samaradorligini oshirish yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan 
yuqori turuvchi tashkilotlar tomonidan berilgan topshiriqlar asosida tegishli tuman (shahar) 
tashkilotlari bilan birgalikda tahlil qilgan holda takliflar ishlab chiqib bosh muhandisga taqdim 
etadi. 
35. Jamoa va mehnat shartnomalari shartlariga hamda ichki mehnat tartibi, mehnatni 
muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, odob-axloq qoidalari talablariga rioya qiladi. 
36. Boʻlimning ish rejasi, shuningdek Boʻlim boshligʻi hamda bosh muhandis topshirigʻiga 
asosan xizmat safarlariga boradi. 
37. Bosh muhandis – Bosh mutaxassisiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalar ham 
yuklatilishi mumkin.

Download 3,57 Mb.
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   322




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Bosh mutaxassis lavozim majburiyatlari

Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish