Maxsus taʼmirlash-ekspluatatsiya xizmati mutaxassis
(taʼlim muassasalari qozonlari va isitish tizimlarini nazorat qilish boʻyicha)
LAVOZIM YOʻRIQNOMASI
1-bob. Umumiy qoidalar
48. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi Tuman(shahar) Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi
Maxsus taʼmirlash-ekspluatatsiya xizmati mutaxassisining –(keyingi oʻrinlarda –Maxsus taʼmirlash-
ekspluatatsiya xizmati mutaxassisi, mutaxassis taʼlim muassasalari qozonlari va isitish tizimlarini
nazorat qilish boʻyicha) lavozim majburiyatlari, huquqlari va javobgarliklarini belgilab beradi.
49. Tuman(shahar) Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi Maxsus taʼmirlash-
ekspluatatsiya xizmati mutaxassisi Tuman(shahar) Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi
boshligʻining (keyingi oʻrinlarda – boʻlim boshligʻi) buyrugʻiga koʻra lavozimga tayinlanadi va
lavozimdan ozod etiladi.
- mutaxassisi bevosita Tuman(shahar) Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻiga
hamda bosh muhandisga boʻysunadi hamda oʻz faoliyatini boʻlim boshgʻili tomonidan tasdiqlangan
boʻlim ish rejasi va boʻlim boshligʻi tomonidan tasdiqlangan shaxsiy ish rejasi asosida amalga
oshiradi.
50. Mutaxassisi Muhandis qurilish yoki texnologiya yoʻnalishi sohasida oliy maʼlumotga
ega boʻlgan, malakali, qurilish-taʼmirlash ishlariga aloqador sohasida kamida uch yillik ish stajiga
ega boʻlgan, sohaga oid normativ huquqiy hujjatlarni tushungan, hujjatlar bilan ishlash layoqatiga
ega hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalana oladigan shaxslar tayinlanadi.
51. Mutaxassisi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va
farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga,
boʻlimning hayʼati qarorlari, boʻlimning buyruq va farmoyishlariga hamda boʻlim boshligʻi
koʻrsatmalariga, Tuman(shahar) Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi Nizomiga hamda mazkur
yoʻriqnomaga amal qilgan holda faoliyatini olib boradi.