Maxsus taʼmirlash-ekspluatatsiya xizmati bosh mutaxassis
LAVOZIM YOʻRIQNOMASI
1-bob. Umumiy qoidalar
24. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi
muassasalari Maxsus taʼmirlash-ekspluatatsiya xizmati bosh mutaxassis bosh mutaxassisining
lavozim majburiyatlari, huquqlari va javobgarliklarini belgilab beradi.
25. Maxsus taʼmirlash-ekspluatatsiya xizmati bosh mutaxassis (keyingi oʻrinlarda — bosh
mutaxassis) tuman (shahar) Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining (keyingi oʻrinlarda —
boʻlim) buyrugʻiga koʻra lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Bosh mutaxassis bevosita Boʻlim boshligʻiga hamda Bosh muhandisga boʻysunadi hamda
oʻz faoliyatini boʻlim boshligʻi tomonidan tasdiqlangan boʻlim ish rejasi va boʻlim boshligʻi
tomonidan tasdiqlangan shaxsiy ish rejasi asosida amalga oshiradi.
26. Bosh mutaxassis qurilish va taʼmirlash, muhandislik texnologiya sohasiga ega boʻlgan,
qurilish va infrastruktura sohasida oliy maʼlumotga ega boʻlgan, malakali, qurilish-taʼmirlash ishlari
bilan aloqalar sohada kamida uch yillik ish stajiga ega boʻlgan, sohaga oid normativ huquqiy
hujjatlarni tushungan, hujjatlar bilan ishlash layoqatiga ega hamda zamonaviy axborot
texnologiyalaridan foydalana oladigan shaxslar tayinlanadi.
27. Bosh mutaxassis Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va
farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga,
vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning buyruq va farmoyishlariga hamda vazir koʻrsatmalariga
(keyingi oʻrinlarda— Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hamda vazirlikning
hujjatlari) hamda mazkur yoʻriqnomaga amal qilgan holda faoliyatini olib boradi.
28. Bosh mutaxassis bosh muhandis turli sabablarga koʻra boʻlmaganda, uning vazifalarini
bajaradi.