131. Bosh muhandis bilan birgalikda mavjud mehnat sharoitlarini yaxshilash, zaruriy
vositalar bilan taʼminlash yuzasidan boʻlimning tegishli tarkibiy boʻlimlariga takliflar kiritadi.
132. Binolarning texnik holati va infratuzilmasini nazorat qilish va jihozlash boʻyicha
muhandis qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarni amalga oshiradi.
133. Binolarning texnik holati va infratuzilmasini nazorat qilish va jihozlash boʻyicha
muhandis quyidagi huquqlarga ega:
oʻz vakolatlari doirasida maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi faoliyati bilan bogʻliq
material va hujjatlar bilan tanishish;
xizmat majburiyatlari doirasida xizmat aloqasi, shaharlararo aloqa, elektron pochta, internet
tarmogʻidan tekin foydalanish;
maktabgacha va maktab taʼlimini rivojlantirish sohasida huquqiy va meʼyoriy hujjatlar
loyihalarini ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan maʼlumot, hujjat va materiallarni belgilangan
tartibda olish;
boʻlim mablagʻlari hisobidan malaka oshirish kurslarida oʻqish;
chet tillarini oʻrganish;
axborotni maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda umumiy oʻrta taʼlim maktablari yigʻilish,
majlis va seminarlarda ishtirok etish.
Binolarning texnik holati va infratuzilmasini nazorat qilish va jihozlash boʻyicha muhandis
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va
maktab taʼlimi vazirligining Nizomi hamda Boʻlim Nizomiga zid boʻlmagan boshqa huquqlarga
ega.