2-bob. Maxsus taʼmirlash-ekspluatatsiya xizmati – Dispetcher lavozim majburiyatlari 142. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hamda vazirlikning hujjatlarida
boʻlimga yuklatilgan vazifalarni hamda boʻlim boshligʻining boshqa topshiriqlarini oʻz vaqtida va
sifatli ijro etadi.
143. Dispetcher muhandisining faoliyatini samarali tashkil etish va takomillashtirish
boʻyicha bosh muhandisga taklif kiritadi.
144. maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda umumiy oʻrta taʼlim maktablarida yuzaga
keladigan avariya holatlari boʻyicha olingan maʼlumotlarni oʻz vaqtida bosh muhandisga yetkazadi.
145. Jamoa va mehnat shartnomalari shartlariga hamda ichki mehnat tartibi, mehnatni
muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, odob-axloq qoidalari talablariga rioya qiladi.
3-bob. Maxsus taʼmirlash-ekspluatatsiya xizmati – Dispetcherining huquqlari 146. Tuman(shahar) Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi Maxsus taʼmirlash-
ekspluatatsiya xizmatining vazifalari va funksiyalarini bajarish uchun zarur boʻlgan axborotni
maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlaridan belgilangan tartibda soʻrab
oladi va ular bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
147. Dispetcher qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarni amalga oshiradi.
148. Dispetcher quyidagi huquqlarga ega:
oʻz vakolatlari doirasida maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi faoliyati bilan bogʻliq
material va hujjatlar bilan tanishish;
xizmat majburiyatlari doirasida xizmat aloqasi, shaharlararo aloqa, elektron pochta, internet
tarmogʻidan tekin foydalanish;
maktabgacha va maktab taʼlimini rivojlantirish sohasida huquqiy va meʼyoriy hujjatlar
loyihalarini ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan maʼlumot, hujjat va materiallarni belgilangan
tartibda olish;
boʻlim mablagʻlari hisobidan malaka oshirish kurslarida oʻqish;
chet tillarini oʻrganish;
Dispetcher Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, Oʻzbekiston Respublikasi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Nizomi hamda Boʻlim Nizomiga zid boʻlmagan
boshqa huquqlarga ega.