Maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda umumiy oʻrta taʼlim maktablari energiyasi, tabiiy gaz
issiq va sovuq suv, issiqlik isteʼmoli hisoblagichlarining talab darajasida ishlashini taʼminlash
hamda ularni hisobga olish holatini monitoring qiladi.
maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda umumiy oʻrta taʼlim maktablari bino va inshootlarini
sanitariya normalari va qoidalari talablari darajasida tayyorligini taʼminlash, ulardan samarali
hamda nuqsonsiz foydalanishni tashkil etadi.
maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda umumiy oʻrta taʼlim maktablari uzluksiz elektr
energiyasi, tabiiy gaz va kommunal xizmatlari koʻrsatilishini taʼminlashni amalga oshiradi.
maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda umumiy oʻrta taʼlim maktablari yuzaga keladigan
avariya holatlari toʻgʻrisidagi xabarlar va shoshilinch maʼlumotlarni telefon aloqasi orqali qabul
qilish uchun bosh muhandis bilan birgalikda dispetcher xizmatini tashkil etadi.
har yili belgilangan muddatlarda taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga va kuz-qish
mavsumiga tayyorlash ishlarini amalga oshirishda bosh muhandisga koʻmaklashadi.
maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda umumiy oʻrta taʼlim maktablariga koʻmir (briket)
yoqilgʻisini xarid qilish maqsadida ularga boʻlgan ehtiyojni shakllantirish (qozon yoki pechlarning
rusumi, soni, kunlik meʼyoriy sarfidan kelib chiqib), koʻmir (briket) yoqilgʻisini belgilangan
tartibda qabul qilinishi, xizmat koʻrsatadigan muassasalarga toʻliq yetkazilishi, sifatli saqlanishi va
sarflanishini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tashkillashtirish va nazoratini olib boradi.
122. Maxsus taʼmirlash-ekspluatatsiya xizmati xodimlari bilan birgalikda maktabgacha
taʼlim tashkilotlari va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida kelgusi yillar dasturlarini shakllantirish
hamda kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish yuzasidan umumlashgan maʼlumotlarini bosh
muhandisga taqdim etadi.
123. Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi Maxsus taʼmirlash-ekspluatatsiya xizmati
oʻzini yillik, yarim yillik va choraklik ish rejasi loyihasini ishlab chiqib, boʻlimning yillik, yarim
yillik va choraklik ish rejasi loyihasiga kiritadi.
124. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda umumiy oʻrta taʼlim maktablarida
muassasalarining energiya samaradorligini oshirish yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan
yuqori turuvchi tashkilotlar tomonidan berilgan topshiriqlar asosida tegishli tuman (shahar)
tashkilotlari bilan birgalikda tahlil qilgan holda takliflar ishlab chiqib bosh muhandisga taqdim
etadi.
125. Jamoa va mehnat shartnomalari shartlariga hamda ichki mehnat tartibi, mehnatni
muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, odob-axloq qoidalari talablariga rioya qiladi.
126. Boʻlimning ish rejasi, shuningdek Boʻlim boshligʻi hamda bosh muhandis topshirigʻiga
asosan xizmat safarlariga boradi.
127. Binolarning texnik holati va infratuzilmasini nazorat qilish va jihozlash boʻyicha
muhandisga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.