2-bob. Maxsus taʼmirlash-ekspluatatsiya xizmati — Kommunal xizmatlari boʻyicha inspektorini lavozim majburiyatlari 73. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hamda vazirlikning hujjatlarida
boʻlimga yuklatilgan vazifalarni hamda boʻlim boshligʻining boshqa topshiriqlarini oʻz vaqtida va
sifatli ijro etadi.
74. Bosh muhandisining faoliyatini samarali tashkil etish va takomillashtirish boʻyicha
boʻlim boshligʻiga taklif kiritadi.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda umumiy oʻrta taʼlim maktablarini elektr energiyasi,
tabiiy gaz issiq va sovuq suv, issiqlik isteʼmoli hisoblagichlarining talab darajasida ishlashini
taʼminlash hamda ularni hisobga olish holatini monitoring qiladi.
maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda umumiy oʻrta taʼlim maktablari uzluksiz elektr
energiyasi, tabiiy gaz va kommunal xizmatlari koʻrsatilishini taʼminlashni amalga oshiradi.
har yili belgilangan muddatlarda taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga va kuz-qish
mavsumiga tayyorlash ishlarini amalga oshiradi.
75. Maxsus taʼmirlash-ekspluatatsiya xizmati xodimlari bilan birgalikda maktabgacha taʼlim
tashkilotlari hamda umumiy oʻrta taʼlim maktablari kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish
yuzasidan umumlashgan maʼlumotlarini bosh muhandisga taqdim etadi.
76. Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi Maxsus taʼmirlash-ekspluatatsiya xizmati oʻzini
yillik, yarim yillik va choraklik ish rejasi loyihasini ishlab chiqib, boʻlimning yillik, yarim yillik va
choraklik ish rejasi loyihasiga kiritadi.
77. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda umumiy oʻrta taʼlim maktablarining energiya
samaradorligini oshirish yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan yuqori turuvchi
tashkilotlar tomonidan berilgan topshiriqlar asosida tegishli tuman (shahar) tashkilotlari bilan
birgalikda tahlil qilgan holda takliflar ishlab chiqib bosh muhandisga taqdim etadi.
78. Jamoa va mehnat shartnomalari shartlariga hamda ichki mehnat tartibi, mehnatni
muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, odob-axloq qoidalari talablariga rioya qiladi.
79. Boʻlimning ish rejasi, shuningdek Boʻlim boshligʻi topshirigʻiga asosan xizmat
safarlariga boradi.
80. Boʻlim boshligʻi – Kommunal xizmatlari boʻyicha inspektoriga qonun hujjatlariga
muvofiq boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.