Maxsus taʼmirlash-ekspluatatsiya xizmati – Chilangar-santexnik
LAVOZIM YOʻRIQNOMASI
1-bob. Umumiy qoidalar
169. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi Tuman(shahar) Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi
Maxsus taʼmirlash-ekspluatatsiya xizmati Elektromontiyorning –(keyingi oʻrinlarda – Chilangar-
santexnik lavozim majburiyatlari, huquqlari va javobgarliklarini belgilab beradi.
170. Tuman(shahar) Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi Maxsus taʼmirlash-
ekspluatatsiya xizmati Chilangar-santexnik Tuman(shahar) Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi
boshligʻining (keyingi oʻrinlarda – boʻlim boshligʻi) buyrugʻiga koʻra lavozimga tayinlanadi va
lavozimdan ozod etiladi.
- Chilangar-santexnik bevosita Tuman(shahar) Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi
boshligʻiga hamda bosh muhandisga boʻysunadi hamda oʻz faoliyatini boʻlim boshligʻi tomonidan
tasdiqlangan boʻlim ish rejasi va boʻlim boshligʻi tomonidan tasdiqlangan shaxsiy ish rejasi asosida
amalga oshiradi.
171. Chilangar-santexnik Oʻrta maxsus maʼlumot diplomiga ega boʻlishi maʼlumotga ega
boʻlgan kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlgan shaxslar tayinlanadi.
172. Chilangar-santexnik Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga,
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari,
qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va
farmoyishlariga, boʻlimning hayʼati qarorlari, boʻlimning buyruq va farmoyishlariga hamda boʻlim
boshligʻi koʻrsatmalariga, Tuman(shahar) Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi Nizomiga hamda
mazkur yoʻriqnomaga amal qilgan holda faoliyatini olib boradi.