• 2-bob. Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati maktabgacha taʼlim tashkilotlari boʻyicha Tovar-moddiy qimmatliklar hisobi boʻyicha bosh mutaxassisi (guruh rahbari)ning
  • Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari




    Download 3,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet250/322
    Sana17.05.2024
    Hajmi3,57 Mb.
    #239820
    1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   322
    Bog'liq
    lavozim yoʻriqnomalari

    1-bob. Umumiy qoidalar 
    1. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati (keyingi 
    oʻrinlarda Buxgalteriya xizmati deb yuritiladi) maktabgacha taʼlim tashkilotlari boʻyicha Tovar-
    moddiy qimmatliklar hisobi boʻyicha bosh mutaxassis (guruh rahbari) (keyingi oʻrinlarda Bosh 
    mutaxassis deb yuritiladi)ning lavozim majburiyatlari, huquqlari va javobgarliklarini belgilab 
    beradi. 
    2. Bosh mutaxassis tuman (shahar) Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻining 
    buyrugʻiga koʻra lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. 
    Bosh mutaxassis bevosita maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga boʻysunadi va oʻz 
    faoliyatini boʻlim boshligʻi tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida amalga oshiradi. 
    3. Bosh mutaxassis Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston 
    Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va 
    farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, 
    vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning buyruqlariga hamda boshqarma boshligʻi koʻrsatmalariga 
    (bundan buyon matnda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hamda vazirlikning 
    hujjatlari deb yuritiladi), “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 
    Markaziy apparatida ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilish toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma” 
    hamda mazkur yoʻriqnomaga amal qilgan holda faoliyatini olib boradi. 
    2-bob. Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati maktabgacha taʼlim tashkilotlari 
    boʻyicha Tovar-moddiy qimmatliklar hisobi boʻyicha bosh mutaxassisi (guruh rahbari)ning 
    lavozim majburiyatlari 
    4. Bosh mutaxassis quyidagilarni amalga oshiradi: 
    Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati (keyingi oʻrinlarda Buxgalteriya xizmati 
    deb yuritiladi) maktabgacha taʼlim tashkilotlari boʻyicha Tovar-moddiy qimmatliklar hisobi 
    boʻyicha bosh mutaxassis (keyingi oʻrinlarda Bosh mutaxassis deb yuritiladi) quyidagilarni amalga 
    oshiradi: 
    bevosita Buxgalteriya xizmati Bosh hisobchisiga boʻysunadi; 
    ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qiladi; 
    Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy 
    Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, 
    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, vazirlikning 
    hayʼati qarorlari, vazirning buyruq va farmoyishlariga, vazirlikning hujjatlari hamda 
    koʻrsatmalariga, boshqarmaning hayʼati qarorlari, boshliq buyruqlari va topshiriqlari bilan 
    yuklangan vazifalarning oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlagan holda faoliyatini olib boradi; 
    Buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan maktabgacha taʼlim tashkilotlari kesimida 
    tovar-moddiy qimmatliklarni amaldagi qonunchilikka muvofiq doimiy ravishda roʻyxatga oladi, 
    kirim qiladi va hisobdan chiqaradi; 
    tovar-moddiy qimmatliklarni doimiy ravishda inventarizatsiya qiladi; 
    hisobdan chiqariladigan tovar-moddiy qimmatliklar boʻyicha maʼlumotlar tayyorlaydi; 
    Davlat byudjetidan ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli, samarali va oqilona foydalanish, 
    mablagʻlarning maqsadsiz sarflanishini nazorat qilish, moliyaviy xato va kamchiliklar kelib chiqishi 
    mumkin boʻlgan holatlarni oldini olish, byudjet intizomiga rioya etadi; 
    maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining va Buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab 
    olingan muassasa va tashkilotlarning xarajatlar smetasi doirasida ularning buyurtmalariga muvofiq 
    va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tovarlar xarid qilish va xizmatlar koʻrsatish uchun 
    shartnomalar tuzish, shuningdek, isteʼmol limitlari va sarf-xarajat normalariga rioya etadi; 


    moliyaviy sohaga oid boʻlgan hududiy va respublika miqyosida seminarlar, kengash 
    yigʻilishlari, oʻquvlar, anjumanlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etadi; 
    “Yuridik va jismoniy shaxslarni murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan tartibda 
    fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarga javob xatlari tayyorlaydi; 
    lavozim majburiyatiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirilishi yuzasidan Bosh hisobchiga 
    axborot kiritib boradi. 

    Download 3,57 Mb.
    1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   322




    Download 3,57 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari

    Download 3,57 Mb.
    Pdf ko'rish