• 2-bob. Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati maktabgacha taʼlim tashkilotlari Xodimlar bilan hisob-kitoblar boʻyicha bosh mutaxassis (guruh rahbari)ning lavozim
  • bilan hisob-kitoblar boʻyicha bosh mutaxassis (guruh rahbari)ning




    Download 3,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet247/322
    Sana17.05.2024
    Hajmi3,57 Mb.
    #239820
    1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   322
    Bog'liq
    lavozim yoʻriqnomalari

    bilan hisob-kitoblar boʻyicha bosh mutaxassis (guruh rahbari)ning
    LAVOZIM YOʻRIQNOMASI 
    1-bob. Umumiy qoidalar 
    1. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati (keyingi 
    oʻrinlarda Buxgalteriya xizmati deb yuritiladi) umumtaʼlim muassasalari boʻyicha Davlat xaridlari 
    va shartnomalar boʻyicha bosh mutaxassisi (guruh rahbari) (keyingi oʻrinlarda Bosh mutaxassis deb 
    yuritiladi)ning lavozim majburiyatlari, huquqlari va javobgarliklarini belgilab beradi. 
    2. Bosh mutaxassis tuman (shahar) Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻining 
    buyrugʻiga koʻra lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. 
    Bosh mutaxassis bevosita maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga boʻysunadi va oʻz 
    faoliyatini boʻlim boshligʻi tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida amalga oshiradi. 
    3. Bosh mutaxassis Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston 
    Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va 
    farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, 
    vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning buyruqlariga hamda boshqarma boshligʻi koʻrsatmalariga 
    (bundan buyon matnda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hamda vazirlikning 
    hujjatlari deb yuritiladi), “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 
    Markaziy apparatida ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilish toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma” 
    hamda mazkur yoʻriqnomaga amal qilgan holda faoliyatini olib boradi. 
    2-bob. Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati maktabgacha taʼlim tashkilotlari 
    Xodimlar bilan hisob-kitoblar boʻyicha bosh mutaxassis (guruh rahbari)ning lavozim 
    majburiyatlari 
    4. Bosh mutaxassis quyidagilarni amalga oshiradi: 
    Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati (keyingi oʻrinlarda Buxgalteriya xizmati 
    deb yuritiladi) maktabgacha taʼlim tashkilotlari boʻyicha Xodimlar bilan hisob-kitoblar boʻyicha 
    bosh mutaxassis (keyingi oʻrinlarda Bosh mutaxassis deb yuritiladi) quyidagilarni amalga oshiradi: 
    bevosita Buxgalteriya xizmati Bosh hisobchisiga boʻysunadi; 
    ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qiladi; 
    Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy 
    Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, 
    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, vazirlikning 
    hayʼati qarorlari, vazirning buyruq va farmoyishlariga, vazirlikning hujjatlari hamda 
    koʻrsatmalariga, boshqarmaning hayʼati qarorlari, boshliq buyruqlari va topshiriqlari bilan 
    yuklangan vazifalarning oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlagan holda faoliyatini olib boradi; 
    Buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan maktabgacha taʼlim tashkilotlari 
    xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, shuningdek, homiladorlik va tugʻish 
    nafaqasi boʻyicha toʻlovlarni oʻz vaqtida hamda toʻliq hajmda toʻlaydi; 
    moliyaviy xato va kamchiliklarni oldini olish maqsadida xodimlar bilan hisob-kitoblar, shu 
    jumladan, ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻgʻri va maqsadli amalga oshirilishini 
    taʼminlaydi; 
    Buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ortiqcha 
    rejalashtirilganligi aniqlangan mablagʻlar, shtat birliklari toʻldirilmaganligi, shuningdek, tarmoq, 
    shtatlar va kontingentlar boʻyicha reja bajarilmaganligi natijasida boʻshab qoladigan mablagʻlarni 
    chegirish boʻyicha doimiy tahlil qiladi va chegiriladigan mablagʻlar toʻgʻrisida Bosh hisobchi 
    hamda Bosh iqtisodchiga axborot kiritib boradi; 
    Buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan maktabgacha taʼlim tashkilotlarning 
    xarajatlar smetasida rejalashtirilgan mablagʻlarni oʻz vaqtida oʻzlashtirilishini taʼminlaydi; 


    buxgalteriya hisobi va hisobotlarini amaldagi meʼyoriy huquqiy hujjatlarda belgilangan 
    tartibda rasmiylashtiradi hamda yuritadi; 
    Buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan maktabgacha taʼlim tashkilotlari 
    xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar boʻyicha tegishli davr uchun moliyaviy 
    hisobotlarni shakllantiradi; 
    Davlat byudjetidan ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli, samarali va oqilona foydalanish, 
    mablagʻlarning maqsadsiz sarflanishini nazorat qilish, moliyaviy xato va kamchiliklar kelib chiqishi 
    mumkin boʻlgan holatlarni oldini olish, byudjet intizomiga rioya etadi; 
    moliyaviy sohaga oid boʻlgan hududiy va respublika miqyosida seminarlar, kengash 
    yigʻilishlari, oʻquvlar, anjumanlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etadi; 
    “Yuridik va jismoniy shaxslarni murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan tartibda 
    fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarga javob xatlari tayyorlaydi; 
    lavozim majburiyatiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirilishi yuzasidan Bosh hisobchiga 
    axborot kiritib boradi. 

    Download 3,57 Mb.
    1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   322




    Download 3,57 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    bilan hisob-kitoblar boʻyicha bosh mutaxassis (guruh rahbari)ning

    Download 3,57 Mb.
    Pdf ko'rish