• 2-bob. Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati umumtaʼlim muassasalari boʻyicha Bosh mutaxassis (iqtisodchi) lavozim majburiyatlari
  • Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari




    Download 3,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet226/322
    Sana17.05.2024
    Hajmi3,57 Mb.
    #239820
    1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   322
    Bog'liq
    lavozim yoʻriqnomalari

    mutaxassis (iqtisodchi)
    LAVOZIM YOʻRIQNOMASI 
    1-bob. Umumiy qoidalar 
    1. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati (keyingi 
    oʻrinlarda Buxgalteriya xizmati deb yuritiladi) umumtaʼlim muassasalari boʻyicha Bosh mutaxassis 
    (iqtisodchi)si (keyingi oʻrinlarda iqtisodchi deb yuritiladi)ning lavozim majburiyatlari, huquqlari va 
    javobgarliklarini belgilab beradi. 
    2. Bosh mutaxassis viloyat maktabgacha va maktab taʼlim boʻlimi boshligʻining buyrugʻiga 
    koʻra lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. 
    Bosh mutaxassis bevosita maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga boʻysunadi va oʻz 
    faoliyatini boʻlim boshligʻi tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida amalga oshiradi. 
    3. Bosh mutaxassis Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston 
    Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va 
    farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, 
    vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning buyruqlariga hamda boshqarma boshligʻi koʻrsatmalariga 
    (bundan buyon matnda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hamda vazirlikning 
    hujjatlari deb yuritiladi), “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 
    Markaziy apparatida ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilish toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma” 
    hamda mazkur yoʻriqnomaga amal qilgan holda faoliyatini olib boradi. 
    2-bob. Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati umumtaʼlim muassasalari boʻyicha 
    Bosh mutaxassis (iqtisodchi) lavozim majburiyatlari 
    4. Buxgalteriya xizmati umumtaʼlim muassasalari boʻyicha Bosh mutaxassisi quyidagilarni 
    amalga oshiradi: 
    ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qiladi; 
    Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy 
    Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, 
    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, vazirlikning 
    hayʼati qarorlari, vazirning buyruq va farmoyishlariga, vazirlikning hujjatlari hamda 
    koʻrsatmalariga, boshqarmaning hayʼati qarorlari, boshliq buyruqlari va topshiriqlari bilan 
    yuklangan vazifalarning oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlagan holda faoliyatini olib boradi; 
    Buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan umumtaʼlim muassasalari xarajatlar 
    smetasi, shtatlar jadvallari va tarifika
    t
    siya roʻyxatlarini tegishli koʻrsatkichlar, meʼyoriy hujjatlar 
    asosida oʻz vaqtida tuzadi hamda roʻyxatdan oʻtkazadi, shuningdek, zarur hollarda ularga 
    oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritadi; 
    Buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan umumtaʼlim muassasalarning xarajatlar 
    smetasi, shtatlar jadvallari va tarifika
    t
    siya roʻyxatlariga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni 
    tahlil qiladi; 
    Buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan umumtaʼlim muassasalarning xarajatlar 
    smetasi, shtatlar jadvallari va tarifika
    t
    siya roʻyxatlarini tuzish uchun tegishli boʻlgan koʻrsatkichlar 
    oʻzgarishlarini tahlil qiladi; 
    Buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan umumtaʼlim muassasalarida ortiqcha 
    rejalashtirilganligi aniqlangan mablagʻlar, shtat birliklari toʻldirilmaganligi, shuningdek, tarmoq, 
    shtatlar va kontingentlar boʻyicha reja bajarilmaganligi natijasida boʻshab qoladigan mablagʻlarni 
    chegirish boʻyicha doimiy tahlil qilib boradi; 
    Buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan umumtaʼlim muassasalarning byudjetdan 
    tashqari jamgʻarma mablagʻlarini (daromadlarni oshirish boʻyicha) jalb qilish holatlari boʻyicha 
    maʼlumotlar tayyorlaydi; 
    shtat-kontingent koʻrsatkichlar boʻyicha choraklik va yillik hisobotlarni tayyorlaydi; 


    moliyaviy xato va kamchiliklarni oldini olish maqsadida Buxgalteriya xizmat tomonidan 
    qamrab olingan muassasa va tashkilotlarining xarajatlar smetasi, shtatlar jadvallari va tarifika
    t
    siya 
    roʻyxatlarini tuzish uchun tegishli koʻrsatkichlar oʻzgarishi hisobiga kiritilgan va kiritilayotgan 
    oʻzgartirishlarni doimiy tahlil qiladi; 
    Buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan taqsimlangan umumtaʼlim muassasalarning 
    homiladorlik va tugʻish nafaqalarini belgilangan muddatlarda tegishliligi boʻyicha topshirilishini 
    taʼminlaydi hamda qoʻshimcha talab etiladigan mablagʻlar boʻyicha tegishli hisob-kitoblarni doimiy 
    tahlil qilib boradi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, 
    Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalariga yuborishga 
    tayyorlaydi; 
    Buxgalteriya 
    xizmatlari 
    tomonidan 
    qamrab 
    olingan, 
    respublika 
    byudjetidan 
    moliyalashtiriladigan umumtaʼlim muassasalarining birinchi va ikkinchi guruhlar boʻyicha shtatlar 
    jadvallari (tarifika
    t
    siya roʻyxatlari) tuzadi va tasdiqlanishga, jamlangan holda Qoraqalpogʻiston 
    Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha 
    va maktab taʼlimi boshqarmalariga yuborishga tayyorlaydi; 
    Buxgalteriya 
    xizmatlari 
    tomonidan 
    qamrab 
    olingan, 
    respublika 
    byudjetidan 
    moliyalashtiriladigan umumtaʼlim muassasalarining birinchi va ikkinchi guruhlar boʻyicha 
    xarajatlar smetalari tuzadi va tasdiqlanishga, jamlangan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi 
    Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab 
    taʼlimi boshqarmalariga yuborishga tayyorlaydi; 
    Buxgalteriya 
    xizmatlari 
    tomonidan 
    qamrab 
    olingan, 
    respublika 
    byudjetidan 
    moliyalashtiriladigan umumtaʼlim muassasalarining ish haqi toʻlovlari uchun talab etiladigan 
    qoʻshimcha mablagʻlarni asoslangan hisob-kitoblar asosida aniqlaydi va ushbu qoʻshimcha mablagʻ 
    ajratish uchun buyurtmanomalarni jamlangan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha 
    va maktab taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi 
    boshqarmalariga yuborishga tayyorlaydi; 
    moliyaviy sohaga oid boʻlgan hududiy va respublika miqyosida seminarlar, kengash 
    yigʻilishlari, oʻquvlar, anjumanlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etadi; 
    Davlat byudjetidan ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli, samarali va oqilona foydalanish, 
    mablagʻlarning maqsadsiz sarflanishini nazorat qilish, moliyaviy xato va kamchiliklar kelib chiqishi 
    mumkin boʻlgan holatlarni oldini olish, byudjet intizomiga rioya etadi; 
    “Yuridik va jismoniy shaxslarni murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan tartibda 
    fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarga javob xatlari tayyorlaydi; 
    lavozim majburiyatiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirilishi yuzasidan Bosh hisobchiga 
    axborot kiritib boradi. 

    Download 3,57 Mb.
    1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   322




    Download 3,57 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari

    Download 3,57 Mb.
    Pdf ko'rish