|
K ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi
|
bet | 7/10 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 53,43 Kb. | | #147777 |
Bog'liq o\'quv dastur barcha-014K ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi
XXI asr ko‘nikmalari va turlari haqida umumiy tushuncha.
4K – kollaboratsiya, kommunikatsiya, kritik va kreativ fikrlash ko‘nikmalarining izohi, ularning domenlari va xususiyatlari, ulardan ko‘zlangan maqsad va vazifalar tahlili.
Fanni o‘qitishda, sinflar kesimida kritik (tanqidiy) va kreativ fikrlash ko‘nikmasini rivojlantirishning zamonaviy strategiyalari va metodlaridan foydalanish.
O‘quvchilarning kritik va kreativ fikrlashini rivojlantirishning ahamiyati. Kritik va kreativ fikrlashga bo‘lgan ehtiyoj. Fikrlash va bilim o‘rtasidagi bog‘liqlik. Fikrlash algoritmi. Kritik va kreativ fikrlashni shakllantiruvchi yondashuvlar, texnologiyalar va usullar. Kreativ fikrlashni shakllantiruvchi yondashuvlarni ta’lim jarayoniga joriy etish yo‘llari. O‘quv jarayonida kreativ fikrlashni anglash va baholash. Kreativ fikrlashning shaxs bilan bog‘liq yordamchi omillari. Aqliy qobiliyatlar. Maqsad sari intilish va ijodkorlik borasida o‘z-o‘ziga ishonch. Kreativ fikrlashning ijtimoiy yordamchi omillari: ta’lim yondashuvlari, sinfdagi muhit, ijodiy faoliyat, muammoni kreativ hal qilish.
Hamkorlikda ishlash va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishning zamonaviy strategiyalari va metodlari. Hamkorlikdagi ta’limning tarkibiy qismlari; o‘zaro ijodiy va ijobiy bog‘liqlik; shaxsiy javobgarlik; bir-biriga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatish; samarali muhokama; guruh ishini samarali tashkil etish va natijani tahlil qilish.
Kommunikatsiya: shaxslararo, kognitiv, kommunikativ-axborotli, emotiv va konativ tomonlarning birligida namoyon bo‘lishi.
Fanlar bo‘yicha sinflar kesimida 4K ko‘nikmalarini integratsiyalashgan holda rivojlantirishning samarali yo‘llari.
|
| |