• MUTAXASSISLIK FANLARI
  • O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi




    Download 53,43 Kb.
    bet5/10
    Sana29.01.2024
    Hajmi53,43 Kb.
    #147777
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    o\'quv dastur barcha-01

    Inklyuziv ta’lim asoslari

    Barqaror rivojlanish maqsadlariga asoslangan ta’lim. Inklyuziv ta’lim bo‘yicha xalqaro va milliy normativ-huquqiy hujjatlar, ularning mazmun va mohiyati. Inklyuziv ta’limning maqsadi va vazifalari, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun maktablarda inklyuziv ta’lim va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, qabul qilish, nazorat qilish va boshqarish tartibi hamda o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish.
    Inklyuziv ta’limni joriy qilish bosqichlari. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida inklyuziv ta’limni bosqichma-bosqich tashkil etish jarayonlari, xorijiy va milliy tajriba. Inklyuziv ta’limni tashkil etishda yuzaga keladigan muammo va yechimlar.

    1. MUTAXASSISLIK FANLARI

      1. Mutaxassislik fanlarining nazariy-amaliy asoslari

    Mutaxassislik fani va ta’limning asosiy nazariyalari, ularni amaliyotga tatbiq etishning samarali usul hamda vositalari. O‘quvchilarning turli ta’limiy ehtiyojlari asosida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari. Yoshga doir pedagogika, psixologiya asoslari, bolalar bilan ishlash usul va metodlari. Ilmiy kompetensiyalarni shakllantirish.
    Umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standartlarida hamda Milliy o‘quv dasturida belgilangan o‘quvchilarning asosiy kompetensiyalari va hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan usullarni amaliyotga tatbiq etishning samarali yo‘llari. O‘quv dasturining mazmuni mos keladigan samarali usullarini tanlash, interfaol metodlarni qo‘llash. Pedagogik va psixologik bilimlardan foydalanib pedagogik vaziyat va hodisalarni kuzatib borish, ularni tahlil qilish.
    Zamonaviy axborot texnologiyalarini fanga singdirish. Dars vaqtini oqilona rejalashtirish, darsning maqsad, shakl va usullarni aniqlash. O‘quv reja va davlat ta’lim standartlari, shuningdek, maktab ishi bilan bog‘liq boshqa hujjatlar (ta’lim tizimining tuzilishi, maqsad-vazifalari, huquqiy asoslari va faoliyati).
    O‘quvchilarga metakognitiv strategiyani o‘rgatishda turli yondashuvlardan, shu jumladan, rejalashtirish, nazorat qilish va o‘z-o‘zini baholash ko‘nikmalarini rivojlantirish strategiyalaridan foydalanish. Individual ta’lim ehtiyojlaridan kelib chiqib, o‘quvchilarga o‘z vaqtida differensial yordam berish. Dars mavzusini amaliyot bilan (hayotdagi misollar yordamida) bog‘lash. Dars davomida har bir o‘quvchiga o‘z g‘oyalari va qarashlarini ifoda etish imkoniyatini berish. O‘quvchilarni darsda faol qatnashishga ruhlantirishda ularning shaxsiy qiziqishlaridan foydalanish. O‘quvchilarni darsga qiziqtirishda turli usullardan foydalanish. Sinfda samarali muloqotni ta’minlash.
    Ta’lim-tarbiya jarayonida motivatsion vaziyatlarni yaratish, ularning samaradorligini tahlil qilish va kerakli natijalarga erishishda o‘z harakatlarini o‘zgartirish.
    Sinfni boshqarish. Huquqiy madaniyat, odob va axloq me’yorlarga rioya qilish, professional axloq qoidalari, ijtimoiy kompetensiyalarga ega bo‘lish, eng yuqori sifat standartlariga erishishga intilish, sifatga e’tibor berish; innovatsiyalarni qabul qilish; o‘zgarishlarni qabul qilish va ularga moslashish istagi; o‘z tajribasini doimiy ravishda tahlil qilish va kasbiy amaliyotga o‘zgarishlar kiritish; barcha bolalar o‘rganishi va rivojlanishi mumkinligiga ishonch, har bir bolaning shaxsini hurmat qilish.
    Ta’lim natijalarini baholash va diagnostika qilish uchun turli usul hamda vositalardan foydalanish. O‘quvchilarning bilimlarni egallash darajasini (hajmini) muntazam va tizimli ravishda kuzatib borish. O‘quvchilar erishgan yutuqlarni, natijalarni tahlil qilish. Dars rejasi va usullarini moslashtirishda tahlil natijalaridan foydalanish.
    O‘quvchilar bilimini baholash natijasida olingan ma’lumotlarni inobatga olgan holda darsning aniq, o‘lchamli maqsad va natijalarini aniqlab, dars rejasini ishlab chiqish. Darsning maqsadlari, o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va o‘zlashtirishiga mos keladigan dars shakllari va usullarini rejalashtirish. Tegishli o‘quv, namoyish va tarqatma materiallardan foydalanishni rejalashtirish. Ta’limning aniq va o‘lchanadigan natijalarini, shuningdek, ushbu natijalarga erishishda aniq muddatlar (yil, chorak, dars) uchun vazifalarni aniqlash, ularni rejalarda shakllantirish. O‘quvchilarning bilimini baholash natijasida olingan ma’lumotlarni inobatga olgan holda rejalarni muvofiqlashtirish.


      1. Download 53,43 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 53,43 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

    Download 53,43 Kb.