|
Ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etish
|
bet | 2/10 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 53,43 Kb. | | #147777 |
Bog'liq o\'quv dastur barcha-01Ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etish.
Tarbiya metodikasi asoslari;
Ta’limda ilg‘or xorijiy tajribalar;
Ta’limda raqamli texnologiyalar;
Inklyuziv ta’lim asoslari.
Mutaxassislik fanlari.
Mutaxassislik fanlari nazariy-amaliy asoslari;
O‘qitishning zamonaviy texnologiyalari;
4K ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi;
Tanlov fanlar.
Kursning maqsadi va vazifalari
Kursining maqsadi – ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish uchun zarur bo‘ladigan kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni zamonaviy yondashuvlar, malaka talablari asosida muntazam yangilash, ularning kasbiy faoliyatga doir kompetentligini rivojlantirishdan iborat.
Kursning vazifasi – tinglovchilarga jamiyatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mazmuni va ta’lim-tarbiya jarayonini sifatli va samarali tashkil etishning metodologik asoslarini singdirish.
Kurs yakunida tinglovchilarning bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar – umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisining kasb standarti asosida, tegishli yo‘nalish bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim maktab pedagog kadrlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish mazmuni, sifati hamda oʻqituvchilarning tayyorgarligi hamda kompetentligiga qo‘yiladigan malaka talablari bilan belgilanadi.
Kurs hajmi
Uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursining hajmi 144 soatni tashkil etadi. Mazkur soatlar har bir tabaqa uchun 3 yillik muddat kesimida quyidagicha taqsimlanadi.
|
| |