• TA’LIM VA TARBIYA JARAYONINI TASHKIL ETISH
  • Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish tartibi
  • Ta’limda ilg‘or xorijiy tajribalar
  • Ta’limda raqamli texnologiyalar
  • O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi




    Download 53,43 Kb.
    bet4/10
    Sana29.01.2024
    Hajmi53,43 Kb.
    #147777
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    o\'quv dastur barcha-01

    IV tabaqa ta’lim dasturi – kasbiy mahorati va bilim ko‘rsatkichlari past bo‘lgan pedagog kadrlar uchun 108 soat soat ishlab chiqarishdan ajralgan holda malaka oshirish va 36 soat mustaqil ta’lim shaklida tashkil etiladi. Jumladan:
    birinchi yil – 12 soat mustaqil ta’lim, 36 soat ishlab chiqarishdan ajralgan holda malaka oshirish;
    ikkinchi yil – 12 soat mustaqil ta’lim, 36 soat ishlab chiqarishdan ajralgan holda malaka oshirish;
    uchinchi yil – 12 soat mustaqil ta’lim, 36 soat ishlab chiqarishdan ajralgan holda malaka oshirish.
    Umumiy o‘rta ta’lim maktabi o’qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish
    kursi o‘quv rejasidagi modullarining mazmuni


    1. TA’LIM VA TARBIYA JARAYONINI TASHKIL ETISH

      1. Tarbiya metodikasi asoslari

    Tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari. Tarbiya jarayonining xususiyatlari. Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli. Tarbiyada huquqiy, axloqiy va odob me’yorlari hamda ularning mohiyati. Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda “Oila, mahalla, maktab hamkorligi” konsepsiyasining o‘rni va ahamiyati. Oila, mahalla va ta’lim muassasasining bola tarbiyasidagi o‘rni. Yoshlarning ma’naviy va g‘oyaviy tarbiyasidagi muammolar. Shaxsni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligini amalga oshirish tamoyillari va bosqichlari. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish.
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish tartibi, shakli va mazmuni. O‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishlari bo‘yicha sinf rahbarining fan o‘qituvchilari bilan hamkorlik ishlari. O‘quvchilar xulqlaridagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida nazoratga olish va ular bilan ishlash. O‘quv jarayonlarini tahlil qilish. Sinf o‘quvchilarning o‘zaro hamda fan o‘qituvchilari o‘rtasidagi munosabatlarini nazoratga olish usul va vositalari.
    O‘quvchining o‘qishga bo‘lgan qiziqishi, bilim va qobiliyatini rivojlantirish. O‘quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarini mazmunli tashkil etish metodikasi. Qobiliyatli va iste’dodli o‘quvchilarni rag‘batlantirish va ularning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirish, qiziqishlari bo‘yicha fan va ijodiy to‘garak mashg‘ulotlaridagi ishtirokini ta’minlashda ota-onalar, turli tashkilot vakillari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish shakli, mazmuni va vositalari.
    Sinf o‘quvchilarining ehtiyoj va qiziqishlarini har tomonlama o‘rganish, tahlil qilish, ularni ahil jamoaga jipslashtirish va tashabbuskor o‘quvchilarni qo‘llab- quvvatlashning samarali yo‘llari. O‘quvchilarga vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va undan unumli foydalanishni o‘rgatish usullari.

      1. Ta’limda ilg‘or xorijiy tajribalar

    Ta’lim jarayonini samarali tashkil etishning muammolari va yechimlari. O‘quv-metodik jarayonni tashkil etishda XXI asr o‘qituvchining roli va funksiyalari.
    Maktab ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, ta’lim sifatini oshirish, o‘qitish metodikasini takomillashtirish, maktab ta’limi sifatini yaxshilash va ta’lim samaradorligini oshirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni (Singapur, Yaponiya, Finlandiya, Malayziya, Avstraliya), o‘quvchilarning kompetentligini aniqlashga yo‘naltirilgan xalqaro o‘quv (STEAM, STREAM) va baholash dasturlari (PIRLS, PISA, TIMSS) asosida ta’lim samaradorligini nazorat qilish va baholash. Xalqaro ta’limiy va baholash dasturlarining ahamiyati.
    O‘quvchilar o‘quv mashg‘ulotlarida tajribalar o‘tkazishi, modellarni konstruksiyalashi, musiqa va filmlarni mustaqil yaratishi, robotlar yasashi, ya’ni o‘z g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etishi va mahsulot yaratishi.
    O‘quvchilarda hayotiy ko‘nikmalarini shakllantirish. Barqaror taraqqiyot konsepsiyasi. Barqaror taraqqiyot ta’limi.

      1. Ta’limda raqamli texnologiyalar

    Raqamli texnologiyalar tushunchasi. Ta’limda raqamlashtirish. Ta’limning raqamli transformatsiyasi. Raqamli pedagogika. Raqamli didaktika. Raqamli darslik. Raqamli texnologiyalarga asoslangan innovatsiyalar – elektron doska, elektron jurnal, robototexnika.
    Ta’lim jarayonini samarali tashkil etishga oid dasturiy mahsullar, internet resurslari va ma’lumotlar bazalari. Ta’lim muassasalarida multimedia ta’lim resurslaridan foydalanishning bugungi holati. Internet tarmog‘idagi STEAM resurslaridan fanni o‘qitishda foydalanish. Kasbiy faoliyatda sun’iy intellekt elementlaridan samarali foydalanish. IoT (internet of things) imkoniyatlari.
    Bulutli texnologiyalar (Google, DropBox va boshqalar) va ularni ta’lim jarayonida qo‘llash usullari. Google Docs dasturiy mahsulotlari va ularning imkoniyatlari. Google ilovalari asosida matnli hujjatlar va elektron jadvallarni yaratish hamda birgalikda qayta ishlash. Google Drive va uning imkoniyatlari.
    Pedagogik dasturiy vositalar. HotPotatoes, iSpring, Quizy maker dasturlari bilan ishlash. Camtasia studio, Bandicam, FCapture dasturlarida videodarslar tayyorlash. Prezi.com, visme.com, canva.com platformalarida taqdimotlar yaratish. Online test topshiriqlarini tayyorlash tizimlari (kahoot.com, quizizz.com, quizalize.com, learningapps.org, puzzlemaker.discoveryeducation.com va
    boshqalar).
    Videokonferensaloqa va uning xususiyatlari. Videokonferensaloqani tashkil etish uchun mo‘ljallangan dasturiy mahsulotlar va ularning ta’lim jarayonini samarali tashkil etish imkoniyatlari. Google Meet va Zoom dasturiy mahsulotlarini o‘rnatish, registratsiyadan o‘tish, videoaloqani rejalashtirish va o‘tkazish.
    Kasbiy mahoratni shakllantirish va rivojlantirish, dars samaradorligini oshirishga oid AKT vositalari va Internet resurslar. Elektron pochtadan foydalanish. Mustaqil ta’lim uchun mo‘ljallangan texnologiyalar. Ommaviy ochiq onlayn kurslar (MOOC) orqali kasbiy mahoratni oshirish. Kasbiy faoliyatni baholash bo‘yicha dasturiy vositalardan maqsadli foydalanishning samarali yo‘llari.


      1. Download 53,43 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 53,43 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

    Download 53,43 Kb.