O‘qitishning zamonaviy texnologiyalari




Download 53,43 Kb.
bet6/10
Sana29.01.2024
Hajmi53,43 Kb.
#147777
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
o\'quv dastur barcha-01

O‘qitishning zamonaviy texnologiyalari

Ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada rivojlantirish, uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, ta’lim tizimida ta’lim sifatini oshirish, o‘qitish metodikasini takomillashtirish, ilg‘or ish tajribalarni o‘rganish va ularni ommalashtirish, shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim sohasiga zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish, umumiy o‘rta ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan amaliyotchi o‘qituvchilar va metodistlarning ilg‘or ish tajribalarini o‘rganish.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy etilish samaradorligini aniqlash mezonlari: samarali natija kafolatlangani, natijaviyligi; o‘quvchilarni mustaqil ravishda bilim olishga yo‘naltirish; o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi; o‘rtacha o‘zlashtirishga qobiliyatli o‘quvchining imkoniyatlarini inobatga olish; tizimlilik, yaxlitlik tamoyiliga javob berish; integrativlik, fanlararo aloqadorlikda bo‘lish; ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini samarali muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirish; motivatsion ta’lim jarayonini ta’minlash; sog‘lom ijodiy muhitni shakllantirish; o‘quvchilarga milliy g‘oya va umuminsoniy g‘oyalarni singdirish; ta’lim-tarbiya jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, o‘quv laboratoriya jihozlari, elektron darsliklar va o‘quv filmlaridan foydalanish; o‘quvchilarni dars jarayonida mavzuga oid darsliklar, qo‘shimcha adabiyotlar va internet resurslari bilan ishlashga yo‘naltirish, nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘liq holda tushuntirish; dars bosqichlari uchun vaqtni to‘g‘ri taqsimlash; o‘quvchi shaxsini rivojlantirishga hamda o‘zaro faol munosabatlarga asoslash; o‘quvchining aqliy faoliyatini rivojlantirish; dars sifatini ta’minlovchi nazorat turlaridan foydalanish; o‘tgan va navbatdagi mavzularni mantiqiy ketma-ketlik va o‘zaro bog‘liq holda o‘qitishni inobatga olish va boshqalar.
Ta’lim samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan o‘qitish, o‘rganish va baholash bo‘yicha Benjamin Blum taksonomiyasi bilish jarayonining 6 bosqichi: tanib olish, eslab qolish; izohlash, tushuntirish; amalga oshirish; tahlil qilish; baholash; yaratish.
Loyiha” tushunchasi va “Loyiha ta’limi”ning mazmun-mohiyati, maktab ta’limida loyiha texnologiyalaridan foydalanish tarixi va amaliyoti haqida. Maktab ta’lim sifatini yaxshilashda fanlar kesimidagi muammolarni, ehtiyojlarni aniqlash va maqsadli ta’limiy loyihalarni ishlab chiqish mexanizmi. Ta’limiy loyihalar, o‘quvchi va o‘qituvchilarning hamda ta’lim tizimi xodimlarining mustaqil tadqiqot faoliyati va ijodkorligini shakllantirish vositasi sifatida.
Ta’limda loyiha turlari va ularning strukturalari. Innovatsion loyihalar va ularni jahon ta’lim tajribasidagi ko‘rinishlari.
Loyihaning tarkibiy qismlari: loyiha mavzusi, tavsifi, muammoni aniqlash, maqsad va vazifalar, muddati, bosqichlarini belgilash. Loyihani amalga oshirish guruhini shakllantirish va vazifalarni taqsimlash, loyiha faoliyatini rejalashtirish va tashkil etish bo‘yicha amaliy mashq va topshiriqlar.
Muammoli ta’limning ilmiy-nazariy asoslari. Muammoli o‘qitishning tarixi haqida. Evristik usullar va ularning ijodiy tafakkurni rivojlantirishdagi roli. O‘quv va ilmiy muammolarning bir-biridan farqi. Muammoli ta’lim jarayonida o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablar. Muammoli vaziyat yaratish usullari. Muammoli vaziyatni hal etish darajalari. Muammoli vaziyatni yechishda qo‘llanadigan usullar. Muammoli ta’lim mashg‘ulotlarini tashkil etish va boshqarishga qo‘yilgan talablar. “Muammoli vaziyat” metodi. Dars jarayonida muammoli vaziyatlar hosil qilish va ularni yechish usullari. Muammoli ta’limning o‘quvchilar ijodiy tafakkuri va ijodiy qobiliyatlarini o‘stirishdagi ahamiyati. Muammoni turli nuqtayi nazardan o‘rganish, tahlil qilish. Turli o‘quv fanlari bo‘yicha dars jarayonida muammoli vaziyatlar hosil qilish va ularni yechish usullari haqida.
Hamkorlikdagi ta’limning tarkibiy qismlari; o‘zaro ijodiy va ijobiy bog‘liqlik; shaxsiy javobgarlik; bir-biriga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatish; samarali muhokama; guruh ishini samarali tashkil etish va natijani tahlil qilish. Trening mashg‘ulotlarini tashkil etishning qoidalari: o‘quv-tarbiya jarayonini aniq tasavvur qilish, yaratilgan g‘oyalarni, yangiliklarni amaliyotga samarali joriy etish yo‘llari.
O‘quvchilardagi bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarning rivojlanganlik darajasini baholashdagi yangicha yondashuvlar. Baholash mazmuni – fanni o‘zlashtirish darajasini aniqlashda formativ, diagnostik yoki summativ xarakterdagi baholashda tekshirish uchun o‘quvchidan talab etilayotgan bilim, ko‘nikma va malakalar majmui. Baholash formati. Baholash mazmuni belgilangandan so‘ng summativ xarakterdagi baholash jarayonlarida aniq baholash formati va strukturasini ishlab chiqish. Baholash mezonlari. Baholash mezoni – o‘quvchining muayyan fandan o‘quv natijalarini egallaganlik darajasini to‘g‘ri va haqqoniy tekshirish imkonini beruvchi o‘lchovlar majmui.
Baholash texnologiyalari va metodikasi. Formativ baholash usullari. Formativ baholashda asosiy maqsad o‘quvchini rivojlantirish bo‘lgani uchun bunda o‘z- o‘zini baholash; o‘zaro bir-birini baholash va o‘qituvchi tomonidan baholashga yo‘naltirilgan baholash usullari.
Summativ baholash usullari. Summativ xarakteridagi baholashlarda asosiy maqsad o‘quvchilardagi bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarning rivojlanganlik darajasini aniqlash bo‘lgani bois amaliy ishlar, loyiha ishlari, yozma ishlar, yakuniy testlar kabilardan foydalaniladi.


    1. Download 53,43 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 53,43 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘qitishning zamonaviy texnologiyalari

Download 53,43 Kb.