• A. AVLONIY NOMIDAGI PEDAGOGLARNI KASBIY RIVOJLANTIRISH VA YANGI METODIKALARGA O‘RGATISH MILLIY-TADQIQOT INSTITUTI
  • N A M U N A V I Y O‘ Q U V D A S T U R I (Tajriba-sinov tariqasida) TOSHKENT – 2023
  • A. AVLONIY NOMIDAGI PEDAGOGLARNI KASBIY RIVOJLANTIRISH VA YANGI METODIKALARGA O‘RGATISH MILLIY-TADQIQOT INSTITUTI
  • Tuzuvchilar
  • KIRISH
  • O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi




    Download 53,43 Kb.
    bet1/10
    Sana29.01.2024
    Hajmi53,43 Kb.
    #147777
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    o\'quv dastur barcha-01


    Maktabgacha va maktab ta’limi
    vazirining 2023-yil 15-dekabrdagi
    70-XDFU-son buyrug‘i bilan
    tasdiqlangan

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA
    VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI

    A. AVLONIY NOMIDAGI PEDAGOGLARNI KASBIY
    RIVOJLANTIRISH VA YANGI METODIKALARGA O‘RGATISH
    MILLIY-TADQIQOT INSTITUTI

    UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABI O‘QITUVCHILARINI
    TABAQALASHTIRILGAN UZLUKSIZ KASBIY
    RIVOJLANTIRISH KURSINING

    N A M U N A V I Y O‘ Q U V D A S T U R I
    (Tajriba-sinov tariqasida)
    TOSHKENT – 2023
    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA
    VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI
    A. AVLONIY NOMIDAGI PEDAGOGLARNI KASBIY RIVOJLANTIRISH
    VA YANGI METODIKALARGA O‘RGATISH MILLIY-TADQIQOT
    INSTITUTI

    Umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilarini tabaqalashtirilgan uzluksiz
    kasbiy rivojlantirish kursi

    NAMUNAVIY O‘QUV DASTURI
    Tuzuvchilar A. Ismailov, M. Ergasheva, M. Abdullayeva, I. Xurramov D. Azamatova, A. Gaffarov
    Taqrizchilar Islam Hassan Mahmoud A. Avloniy nomidagi milliy- Hassan Elhadary tadqiqot instituti rektorining xorijiy
    maslahatchisi
    Sh. Abdullayeva Nizomiy nomidagi Toshkent davlat
    pedagogika universitetining tillar fakulteti dekani, p.f.d., professor
    Umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilarini tabaqalashtirilgan uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursining namunaviy o‘quv dasturi A. Avloniy nomidagi milliy tadqiqot instituti Kengashining 2023-yil 6-dekabrdagi navbatdan tashqari yig‘ilishi 4/1-son bayonnomasi bilan ma’qullangan va tasdiqqa tavsiya etilgan.

    KIRISH


    Ushbu namunaviy o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “2022–2026-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-134-son farmoni, 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son farmoni, 2021-yil 25- yanvardagi “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4963-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17- yanvardagi “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 25-son qarorlarida belgilangan vazifalar hamda Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 20-apreldagi “Davlat ta’lim talablarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 121-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilarining kasbiy standartlari asosida pedagog kadrlar malakasini oshirishning ilg‘or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish yo‘li bilan umumiy o‘rta ta’lim tizimida kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy etish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan bo‘lib, zamonaviy talablar asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonlarining mazmunini takomillashtirish hamda ularning kasbiy kompetentligini muntazam oshirishni nazarda tutadi.
    Dastur mazmuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 14- noyabrdagi 540-son buyrug‘i asosida o‘tkazilgan diagnostik test natijalariga ko‘ra, o‘quv fanlarining nazariyasi va amaliyoti uyg‘unligini ta’minlash, ta’limdagi ilg‘or yutuqlarni o‘rganish, inklyuziv ta’limga qadriyatli munosabat, o‘quv-tarbiya jarayonini modellashtirish va uni ta’lim jarayoniga tatbiq etish, ta’limda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish, XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirish: 4K – tanqidiy va kreativ fikrlash, hamkorlikda ishlash, kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirish hamda tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish bo‘yicha tegishli yangi bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan.
    Shuningdek, o‘quv modullarining mazkur dastur doirasida taqdim etilayotgan mazmuni umumiy o‘rta ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining malakasini oshirish mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligiga qo‘yiladigan umumiy malaka talablari asosida shakllantirilgan bo‘lib, pedagoglarning o‘z kasbiy faoliyatiga doir zamonaviy bilim va innovatsiyalar, ilg‘or xorijiy tajribalardan samarali foydalanish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘quv jarayoniga keng tatbiq etish darajasini oshirish hisobiga ularning uzluksiz kasbiy rivojlanishini nazarda tutadi.
    Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchilarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursi namunaviy o‘quv dasturi, umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilari kasbiy standartida belgilangan kompetensiyalar va diagnostik test natijalari asosida IV tabaqada shakllantirilgan tayanch o‘quv rejasining 2 ta blok tarkibidagi quyidagi 8 ta o‘quv modullar mazmunini o‘z ichiga oladi:


    1. Download 53,43 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 53,43 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

    Download 53,43 Kb.