|
Atrof-muhit muxofazasini tashkil etish
|
bet | 11/17 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 0,56 Mb. | | #240096 |
Bog'liq KIRISH (1) (1)Atrof-muhit muxofazasini tashkil etish
Oʻzbekiston Republikasi hududida atrof-muhit muhofazasini tashkil etish Respublika Vazirlar Mahkamasi, Respublika va viloyatlardagi tabiatni muhofaza qilish Davlat qo’mitalari, Davlat boshqaruvining tegishli mahalliy organlari tomonidan amalga oshiriladi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tabiat muhofazasini tashkil etishdagi vakolatlari quyidagilardan iborat:
- Tabiatni muhofaza qilishga doir yagona siyosat yuritish;
- Tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni tartibga solish;
- Tabiiy resurslarni baholash va respublika axamiyatiga molik tabiiy resurslar zaxiralarini tasdiqlash;
-Ekologik jixatdan tang vaziyatlar, tabiiy ofatlar va falokatlarni oldini olish yuzasidan chora tadbirlar ishlab chiqish;
-Tabiiy ofatlar va yirik halokatlar oqibatlarini tugatish choratadbirlarini amalga oshirish;
-Tabiiy resurslardan foydalanganlik, atrof-muhitni ifloslantir-ganlik chikindilar, zararli tahsir etuvchi moddalarni joylashtirib tashlaganlik uchun xaq to’lash tartibini, shuningdek, tabiiy resurslardan foydalanish, chiqindilarni joylashtirish, chiqindilarni joylashtirish limitlarini belgilash;
- Ekologik tahlim-tarbiya tizimini yaratish va uning amal qilishini tahminlash;
- Tabiatdan mahsus tartibda foydalaniladigan xududlarning chegaralarini va xo’jalik faoliyati rejimlarini tasdiklash;
- Tabiatni muxofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish.
Davlat xokimiyati va boshqaruv mahalliy idoralari tabiatni muhofaza qilish bo’yicha kuyidagi vakolatlarga yega:
- O’zR xududida tabiatni muxofaza qilishning asosiy yo’nalish-larini belgilash, mintaqaning ekologiya dasturini tasdiqlash;
- Tabiiy resurslarni xisobga olish va baholash, ekologik jixatdan zararli bo’lgan obhektlarni ro’yxatga olish;
- Tabiatni muhofaza qilishga doir tadbirlarni moddiy texnik tomondan tahminlash;
- Tabiiy resurslardan foydalanish xuquqini beruvchi, sanoat va uy ro’zg’or chiqindilarni to’plash yoki ko’mib tashlashga ruxsatnomalarni belgilangan tartibda berish yoki ularni bekor qilish;
- Tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to’lovlar undirish;
- Tabiatni muxofaza qilishni ustidan nazorat o’rnatish atrof-muhitga zarar yetkazayotgan mahalliy ahamiyatga molik obhektlar faoliyatini vaqtincha yoki butunlay to’xtatish yoki qayta ixtisoslashtirish to’g’risida qaror qabul qilish.
|
| |