|
O`zbekiston Respublikasi mustaqillikga erishgandan song fan texnika rivojiga kata etibor berildi ayniqsa ogir sanoat metallurgiya va mashinasozlik jadal rivojlanmoqda
|
bet | 12/17 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 0,56 Mb. | | #240096 |
Bog'liq KIRISH (1) (1)Ekologiya monitoringi. Monitoring tizimida litomonitoring, gidromerologik monitoring, biomnitoring bo’limlari bo’lib, ular har xil mutaxassislikdagi tashkilot va vazirlar tamonidan o’rganiladi. Monitoringni tashkil etishda eng muhim ishlardan biri nazorat maydonlarini tanlash va uni tegishli asboblar bilan jixozlashdir.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Stokgolg’mda qabul qilgan Dekloratsiyasida (1981y.), atrof-muhitga toksik va boshqa moddalarni chiqarmaslik, issiqlikni mehyoridan oshirmaslik, tabiat o’zini tiklay olmaydigan holga kelib qolish holatlarini tugatish lozimligi ko’rsatilgan. Buning uchun texnologik jarayonlarni takomillashtirish, kam chiqindili va kelajakda chiqindisiz texnologiyalarni yaratish zarur. Kam chiqindili texnologiyalarga o’tish faqat sanoat korxonalarigagina tegishli bo’lmay, balki qishloq xo’jaligiga ham taaluqlidir. CHiqindisiz ishlash texnologiyasi deganda, chiqindilarni yig’ib olish, zararsizlan-tirish, ularni qayta ishlab, biror foydali mahsulotga aylantirish ishlari kiradi. Buning uchun korxonalarning har xil bo’limidan chiqadi-gan turli tarkibli chiqindi gaz va oqova suvlarni tozalash inshootlarida birdaniga tozalamay, aloxida-aloxida yig’ib olib, ulardan kerakli moddalarni ajratib olish osonlashadi.
Tozalangan gaz va suv esa qayta ishlatilishi mumkin. Xuddi shuningdek bir korxonadan chiqqan chiqindi, ikkinchi korxona uchun xom ashyo sifatida ishlatiladi.
Ekologiya ekspertizasi. Butun dunyo mamlakatlarida tabiatni saqlab qolish, insonni qarab turgan tabiiy muhit “sifati” mavjud va potentsial energiya resurslaridan oqilona foydalanish, tabiatdagi ekologik muvozanatni saqlab qolish masalalarini ko’zda tutuvchi ekologik - iqtisodiy siyosatni shakllantirish uchun nazariy va amaliy qadamlar zarurligi tan olingan.
Rivojlangan mamlakatlarda “Har qanday qurilish mo’ljallanayotgan obhektlarni tabiiy muhitga tahsirini baholash” Ekologiya ekspertizasi tushunchasi bilan mahnodosh.
Oʻzbekiston Respublikasida mavjud ekologik muammolarni yechish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning xuquqiy, iqtisodiy hamda tashkiliy asoslarini belgilab berish maqsadida qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish tug’risida”gi Qonunida davlat ekologiya ekspertizasining maqsadlari va uning obhektlari aniqlab berilgan. Qurilishga yoki boshqa maqsadda ishlatishga mo’ljallangan sanoat korxonasining, biror qurilma yoki asbobining tabiiy muhitga tahsirini aniqlash uchun ular ekologiya ekspertizasidan o’tkaziladi. Ekspertizaning asosiy vazifasi tabiiy muxitni insonning zararli faoliyatidan muhofazalashdir. Sanoat korxonalari, suv inshootlarini qurish yoki tahmirlash loyixalarini ekspertizadan o’tkazish yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarni tuzitish imkoniyatini beradi. Ekspertizada qurilish va tahmirlashdan tashqari, davlat standartlari kimyoviy moddalarning qo’llanish texnik sharoitlari, transport vositalari va ularni ishlatish vaqtida muhitga tarqatilgan zararli moddalari, shovqin, elektromagnit to’lqin kabilar bilan tahsirni kamaytirish maqsadida maxsus qurilmalar quriladi.
Ekspertizalarning davlat va tashkilot turlari bor. Davlat ekologiya ekspertizasini tabiatni muxofazalash Davlat qo’mitasi o’tkazadi. Ko’p qirrali muhim qurilishlarni har tomonlama mukammal o’rganish maqsadida har xil mutaxassislardan iborat ekspert komissiyalari tuziladi. Tashkilotlarning ekologiya ekspertizasini vazirlik va tashkilotlarning tabiatni muxofazalash bo’limi va sanitar-epidemiologiya bo’limi hodimlari o’tkazadilar. Ekspertiza davlatning ekologiyaga oid qonun va qoidalariga asoslanib olib boriladi, chiqariladigan chiqindi va ularning salbiy tahsirlari mehyornomada ko’rsatiladi. CHiqindilar ruxsat etilgan chegaraviy mehyor (RECHM) dan oshib ketmasligiga alohida ahamiyat beriladi. Sanoatni yoki unda ishlatiladigan asbob-uskunani ekologik jixatdan xavfsizligi yoki sozligi ulardan chiqadigan chiqindilar miqdori va ularning toksikligi xususiyatlari bilan belgilanadi. Agar yangi texnologik jarayon oldingisiga nisbatan kamroq chiqindi chiqarsa, u ekologik xavfsizroq hisoblanadi.
Ekologiya ekspertizasida tabiiy muhitga shikast yetkazish orqali xalq xo’jaligiga yetkaziladigan zararlar ham hisoblanadi. Zararlarni quyidagi uch turga bo’lish mumkin: a)bo’lgan zararlar; b)bo’ladigan zararlar va v) oldi olingan zararlar.
Bo’lishi mumkin bo’lgan zararlar tegishli choralar ko’rilmaganligi oqibatidagi zararlardir. Choralar ko’rilgandan so’ng ham, xalq xo’jaligiga yetkazilgan zararlar bo’ladigan zarar hisoblanadi. Bo’lishi mumkin bo’lgan zarardan yana bo’ladiganini ayirsa oldi olingan zarar miqdori kelib chiqadi.
Zararlarni xisoblashda muhitning ifloslanish darajasi, muhitni ifloslanishi inson salomatligiga, xalq xo’jaligiga jumladan, sanoat korxonalari ko’radigan zarar, havo tarkibining o’zgarishi, kislotali yomg’irlar tahsirida bino va inshootlar buzilishining tezlashishidan keladigan zararlar inobatga olinadi.
Xulosa sifatida umumlashtirib, sanoat tomonidan tabiiy muhitga keltirladigan zararning quyidagi guruxlarini ko’rsatishimiz mumkin:
- Havoni tabiiy muhitga va inson salomatligiga zarar keltiruvchi moddalar bilan ifloslantirish;
-Xo’jasizlik bilan suvni isrof etish va suv xavzalarini ifloslantirish;
-Yerlarni sanoat, qurilish, maishiy chiqindilar bilan ifloslantirib, ularni qayta tiklash (rekulg’tivatsiya) choralarini ko’rmaslik;
-Qayta tiklanmaydigan qazilma konlaridan xo’jasizlarcha bir tomonlama foydalanib, kon va kon sanoati korxonalari atrofini zararli chiqindilar bilan shikastlab, qayta tiklash choralarini ko’rmaslik.
O’z ish faoliyati yoki layoqati tufayli tabiatga zarar keltiradigan shaxslar tashkiliy, iqtisodiy va xatto jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O`zbekiston Respublikasi mustaqillikga erishgandan song fan texnika rivojiga kata etibor berildi ayniqsa ogir sanoat metallurgiya va mashinasozlik jadal rivojlanmoqda
|