|
Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
|
bet | 9/17 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 0,56 Mb. | | #240096 |
Bog'liq KIRISH (1) (1)Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish «Xodimlarni ishga qabul qilishda dastlabki va davriy tibbiy ko’rikdan o’tkazish tizimini takomillashtirish to’g’risida»gi buyruq (ro’yxat raqami 937, 2000 yil 23 iyung’) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo’mitalari va idoralarining mehyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000 y., 12-son) asosida amalga oshirilishi lozim.
Sanitariya va gigiena
1.Ishlab chiqarish xonalari ish hududidagi harorat, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 «Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigienik talablari»ga muvofiq bo’lishi kerak.
2.Noqulay omillar tahsiriga qarshi himoya tadbirlarini tuzishda samarali havo almashinuvi tizimini QMQ 2.04.05-97 «Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash» talabiga muvofiq tashkil qilish lozim.
3.Ishlab chiqarish xonalari tabiiy va sunhiy yorug’liligi darajasi QMQ 2.01.05-98 «Tabiiy va sunhiy yorug’lik» talablariga muvofiq bo’lishi kerak.
4.Ishlab chiqarish binolarida SanQvaM 0203-06 «Ishlab chiqarish binolari mikroiqlimi sanitariya mehyorlari» talablariga muvofiq bo’lishi lozim.
5.Ish joylari ishlab chiqish jarayonlari xususiyatlariga muvofiq tik turib va o’tirib ishlash uchun GOST 12/5.032-78 «Ishlarni o’tirib bajarishdagi ish joyi. Umumiy ergonomik talablar» va GOST 12.2.033-78 «Ishlarni tik turib bajarishdagi ish joyi. Umumiy ergonomik talablar»ga muvofiq moslamalar bilan jihozlanishi lozim.
Mehnat va dam olish yuzasidan talablar
Tashkilotlarda xodimlarning ish vaqti, dam olish vaqti, shuningdek qisqartirilgan ish vaqti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 133-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to’plami, 1997 y., 3-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Mehnat sharoiti o’ta zararli va o’ta og’ir ishlarda band bo’lgan xodimlar uchun ish vaqtining cheklangan muddati asosida belgilanadi.
Ishlab chiqarish (texnologik) jarayonlariga qo’yiladigan talablar
1.«Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari»ga muvofiq bo’lishi va ratsional texnologik rejalashtirishda quyidagilarni mo’ljallab qo’yish lozim:
a)texnologik jarayonning hamma operatsiyalari bo’yicha detallarning ketma-ket o’tishi;
b)transport uchun o’tish joylari, yo’llarini, ish joylarining kattaligini;
v) boshqaruv pulg’ti bilan konveyerni ishlashi va detallarni osish uchun uchastkalarni tashkil qilish, ish joylarini ixtisos olish;
g) tsex jihozlari xizmat qilishining qulayligi;
d) yong’inga qarshi va sanitar-profilaktik tadbirlar.
2. Polimer kompozitsiyali qoplamalarning tsexi yoki uchastkasi, qurilish mehyorlari va qoidalari talablariga va quyidagilarga javob berishi lozim:
a)binoning harorati, havoning nisbiy namligi SanQvaM 0203-06 «Ishlab chiqarish binolarining mikroiqlimi sanitar mehyorlari»ga muvofiq bo’lishi shart;
b)oqib keluvchi-so’ruvchi shamollatishning borligi, havo almashin-uvining tezligi, qo’llaniladigan polimer va texnologiyaning ko’rinishiga ko’ra qo’yiladi;
v) chang hosil bo’ladigan joylarda mahalliy shamollatishning borligi, hamda ish joylarida zararli moddalarni, yuqori kontsetratsiyani tahminlaydigan uchuvchan mahsulotlarda (pechg’, bo’rtish kameralar, quritish kameralari) bug’lanishi; ish joyida havoning tezligi 0,4 m/vdan kam bo’lmagan.
3 Qoplamalarni ishlab chiqarishda eng xavfli uchastkalar quyidagilar: kukunni surtish uchastkalari, bu yerda kukun aerodispersiya holatida bo’ladi va havo u bilan changlanishi mumkin.
4. Xodimlarning sog’lig’ini saqlash uchun tsexlarda sanitariya-gigiena va yong’inga qarshi tadbirlar bajarilishi zarur.
5. Muallaq qatlamning vannalari bortli so’rma bo’lishi shart. 0,8 m dan ko’p bo’lgan kenglikdagi vannalar ikki tomonli bortli so’rma bilan jihozlanadilar. So’riladigan havoni chang, aralashma kukundan tsiklonlarda va matodan qilingan filg’trlarda ajratib, yig’ilgan kukunni ishlab chiqarishga qaytadan qaytarish kerak.
6. Vanna soxta suyuqlashtirishni tinch tartibda ishlashi shart: kukunli polimerning vanna bortidan chiqishi va favvoraning paydo bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi.
7. Vannaning tepasida, oldindan isitilgan detallar bilan qaynoq qatlamda kukunni surtishda, umumiy shamollatish tizimiga yoqilgan qalpoq o’rnatish tavsiya etiladi.
8. Detallarni oldindan qizdirish va polimerlarni qotishtirish uchun pechlar, uchuvchi moddalar va nurlanadigan issiqlikni bartaraf qilish uchun shamollatish qalpog’i bilan tahminlanishi shart.
9. Qoplamali detallarning ortiqcha qizib ketishiga yo’l qo’ymaslik zarur. Gaz ajralishi va ish hududi zararli moddalar ifloslanishining sababi - yuqori haroratdir.
10. Gaz hosil bo’lishini kamaytirish uchun qoplamali detallarni suv bilan vannada sovutish tavsiya qilinadi. Suvli vanna yo’qligida sovutish doirasi (hududi) shamollatish bilan tahminlanishi shart.
11. Yaroqsiz qoplamalarni kuydirib yumshatishni ishlab chiqaradigan pechlar, changlash uchastkasidan (joy) tashqari joylashishi shart va kuchaytirilgan tortish ventilyatsiyasi bo’lishi zarur, chunki kuydirib yumshatish jarayonida, havo bilan portlash xavfi bo’lgan aralashmalarning hosil bo’lishi va zaharli moddalar chiqishi mumkin.
|
| |