Yong’in va portlash xavfsizligi talablari




Download 0,56 Mb.
bet10/17
Sana17.05.2024
Hajmi0,56 Mb.
#240096
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
KIRISH (1) (1)

Yong’in va portlash xavfsizligi talablari
1.Ishlab chiqarish jarayonlarining yong’in va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirish, tashkillashtirish va olib borish GOST 12.1.004-91 «Yong’in xavfsizligi. Umumiy talablar.» va GOST 12.1.010-90 «Portlash xavfi. Umumiy talablar» iga va ushbu Qoidalarga muvofiq tahminlanishi lozim.
2.Evakuatsiya chiqish yo’llarining soni, ularning joylanishi QMQ 2.09.02-85 «Ishlab chiqarish binolari» va SHNQ 2.01.02-04 «Binolar va inshootlarni-yong’in xavfsizligi» talablari bo’yicha eng uzoq ish joylaridan ulargacha bo’lgan masofa, shuningdek eng ko’p sonli smenadagi ishlovchilarning soniga bog’liq holda aniqlanadi.
3.Eng uzoq ish joyidan eng yaqin evakuatsiya chiqish yo’ligacha ruxsat etilgan masofa QMQ 2.09.02-85 «Ishlab chiqarish binolari» bo’yicha evakuatsiya qilinadigan xonaning yong’inga chidamliligi toifasi va hajmida hamda bu chiqish yo’li orqali evakuatsiya qilinayotgan odamlar oqimining zichligidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
4.Manzarali pardoz maydonlariga tayyor mahsulotlarni berishda portlashdan himoyalangan qo’l arava bilan zichli idishda tashish nazarda tutiladi.
5.Xom ashyoni saqlash omborida qatron bilan bochkalarni aravaga qo’yish, hamda bosmani qo’yganda plyonka rulonlarini yig’ish va berish mexanizatsiyalashgan bo’lishi lozim.
6.Tayyor mahsulot omborlarida va ishlab chiqarish binolarida evakuatsiya yo’laklari tepasidan osma konveyerlar o’tish joylarida yong’in tarqalishining oldini olish uchun — 0,75 soat yong’inga bardoshlilik darajasi bilan to’suvchi qurilmalar oldindan qurilishi lozim.
7.Barcha polimer kompozitsiyali materiallar ishlab chiqarish binolari, omborxonalar va boshqa turdagi polimer materiallarni qayta ishlash binolari sanoat tarmoqlarida qabul qilingan. Yong’in xavfsizligi qoidalariga muvofiq birlamchi yong’in o’chirish vositalari hamda yong’in o’chirish asbob-anjomlari bilan tahminlangan bo’lishi shart.
8.Yong’in xavfi yo’riqnomasi ishlab chiqarishdagi o’qitish tizimiga kiritilgan bo’lishi lozim.
9.Har bir tashkilotda mahmuriyat tomonidan tayinlangan barcha ishlab chiqarish, yordamchi va maishiy xonalarda yong’in xavfsizligiga mashul xodim bo’lishi lozim. Yong’in xavfsizligiga mashul shaxs familiyasi, yong’in xavfsizligi xizmati qutqaruv telefonlari yozilgan peshtaxtalar ko’rinadigan joyga osib qo’yilishi lozim.
10.Yong’in xavfsizligiga mashul shaxs majburityalari yong’in xavfsizligi bo’yicha yo’riqnomada belgilangan bo’lishi lozim.
11.Har bir tashkilotda yong’inga qarshi asboblar to’plami, yong’in o’chirish vositalari, soni va joylashtirilishi mahalliy yong’in xavfsizligi xizmati bilan kelishgan bo’lishi lozim.
12.Barcha xodimlar ishlab chiqarishni o’qitish tizimida yong’in xavfsizligi qoidalarini keng o’rganish maqsadida, tashkilot, tsex, ishlab chiqarish uchastkasi, qurilma, bino yoki inshoot uchun yong’in xavfsizligi bo’yicha maxsus tayyorgarlikdan o’tadilar. Xodimlarning yong’inga qarshi tayyorgarligi yong’inga qarshi yo’riqnomadan o’tkazish va yong’in xavfsizligi bo’yicha mashg’ulotlar tashkil etishdan iborat.

Ekologik muvozanatni buzishga olib kelayotgan omillardan biri sanoat chiqindilari to’plamlari, omborxonalaridir. Ular atrof-muxit havo va suv havzalarini ifloslantiradi, hosildor tuproq tarkibining o’zgarishiga olib keladi. Birgina fosfogips chiqindi to’plamlarining o’zi 100 mln.tonnadan ortiq bo’lib, yiliga 4-5 mln.tonna qo’shiladi. Issiqlik energetika 20 tizimlarida ham shunday xolat kuzatiladi. Tahkidlash joizki, sanoat chiqindilarini maksimal utilizatsiyalash hosildor yer resurslarini band qilgan to’plamlar va omborlarning maydonini keskin kamayishiga sabab bo’ladi.


Ko’p tonnali sanoat chiqindilarini qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati ishtemolchisi hisoblanadi. Sanoat chiqindilari tsement, beton, qorishmalar, devorbop keramika, shisha va sitallar, polimer kompozitlari, lok-bo’yoqlar, issiqlik izolyatsiyasi va boshqa materiallar va buyumlar ishlab chiqarishda ishlatilishi mumkin. Ushbu sohada 10 millionlab sanoat chiqindilarini utilizatsiya qilish mumkin.
Innovatsion texnologiyalarni joriy etish chiqindisiz ishlab chiqarishni barpo etishga olib keladi. Samarali texnologiyalardan biri chiqindilarni aynan hosil bo’lgan korxonaning o’zida ishlov berishdir. Qurilish materiallari ishlab chiqarishda ishlatilishi imkoni bo’lmagan sanoat chiqindilari yo’l, to’g’onlar qurilishida, landshaftlar hosil qilishda, karg’erlarni rekulg’tivatsiyalashda maksimal ishlatilishi kerak.
Sanoat chiqindilarini qurilish materiallari texnologiyasida ishlatish atrof-muhit ekologik muvozanatini saqlashda asosiy omil sanaladi. Ushbu usul ekologik va iqtisodiy ixatlardan samarali hisoblanadi, chunki chiqindi omborxonalarini, to’plamlar, havzalar qurish, chiqindilarni transportirovkalash katta sarf-xarajatlarga olib keladi.

Download 0,56 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Download 0,56 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yong’in va portlash xavfsizligi talablari

Download 0,56 Mb.