• Uolter Endryu Shuxart
  • 13.2-rasm. Uolter Endryu Shuxart (1891- 1967) 13.3-rasm. Shuxartning nazorat xaritasi.
  • O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan




    Download 4,33 Mb.
    bet67/119
    Sana24.05.2024
    Hajmi4,33 Mb.
    #252328
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   119
    Bog'liq
    MM Mahsulot sifati nazorati-2022

    13.1-rasm. Teylor tizimi.

    Statistik sifat nazorati XX asrning boshlarida sanoatga V.Shuxart tomonidan ixtiro qilingan nazorat xaritalaridan foydalanish orqali kirib keldi. Buyuk Britaniyani zamonaviy statistik ma'lumotlarning vatani deb hisoblash mumkin, buni 1935 yilda E.S.Pirsonning statistik tahlili asosida 600 seriyali Britaniya standartlari qabul qilinganligi tasdiqlaydi [20].


    1924-yilning may oyida ―Vestem Elektrik‖ firmasining (AQSH) texnik nazorat boʻlimi xodimi Uolter Endryu Shuxart (13.2-rasm) sifatni boshqarishda statistik usullari asoslangan nazorat xaritalarini qoʻllash taklifini ishlab chiqdi (14.3-rasm). U.Shuxart muhandislar, ekspertlar va menejerlarga asosiy e‘tibomi alohida nomutanosibliklar va defektlardan jarayon variatsiyalariga (belgilangan rejimdan chetlanish holatlariga) qaratish taklifini berdi. Unga koʻra ikki muhim holat inobatga olinishi kerak:

    • aybdorlami izlash kerak emas, balki, barcha aloqador shaxslami jalb etgan holda nomutanosibliklar sabablarini aniqlash va ulami bartaraf etish lozim;

    • nomutanosibliklar va defektlarning sababi jarayonlar variatsiyasi deb

    bilish.

    13.2-rasm. Uolter Endryu Shuxart (1891-1967)




    13.3-rasm. Shuxartning nazorat xaritasi.

    1930-yillarda buyumlar sifati muamraolarini hal qilishda butun jahon ishlab chiqarish amaliyoti ishchilar, nazoratchi va menejerlaming birgalikda faoliyat olib borish g‗oyasini ishlab chiqishdi. Mahsulot sifatini oshirishda asosiy omillardan biri "ishchilar hayoti", ya‘ni ishlab chiqarish xodimlarinmg sifat shartlari tashkil topa boshladi [14].


    Yaponiyada 1950-yillardan keyin Britaniya, Amerika yoki boshqa mamlakatlarda yaratilgan usullar qanchalik yaxshi boʻlmasin, ularni Yaponiyaga oʻzlari kabi olib kirish mumkin emasligini anglashganidan keyin, tub oʻzgarishlar yuz berdi va ularda ―muvaffaqiyatga erishish uchun siz oʻzingizning usullaringizni yaratishingiz kerak‖ degan tushuncha paydo boʻldi. Sifat menejmenti sohasidagi dunyoga mashhur yapon mutaxassisi Kaoro Ishikava shunday dedi: ―Biz odamlarga oʻta murakkab usullarni taklif etdik, holbuki, bu bosqichlarda oddiylari ham yetarli edi‖. Yaponlar olingan oddiy statistik usullarni real sharoitlarga moslashtirdilar, bu usullarni maxsus yaratilgan sifat doiralarida firmalarning barcha xodimlariga, menejerlardan tortib ishlab chiqarish ishchilarigacha oʻrgatdilar, ish joyida yuzaga kelgan muayyan muammolarni hal qilishni har tomonlama rag‗batlantirdilar [20].
    Yaponiyada tayyorlanayotgan kuchaytirgichlar uchun zamonaviy radiotexnikada katta ahamiyatga ega boʻlgan past chastotali transformatorlaming og‗irligi 250 g va shu vaqtda AQSHda bu apparat konstruksiyasining og‗irligi 30 g boʻlgan. Suvga botirilganda yapon transformatorlari 15 minutga bardosh bergan boʻlsa, Amerikada tayyorlangan aynan shu mahsulot toʻliq germetik va soʻv oʻtmaydigan boʻlgan.
    Biroq 1940-yillaming oxiri va 1950-yillaming boshlarida yapon mutaxassislari sifatni boshqarish boʻyicha amerikalik obroʻli olimlar E.Deming va Dj.Djuran tomonidan oʻqitilib, bu bilimlar Yaponiya sanoatiga muvaffaqiyatli qoʻllanilgan.
    Loyihalashtirish, ishlab chiqarish, mahsulotni sotish va tahlil hamda uning natijasida oʻzgarishlami yuzaga kelishi bilan aloqador boʻlgan Deming sikli deb nomlanuvchi ya‘ni sifatni oshirish uchun PDCA ("plan - do - check - action") -
    ―rejalashtirish‖ - ―bajarish‖ - ―tekshirish‖ - ―tuzatish harakatlar‖ sikli joriy etilgan. Texnologik jarayonlami boshqarish uchun nazorat xaritalaridan keng foydalanilgan. Deming ma‘ruzalar kitobidan mualliflik gonorardan uning nomiga mukofot ta‘sis etish uchun foydalanilgan.
    Korxonalar va alohida shaxslar uchun 1951-yil Deming Oltin medali taqdim etilgan. Bulaming barchasi rahbariyat quroli sifatida sifatni boshqarishga yaxshi muhit yaratgan. Yaponiyadagi ilg‗or firmalarda yanada toliq va ketma- ketlikda tizimli sifatni boshqarish tamoyillari va kompleks yondashishi joriy qilingan. Natija uzoq kutilmadi. Oʻtgan asrning 70-yillari oxiriga kelib, Yaponiya avtomobillar, televizorlar, nusxa koʻchirish mashinalari, foto va plyonka uskunalari, integral kabi iste'mol tovarlari sifati boʻyicha dunyoda yetakchiga aylandi [20].
    Yaponiya amaliyotini sinchiklab koʻrib chiqish shuni koʻrsatadiki, sifatni nazorat qilishning statistik usullaridan foydalanmasdan avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish jarayonlari, robototexnika, moslashuvchan avtomatlashtirilgan komplekslarni keng joriy etish mumkin emas. Ushbu sifat nazorati usullarining dolzarbligi zamonaviy ishlab chiqarish uchun ham yanada dolzarb boʻlib qolmoqda.
    Sifat nazoratini statistik usullarini paydo boʻlishida mutaxassislar oʻylashlari boʻyicha mahsulotning sifati murakkab jarayon asosida shakllanadi. Buning natijasida esa, koʻpgina moddiy yechimlar va ishchilarning xatolari ta‘siri kuchli boʻladi. Shuning uchun bu omillarni boshqarib turish va sifatni kerakli pogʻonaga chiqarishni ta‘minlash, har xil turli sifatni oshirishda variantlarni koʻrib chiqish lozim.
    Urushdan keyingi paytlarda AQSH va Yevropada sifat boʻyicha milliy standartlar tashkil topdi. Xalqaro standartlashtirish tashkilotlarida normativ hujjatlarni ishlab chiqishda sifat soha masalasi asosiy e‘tiborda boʻldi.
    1990-yillardan boshlab nafaqat matematika mutaxassislari, balki sifat nazorati ishchilari va menejerlar ham boshqaruv jarayonini statistikasi bilan shugʻullana boshladilar.
    Yapon olimi G.Taguti tomonidan sifat boshqaruvi prinsiplarini takomillashuvida katta hissa qoʻshilgan. U har xil pogʻonalarda mahsulotning xususiyatlarini, turlarini oʻrganishini taklif qildi, sifat menejmenti tizimi uchun esa bu revolyutsion kashfiyot edi. Jarayonlar va mahsulot parametrlarini Taguti kashfiyotiga koʻra, moslashuvchanligini belgilash, jarayonlarning kam variatsiyalanishiga olib keldi.
    Hozirgi paytdagi korxonalarda, amaliyotda qoʻllaniladigan statik usullarni quyidagi kategoriyalarga boʻlish mumkin:

            1. Elementar statistik usullar (sifat nazoratining yaponcha yetti elementi).

            2. Oraliq statistic usullar.

            3. Davriy statistik usullar.

    XX asrda amerikalik olimlar - D.Noyman, E.Pirson, Ye.Fisherlar sifat nazoratini ta‘minlash tizimiga katta hissa qoʻshdilar. Ularning mulohazalari ichida statistik gipotezani tekshirish nazariyasi juda taniqli hisoblanadi. 1940 yillarda AQSh olimi A.Vald analiz qilishning ketma-ketligini va shuningdek qarorlarni qabul qilishda statistik nazariyalarni ishlab chiqdi. Analizlar ketma- ketligi nazariyasi shunchalik aktual ediki, hatto AQShda uni maxfiy hujjat deb yuritilgan.





    Download 4,33 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   119




    Download 4,33 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan

    Download 4,33 Mb.