O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan




Download 4,33 Mb.
bet75/119
Sana24.05.2024
Hajmi4,33 Mb.
#252328
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   119
Bog'liq
MM Mahsulot sifati nazorati-2022

Oʻlchash vositalarining davlat sinovi

2020-yil 29-avgustda O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
―O‗zbekiston Respublikasida metrologiya xizmatlari koʻrsatish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻg‗risida‖ 528-son qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga asosan ―O‗lchash vositalarini davlat sinovlaridan
oʻtkazish qoidalari‖ tasdiqlangan boʻlib, ushbu qoidalar oʻlchash vositalarini davlat sinovlaridan oʻtkazish, oʻlchash vositalarining turini tasdiqlash va tasdiqlangan oʻlchash vositalari turini O‗zbekiston Respublikasining oʻlchash vositalari davlat reyestriga kiritish tartibini belgilab beradi.
―O‗lchash vositalarini davlat sinovlaridan oʻtkazish qoidalari‖da quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanilgan:
ariza beruvchi - davlat sinovlarini oʻtkazishda manfaatdor boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
ijrochi - O‗zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbarligidagi akkreditatsiyadan oʻtgan davlat metrologiya xizmati organi;
oʻlchash vositasining turi - bitta prinsipning oʻzida ishlashga asoslangan, bir xil konstruksiyaga ega boʻlgan hamda bitta texnik hujjatning oʻzi boʻyicha tayyorlangan, bitta maqsad uchun belgilangan oʻlchash vositalarining majmuiga beriladigan umumlashtirilgan ta‘rif;
oʻlchash vositalarining namunasi - ma‘lum cheklashlar bilan barcha jihatdan shu turga muvofiq boʻlgan oʻlchash vositasining aniq nusxasi;
oʻlchash vositalarini davlat sinovlaridan oʻtkazish - ushbu turdagi oʻlchash vositalarining bir yoki bir nechta namunalarida oʻtkaziladigan muvofiqlikni baholash va keyinchalik oʻlchash vositalarining turini tasdiqlagan holda muvofiqlikni baholash toʻg‗risida hisobot berish tartib-taomili;
oʻlchash vositalarini sinash dasturi - oʻlchash vositalarini davlat sinovlaridan oʻtkazish ishlarining hajmini, turlarini va ketma-ketligini belgilovchi hujjat.
Oʻlchash vositalarini davlat sinovi va metrologik attestatsiyalash, amaldagi me‘yoriy hujjatlarga mos ravishda nazorat va tekshiruv shakli tarzida oʻtkaziladi.
Davlat sinovlari mamlakatda oʻlchashlar yagonaligini ta‘minlash, mavjud oʻlchash vositalari toʻplamidan samarali foydalanish va oqilona natija beruvchi nomlarini belgilash, oʻzining texnik koʻrsatkichlari va sifati boʻyicha oʻzimizda ishlab chiqarilgan eng yaxshi va chet el namunalariga mos keluvchi yoki ulardan ustun turuvchi oʻlchash vositalarini ishlab chiqarilishini va tayyorlashni yoʻlga qoʻyish maqsadida oʻtkaziladi.
Oʻlchash vositalarining davlat sinovlarini asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • oʻlchash vositalarini zamonaviy texnik darajaga mos kelishini aniqlash;

  • oʻlchash vositasini mamlakatimizda ishlab chiqarishni yoki chet ellardan olib kelish zaruriyatini maqsadga muvofiqligini va imkoniyatini aniqlash;

  • oʻlchash vositalarini qiyoslash va ta‘mirlash usullari va vositalari bilan ta‘minlanganligini tekshirish;

  • ishlab chiqarilayotgan va chet ellardan keltirilayotgan oʻlchash vositalarini me‘yoriy hujjatlar talablariga mos kelishini tekshirish.

Quyidagi sohalarda qoʻllaniladigan oʻlchash vositalari keyinchalik ularning turi tasdiqlagan holda davlat sinovlaridan oʻtkazilishi kerak:
sog‗liqni saqlash, veterinariya, atrof muhitni muhofaza qilish; moddiy boyliklarni va yoqilg‗i-energetika resurslarini hisobga olish; soliq, bojxona, savdo-tijorat, pochta va telekommunikatsiya;
zaharli, tez alangalanuvchi, portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash, tashish hamda yoʻq qilish;
umumiy ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish, realizatsiya qilish va xizmatlar koʻrsatish;
aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan himoya qilish, yong‗in xavfsizligini, suv obyektlarida insonlarning xavfsizligini ta‘minlash;
sanoat xavfsizligini ta‘minlash; davlat mudofaasini ta‘minlash;
mehnat xavfsizligini va transport harakati xavfsizligini ta‘minlash; sertifikatlashtiriladigan mahsulotning xavfsizligi va sifatini aniqlash; geodezik, kartografik va gidrometeorologik ishlarni bajarish;
oʻlchash vositalarini davlat sinovidan, qiyoslashdan, kalibrlashdan, ta‘mirlash va metrologik attestatsiyadan oʻtkazish;
foydali qazilmalarni qazib olish; rasmiy sport musobaqalarini oʻtkazish;
mahsulot va xizmatlar muvofiqligini baholash boʻyicha ishlarni bajarish.
Davlat sinovlarini ikki turda oʻtkazish belgilangan: qabul qilishda va tekshirishda uzluksiz ishlab chiqarishga moʻljallangan yangi turdagi oʻlchash vositalarining tajriba nusxalari, shuningdek chet eldan keltirilishi moʻljallangan oʻlchash vositalarining namunalari davlat qabul sinovlaridan oʻtkazilishi shart. Bu sinovlarning ijobiy natijalari oʻlchash vositalarining turini tasdiqlashga va ishlab chiqishga ruxsat berishga hamda uzluksiz ravishda oʻlchash vositasidan foydalanish mumkinligiga asos boʻladi.
―Texnik jihatdan tartibga solish‖ agentligi tomonidan tasdiqlangan oʻlchash vositalarining turlari davlat reyestriga kiritilishi lozim. Davlat tekshiruv sinovlaridan ishlab chiqarilayotgan va davriy tarzda chet ellardan keltirilayotgan toʻplam oʻlchash vositalari namunalari oʻtishi lozim:

  • uzluksiz ishlab chiqarishga va chet eldan kiritilayotgan toʻplamlarga ruxsat berilgan vaqtning tugashi munosabati bilan;

  • oʻlchash vositalarining metrologik xarakteristikalari me‘yorlariga ta‘sir qiluvchi konstruktiv yoki ularni tayyorlash texnologiyalariga oʻzgartirishlar kiritilganda;

  • ishlab chiqarilayotgan va davriy tarzda chet ellardan keltirilayotgan oʻlchash vositalar toʻplami turlarini va me‘yoriy hujjatlar talablariga mos kelishini tekshiruv tartibida.

Davlat tekshiruv sinovlarining ijobiy natijalari, ularni uzluksiz ishlab chiqishni davom ettirishga asos boʻladi.

  • mamlakatimizda oʻlchashlar yagonaligini ta‘minlash;

  • oʻlchash vositalari parkidan oqilona va samarali foydalanish va ularning nomenklaturalarini aniqlash;

  • oʻzining texnik koʻrsatkichlari va sifati boʻyicha yurtimizda yoki xorijda ishlab chiqarilgan a‘lo darajadagi namunalarga mos keluvchi yoki ulardan ustun keluvchi oʻlchash vositalarini ishlab chiqish.

Bu maqsadlarga:

  • oʻlchash vositalarini hozirgi zamon texnik koʻrsatkichlariga mos kelishini tahlil qilish;

  • oʻlchash vositalarini qiyoslash usullari va ta‘mirlash vositalari bilan ta‘minlanganligini tekshirish;

  • qiyoslash uchun usullar va vositalarni toʻgʻri tanlanganligini hamda qiyoslashlararo intervali ishonchli me‘yoriy koʻrsatkichlariga mos kelishini;

  • oʻlchash vositasini mamlakatimizda ishlab chiqarish zaruriyatini va imkoniyatlarini aniqlash yoki ularni chet ellardan keltirish kerakligini, ishlab chiqarilayotgan yoki xorijdan keltirilayotgan oʻlchash vositalarini texnik hujjatlarini talablarga javob berishini tekshirish orqali erishiladi.

Shunday qilib, davlat sinovlari tizimlari asbobsozlik sohasida davlat metrologik xizmatining yagona texnik siyosatni amalga oshirishning oʻta muhim vazifasi boʻlib xizmat qiladi. U oʻlchash vositasi ―hayoti‖ning hamma bosqichlarini qamrab oladi. Texnik topshiriqni yaratish bosqichida uni metrologik ekspertizadan oʻtkaziladi. Bunda oʻlchash vositasini tavsiya etilayotgan metrologik xarakteristikalari bilan yaratish zaruriyatini baholash, oʻlchash vositasini qiyoslash usullari va vositalari bilan ta‘minlanganligini tekshirish, metrologik atamalar va fizik kattaliklar birliklaridan toʻgʻri foydalanilayotganligi va h.k. ishlari olib boriladi.
Texnik topshiriqlarni metrologik ekspertizadan oʻtkazish, xalq xoʻjaligining ehtiyojiga javob bermaydigan, oʻz vaqtida texnik topshiriqlarda yoʻl qoʻyilgan xatolarni bartaraf etishi, xalq xoʻjaligining ehtiyojiga javob bermaydigan oʻlchash vositalarini loyihalashtirish uchun keraksiz sarf xarajatlardan xalos boʻlish imkonini beradi [10].




    1. Download 4,33 Mb.
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   119




Download 4,33 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan

Download 4,33 Mb.