O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan




Download 4,33 Mb.
bet83/119
Sana24.05.2024
Hajmi4,33 Mb.
#252328
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   119
Bog'liq
MM Mahsulot sifati nazorati-2022

Sinov sharoiti va joyi boʻyicha:

  1. Laboratoriya (tajriba xonasi) – laboratoriya sharoitida amalga oshiriluvchi sinov.

  2. Sinov stendida sinash – sinov qurilmasida oʻtkaziladigan sinash.

  3. Poligon sinash – obyektni sinov poligonida sinash.

  4. Tabiiy sinov – obyektni uni qoʻllanish sharoitiga muvofiq sharoitda sinash, bunda bir vaqtning xarakteristikalari baholanadi yoki nazorat qilinadi. Bu (mahkamaviy, davlat) sinovlar yakunlovchi hisoblanib, bu sinov seriyali ishlab chiqarishga taqdim etiladigan hujjat boʻyicha tayyorlangan namunalar ustida oʻtkaziladi. Bu sinovlarni oʻtkazish sharoitiga maksimal darajaga yaqinlashtirilgan boʻlishi kerak. Bu sinovlar texnik tizimni yoki uning elementlarini puxtaligi va ishga yaroqliligi haqida eng toʻliq ma‘lumot olish imkonini beradi.

  5. Modellar yordamida sinash.

  6. Ekspluatasion sinov – tayyor mahsulotni ekspluatasiya vaqtida sinash. Bu sinovlar oʻtkazilish maqsadiga koʻra tadqiqod olib borish sinovlariga taalluqli boʻladi.

Laboratoriya sharoitida mahsulot sinovi qanchalik batafsil rejalashtirilmasin, real ekspluatasiya sharoitidagi tashqi ta‘sirlar, rejimlar va sharoitlar turli tuman birikmasini hamda turli qiymatliligini amalga oshirib
boʻlmaydi. Shuning uchun mahsulot ishlab chiqaruvchi uchun sinalayotgan mahsulotni ekspluatasiya vaqtida kuzatishlar natija sifatida belgilangan ma‘lumot juda zarur hisoblanadi. Mahsulotni ekspluatasiya sharoitida ishlashi toʻg‘risida tezkor malumot yig‘ish va qayta ishlashni tashkil qilish ishlab chiqaruvchi mahsulotning kelgusi partiyasiga zarur oʻzgartirish kiritishi, texnologik jarayonni takomillashtirilishi va yangi yaxshilangan model ishlab chiqish imkoniyatlarini beradi.
Biroq ekspluatasiya ma‘lumoti bir qator kamchiliklarga ega. Ulardan biri shuki – mahsulotga u yoki bu alohida tashqi faktor – harorat, tezlik, yuklanish va boshqalarni ta‘sirini alohida ajratib koʻrsatish imkoniyati mavjud emas. Tashqi faktor ta‘sirini bunday alohida oʻrganish analitik hisoblash usullarini ishlab chiqish uchun zarur boʻladi.
Bu sinovning keyingi kamchiligi – malumot olishni juda uzoq vaqt davom etishdir. Nisbatan qimmat va murakkab texnik tizimlar (stanoklar, energetik qurilmalar va boshqalar)ning xizmat muddati bir necha oʻn yilgacha davom etishi mumkin. Bu muddat oʻtgandan soʻng bu mahsulotni ishlab chiqarish toʻxtatilgan boʻlishi ham mumkin va shu sababli yig‘ilgan ma‘lumot qadirsizlanib qoladi. Mahsulot xususiyatlari xarakteristikalari haqida malumot olish vaqtini qisqartirish maqsadida qisqa muddatli yoki tezlashtirilgan sinovlardan foydalaniladi.

  1. Sinovni davom etish vaqti boʻyicha sinovlar uch xil: normal sinov, qisqartirilgan sinov va tezlashtirilgan sinov turlariga ajratiladi.

5.1 Normal sinovni oʻtkazish usuli va sharoiti obyekt xususiyatining xarakteristikasi haqida zarur hajmdagi ma‘lumotni ekspluatasiya sharoiti nazarda tutilgan vaqt davomida olish imkonini beradi. Mahsulotga tushayotgan yuklanish nominal qiymatga yaqin boʻlgan hollarda normal sinov amalga oshiriladi. Bu sinov jarayonida mohiyatan mahsulotning ekspluatasiya sharoiti hosil qilinadi. Shuning uchun ham natija juda ishonchli boʻladi. Sinovni uzoq vaqt davom etishi bu usulning kamchiligi hisoblanadi. Ayniqsa resurs miqdori koʻp qurilmalar uchun bu usuldan foydalanish maqsadga muvofiq emas. Ma‘lumotni kechikib yetib kelishi uni zarurligi darajasini kamaytirib yuboradi va mahsulot sifatini tezkor boshqarishni qiyinlashtiriladi.

    1. Qisqartirilgan sinov – qisqartirilgan dastur boʻyicha amalga oshiruvchi sinov. Bu sinovlar sinov jarayonida sikllar orasini qisqartirish yoki vaqt boʻyicha ekspluatasiya (qayta ishlash) qilishda ishlatiladi. Mahsulotni ish vaqtidagi tanaffuslari uni buzilishiga olib boruvchi jarayonlarga ta‘sir qilmasa, shunda

ishchi sikllarni qisqartirishga ruxsat beriladi. Vaqt boʻyicha ekspluatasiya qilish buzilish modeli asosida amalga oshiriladi.
Sinov davomiyligini qisqartirish usullariga quyidagilar kiradi:

  1. Sinovni vaqt boʻyicha zichlashtirish (turib qolish boʻsh harakatlarni qisqartirish, mahsulotni toʻliq sutka davomida ishlash va hokazolar);

  2. Koʻp sonli mahsulotlarni bir vaqtning oʻzida sinash;

  3. Eng faol mahsulot – belgilangan sharoitning murakkab holatlarda uzluksiz ishlovchi ma‘lumotni sinash. Qisqartirilgan sinovlarni amalga oshirish tamoyillari malumot sifatiga va natijaning ishonchliligiga ta‘sir qiladi

    1. Tezlashtirilgan sinovlar – normal sharoitga nisbatan ancha qisqa vaqtda obyekt xususiyatlarinig xarakteristikalari toʻg‘risidagi zarur ma‘lumotni olishni ta‘minlovchi usul va sharoitlarda amalga oshiriladi.

Vaqtni qisqartirish usuliga qarab, tezlashtirishning 3 xil yoʻli belgilangan: 1- Mahsulotni ishlash rejimi ekspluatasiya hujjatida belgilangan normal
sharoitga muvofiq boʻladi va vaqtni qisqartirish statistik modellardan foydalanib amalga oshiriladi.

      1. Moddalashtirilgan sinovni amalga oshirib uni normal sharoit uchun qayta hisoblashni anglatadi, vaqtni qisqartirish darajasizlantirish (eskirish) jarayoni intensivligini oshirish orqali erishiladi.

      2. Ikkinchi va birinchi yoʻllardan aralashgan holda vaqtni qisqartirish uchun faqat sinovni jadallashtirish yoʻlidan foydalanish zarur.

    1. Jadallashtirilgan sinov – tezlashtirilgan sinov boʻlib, buzilishni keltirib chiqaruvchi jarayonlar intensivligini oshirishga asoslangan. Eskirish jarayoni intensivligini oshirish uchun mahsulotga tezlashtiruvchi (jadallashtiruvchi) omillar (ta‘sirlar) ta‘sir ettiriladi.

Mexanik qurilmalarni sinashda jadallashtirish uchun yuklash yoki atrof- muhit xarakteristikalari jadallashtiriladi, ya‘ni:

      • yuklanish berish chastotasini oshirish;

-bosim kuchlanish va hakozo yuklanishlarni oshirish;

      • tashqi mexanik va iqlimiy omillar (zarbalar, vibrasiya, harorat va hakozolar)ni tezlashtirish;

-ishchi muhit ta‘sirini (agrisiv muhitlar, ediriluvchi zarrachalar va hakozo)larni jadallashtirish;
-obyektning asosiy sifat xarakteristikalariga qattiq (qaqshatkich) ta‘sir qiluvchi yuklanishlarni hosil qilish amalga oshiriladi.
Jadallashtirilgan sinovlarni rejalashtirishning eng muhim bosqichlaridan biri – sinov rejimini tanlashdir. Jadallashtirilgan rejim mahsulotni normal
ekspluatasiya rejimidan farq qilishi kerak, shu bilan birga shu ikkala rejim ma‘lum shakilda ham sifat, ham miqdor jihatdan bog‘langan boʻlishi kerak.
Buzulish yoki eskirish jarayonini har qanday intensivlanishi mahsulot ishga yaroqsizlanish jarayoninig haqiqiy koʻrinishini buzilishiga olib keladi. Jadallashtirilgan sinovlarni oʻtkazishning murakkablik tomoni yana shundan iboratki, istalgan obyektning ekspluatasiya vaqtida ehtimol tabiatdagi yuklanishlar spektori bilan xarakterlanishidir.
Mahsulotni jadallashtirilgan rejimda ishlashi, eskirishi va buzulish jarayonlarida ekspluatasiya sharoitida uchramaydigan holatlarni yuzaga keltirishi va buzulish tasviri sifatini oʻzgartirib yuborishi mumkin. Bu holatda esa sifat koʻrsatkichlarini normal sharoitga oʻtkazish faqat rasmiy harakatga aylanib qolishi va qoʻpol holatliklarga olib kelishi mumkin. Mahsulot materiyalining ma‘lum eskirish yoki buzilish qonuni doirasidagina rejimni jadallashtirishga ruxsat beriladi.
Jadallashgan sinovlarni oʻtkazishga oʻxshashlik nazariyasi usullari asos boʻladi. Bu nazariyasi asoslari eksperimentni rejalashtirishda, tajriba natijalarini qayta ishlashda qoʻllaniladi va olingan natijani qanday umumlashtirish va boshqa obyektlarga ham tadbiq qilish usullarini oʻrgatadi.
Jadallashtirilgan sinovlarda buzulishni yuzaga kelish jarayonini normalga moslashuvchanligini va mahsulotni jadallashtirilgan rejimda ishlashini ta‘minlash kerak.
Vaqtning toʻg‘ri chiziqli funksiyasi hisoblangan darajasizlantirish (eskirish) jarayonini amalga oshirish uchun mahsulotni jadallashgan rejimdan ishlash vaqti ishlash vaqti normal rejimdagi vaqtiga quyidagi bog‘liqlik orqali qayta hisoblanadi:
bu erda: TH ,TФ – mahsulotning ninormal va jadallashtirilgan rejimlardagi ish vaqti; bф, bН - normal va jadallashgan rejimlarda buzulish tezligi qiymatlari; ky - sinovni tezlashtirilganlik koeffitsiyenti (qayta hisoblash koeffitsiyenti).
Eskirish jarayoninig yarim tasodifiy amalga oshirilishi – toʻg‘ri chiziqli vaqt funksiyasi boʻlmasa, unda boʻlaklab toʻg‘ri chiziqga keltirish usuli qoʻllaniladi. Mahsulotni jadallashtirilgan rejimdan normal rejimga qayta hisoblash quyidagi ifoda boʻyicha amalga oshiriladi:

bu yerda: - jadallashtirilgan rejimda toʻg‘ri chiziqga keltirilgan uchastka uzinligi; bi i - nchi toʻg‘ri chiziqga keltirilgan uchastkaning burchak koeffisiyenti.
Jadallashtirilgan sinovlar sinov vaqtini bir necha baravar qisqartirish imkonini beradi, lekin murakkab mahsulotlar uchun natija ishonchliligi kamayadi. Ishonchlilikning kamayishining sababi shuki, mahsulotni jadallashgan rejimdagi ish natijasi (ya‘ni kuchaytirilgan yuklanishdagi natijasi) mahsulotni normal ishlash rejimi, ya‘ni nominal yuklanish sohasidagi rejimiga qayta hisoblanadi. Bunda mahsulotning turli uzellari uchun qayta hisoblash koeffisiyenti turlicha boʻladi, chunki aynan bir jadallashtiruvchi omil mahsulotni turli uzellar uchun turlicha ta‘sir qiladi va ularni texnik holati oʻzgarish tezligi turlicha boʻladi.


  1. Download 4,33 Mb.
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   119




Download 4,33 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan

Download 4,33 Mb.