O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan




Download 4,33 Mb.
bet84/119
Sana24.05.2024
Hajmi4,33 Mb.
#252328
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   119
Bog'liq
MM Mahsulot sifati nazorati-2022

Ta’sir turi boʻyicha sinovlar quyidagicha turlarga ajratiladi:

  1. Mexanik – mexanik omillar ta‘siriga sinovdan oʻtkazish;

  2. Iqlimiy – iqlimiy omillar (atmosfera bosimi, harorat, namlik, atmosfera yog‘ingarchiliklari, tuman, quyosh nuri, shamol, chang, qum va hakozolar ta‘siriga sinash;

  3. Termik - harorat omillari ta‘siriga sinash;

  4. Radiatsion – radiasiya omillari ta‘siriga sinash;

  5. Elektr – elektr kuchlanishi, elektr toki va elektr maydoni ta‘siriga sinash;

  6. Elektromagnit – elektromagnit maydon ta‘siriga sinash;

  7. Magnitik – magnit maydon ta‘siriga sinash;

  8. Kimyoviy – maxsus kimyoviy muhitlar ta‘siriga sinash;

  9. Biologik – biologik omillar ta‘siriga sinash.

  1. Sinov ta’sirining natijasi boʻyicha sinovlar quyidagiga ajratiladi:

    1. Putur etkazmaydigan – putur yetkazmaydigan nazorat usullarini qoʻllab sinash. Obyektni buzmaydigan yoki shikast yetkazmaydigan holda amalga oshiriladigan sinov, materiallar, detallar yoki mahsulotlar xarakteristikalari yoki xususiyatlarini uning ekspluatasiya mustahkamliligiga salbiy ta‘sir qilmay (mahsulot sifatini oʻzgartirmay) oʻlchash yoki aniqlashning barcha usullarining oʻzida mujassamlashtirgan. Putur yetkazmay sinash orqali mahsulotning mustahkamliligi va uzoq mudatliligi haqida ma‘lumot olib boʻlmaydi.

    2. Putur yetkazuvchi sinov – putur yetkazib nazorat qilish usullarini qoʻllab sinash. Putur yetkazuvchi sinovlarning afzal tomoni shundaki, u mahsulot xususiyati haqida miqdoriy xarakteristika berish imkonini beradi. Har bir sinovda, odatda faqat bitta xarakteristika (masalan, materiallar uchun chidamlilik

chegaraviy qiymati, qattiqlik va hakozo) namunalar, zagatovkalar, detallar, mahsulot, texnik tizim toʻliqligi bu sinovdan oʻtkazilishi mumkin. Putur yetkazuvchi sinovlar mahsulotning moʻljallanganlik, mustahkamlik, texnologik koʻrsatkichlari qiymatini olish imkonini beradi. Putur yetkazuvchi sinovda detal mexanik yuklanish ostida buzuladi yoki ichki tomondan oʻrganish uchun qirqib ikkiga boʻlinadi.
Mustahkamlik sinovlari ham putur yetkazuvchi hisoblanadi, chunki bu sinov natijasida oʻrganilayotgan mahsulotning resursi (toʻliq yoki qisman) sarf boʻladi. Kelgusida ishlatiladigan detallar putur yetkazuvchi sinovdan oʻtkazilmaydi va putur yetkazuvchi sinovdan oʻtkazilgan detallar yoki tizimlar sinovdan soʻng oʻz moʻljallanishi boʻyicha ishlatishga yaroqsz boʻladi. Mahsulotlarning malum qismi, tanlash asosida putur yetkazuvchi sinovga tadbiq etiladi. Bu holda mahsulotning sifat koʻrsatkichlari mos statistik bahodan ajralishi mumkin, chunki tanlash miqdori cheklangan va tanlash tasodifiy amalga oshiriladi. Bu farqni hisobga olish uchun ishonchli ehtimollik tushunchasi kiritiladi. Ishonchli ehtimollik – bu baholanayotgan qiymatning haqiqiy qiymati yoki uni son qiymatli xarakteristikalari ishonchli deb ataluvchi intervalda joylashish ehtimolidir.

    1. Turg‘unlik sinovlari:

Mustahkamlikka sinov – obyekt xususiyati xarakteristika qiymatini belgilangan qiymatdan chiqarib yuboruvchi yoki uni buzib yuboruvchi ta‘sirning qiymatini aniqlash uchun oʻtkaziladigan sinov.
Chidamlilik sinovi – mahsulotning unga malum omillar ta‘sir qilish vaqtida oʻzining funksiyalarini bajarish va parametrlari qiymatini saqlay olish xususiyatini nazorat qilish uchun oʻtkaziluvchi sinov.

  1. Aniqlanadigan xarakteristikasi boʻyicha sinovlar quyidagi turlarga ajratiladi.

    1. Mustahkamlik sinovi – belgilangan sharoitda ishonchlilik koʻrsatkichinig aniqlash yoki nazorat qilish uchun oʻtkazuvchi sinov. Mustahkamlik sinovi qiymatni aniqlovchi va nazorat qiluvchi, hamda normal va jadallashtirilgan va hakozo boʻlishi mumkin.

    2. Havosizlik sinovi.

    3. Transportabellik (tashilishga) sinovi belgilangan sharoitlarda transportabellik koʻrsatkichini aniqlash yoki nazorat qilish uchun oʻtkaziluvchi sinov.

    4. Chegaraviy sinovlar – obyekt parametrlarinig chegaraviy ruxsat etilgan qiymatlari va ekspluatasiya rejimi orasidagi bog‘liqligni aniqlash maqsadida oʻtkaziluvchi sinov.

    5. Texnologik sinov – mahsulotni ishlab chikarish jarayonida uning texnologikligini baholash maqsadida oʻtkaziluvchi sinov.

  2. Olinadigan ma’lumot boʻyicha «Tanlanma miqdori boʻyicha».

    1. Guruhlar sinash – sifat koʻrsatkichini guruhlab aniqlash usuli boʻyicha otkaziluvchi sinov. Sinov natijalari tanlanmaga, partiyaga tegishli boʻladi; mustahkamlikning guruhli sinovi matematik statistika usullari bilan qayta ishlanganligi uchun, bu sinov uchun namunalar soni koʻp boʻlishi kerak. Natijani aniqligi va ishonchliligi yuqori boʻlishi uchun har bir mahsulotlar soni koʻp boʻlishi kerak.

    2. Individual sinov – sinov natijasi uzining alohida xususiyatiga ega aynan ma‘lum bitta namunaga tegishli boʻladi.

  3. Sinovni oʻtkazilish darajasi boʻyicha – davlat sinovlari, mahkamalararo «korxonalararo» sinovlar, mahkamaviy sinovlarga ajratiladi.

    1. Davlat sinovlari deb – belgilangan muhim mahsulot turlarini shu sinovlarni oʻtkazish huquqiga ega: - davlat sinovlari boʻyicha bosh tashkilot yoki

- davlat komissiyasi yoki sinovchi tashkilot tomonidan oʻtkaziluvchi qabul qilish sinovlariga aytiladi.

    1. Korxonalararo sinovlari – bu bir necha manfatdor vazirlik va «yoki» mahkami vakillaridan iborat komissiya tomonidan bajariluvchi sinov yoki bir necha mahkama birlikda ishlab chiqgan obyektning tarkibiy qismlarini qabul qilish uchun balgilangan mahsulot turlarini sinash.

    2. Mahkamaviy sinov – manfatdor vazirlik yoki mahkamalar vakillaridan iborat komissiya tomonidan oʻtkaziluvchi sinov.

Quyidagi 17.2-rasmda mahsulotni sinash usullarining klassifikatsiyalanishi keltirilgan.




Download 4,33 Mb.
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   119




Download 4,33 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan

Download 4,33 Mb.