O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan




Download 4,33 Mb.
bet82/119
Sana24.05.2024
Hajmi4,33 Mb.
#252328
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   119
Bog'liq
MM Mahsulot sifati nazorati-2022

17.3. Mahsulotni sinash turlarining sinflanishi
Mahsulotlarlarni sinash va sinovlar turlari GOST 16504-81 ga muvofiq sinflarga ajratiladi (17.1- rasm)

  1. Sinovlar moʻljallanganligiga qarab: tadqiqot uchun, nazorat uchun, solishtirish uchun, qiymatini aniqlash uchun amalgam oshirilishi mumkin.

    1. Tadqiqot qilish sinovlari namunaviy buyumni tajribaviy qayta ishlash jarayonida konstruktorlik hujjatiga muvofiq amalga oshiriladi. Bu sinovning maqsadi – obyekt xususiyatinig malum xarakteristikalarini (parametrlarini, xususiyatlarini va sifat koʻrsatkichlarini) oʻrganishdan iborat boʻladi. Sinov obyekti sifatida haqiqiy namuna ham ishlatilishi mumkin. Shu sinovlarda material yoki buyum xususiyatlari haqida malumot olinadi. Bu ma‘lumot aniqlangan xususiyatdan yanada samarali foydalanish uchun zarur hisoblanadi.

    2. Nazorat sinovlari mahsulot sifatini nazorat qilish, ya‘ni amalda erishilgan sifat koʻrsatkichini belgilangan qiymatga muvofiqligini nazorat qilish maqsadida oʻtkaziladi. Bu sinovlar mahsulot ishlab chiqarish jarayonlarida oʻtkaziladi. Bu sinovlar natijasida aniqlangan nomuvofiqlik sabablari aniqlanadi va bartaraf etilib hamda sifatini yanada yaxshilash boʻyicha tavsiyanoma ishlab chiqiladi. Bu xil sinovlar faqat haqiqiy namunalarda amalga oshiriladi. Nazorat sinovlari mahsulot mustahkamligi haqida yetarlicha ma‘lumot berilmaydi.

Mustahkamligini aniqlash uchun qoʻshimcha ravishda maxsus sinovlar masalan – zahiraviy (uzoq muddatlilik), buzulmasdan ishlash, saqlanuvchanlik va boshqa sinovlardan oʻtkazilishi kerak. Nazorat sinovlari natijalari mahsulotni yaroqsizliligini aniqlash uchungina emas, balki nazorat sinovining statistik qayta ishlangan natijasi – texnologik jarayonlar sifatini aniqlash va uni yanada yaxshilash yoʻllarini topish imkonini beradi. Nazorat sinovining har bir parametrlari texnologik jarayoninig malum qismi holatini xarakterlaydi.

    1. Solishtirish sinovlari – xarakteristikalari boʻyicha oʻxshash yoki bir xil obyektlarini ularning xususiyatlarini sinash maqsadida bir xil sharoitda sinash.

    2. Aniqlash sinovi – obekt xarakteristikasini avval malum boʻlmagan qiymatlarini belgilangan aniqlik va (yoki) ishonchlilik bilan, zarurat boʻlganda esa tasodifiy kattalik taqsimlanish qonuniy qiymati bilan aniqlash sinovi.

  1. Mahsulotni ishlab chiqish bosqichlari boʻyicha: - oʻlchamiga yetkazish, dastlabki, qabul qilish va topshirish sinovlariga sinflanadi.

    1. O‘lchamga yetkazish sinovlari – mahsulotni ishlab chiqish jarayonida unga kiritilayotgan oʻzgarishlar uni belgilangan sifat koʻrsatkichi qiymatlariga yetishi uchun qanday ta‘sir qilganini aniqlash maqsadida oʻtkaziladigan sinovlar.

    2. Dastlabki sinov – tajribaviy ilk namunalarni va (yoki) ilk partiya mahsulotni qabul qilib olish sinovlariga topshirish mumkinligini aniqlash maqsadida sinashdir.

    3. Qabul qilish va topshirish sinovlari – ilk namunani mahsulotni seriyali ishlab chiqarishga qoʻyishga va (yoki) moʻljallanganligi boʻyicha qoʻllashga yaroqliligini aniqlash maqsadida sinash.

  2. Tayyor mahsulotni sinash quyidagicha sinflanadi.

    1. Malakaviy sinov – korxonani muayyan mahsulotni belgilangan hajmda ishlab chiqarishga tayyorligini baholash maqsadida mahsulotning birinchi sanoat ishlab chiqarish partiyasini sinash (ya‘ni, yangi mahsulot ishlab chiqilgan va u ishlab chiqarishga qoʻyiladimi yoʻqmi shu hal qilinmoqda).

    2. Taqdim etishdan oldingi sinov – ishlab chiqaruvchi korxona texnik xizmati tomonidan mahsulotni buyurtmachiga, istemolchiga yoki boshqa qabul qilib olish idorasiga taqdim etishdan oldin oʻtkaziladigan sinov.

    3. Qabul qilish – topshirish sinovni qabul qilib olish sinovida mahsulotning nazorat sinovidir.

    4. Davriy sinov – me‘yoriy texnik hujjatda belgilangan hajm va vaqtda ishlab chiqarilayotgan mahsulotni nazorat sinovi, bunda mahsulot sifatining turg‘unligi va uni ishlab chiqarish mumkinligi tekshiriladi.

    5. Inspeksion sinov – maxsus vakolatki idora tomonidan belgilangan turdagi ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni tanlab sinovdan oʻtkazish, bunda ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatining turg‘unligi nazorat qilinadi.

    6. Mahsulot turi sinovi – ishlab chiqarilayotgan mahsulot konstruksiyasiga, xususiyatiga, yoki texnologik jarayoniga kiritilgan oʻzgarishni samarali va maqsadga muvofiq boʻlganligini tekshirish maqsadida sinash.

    7. Attestasion sinov – mahsulot sifat darajasi boʻyicha attestasiyadan oʻtayotgan payitdagi sinov.

    8. Sertifikasiya sinovi.


  3. Download 4,33 Mb.
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   119




Download 4,33 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan

Download 4,33 Mb.