• 17.1-rasm. Mahsulotni sinash jarayonining asosiy elementlari.
  • O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan




    Download 4,33 Mb.
    bet81/119
    Sana24.05.2024
    Hajmi4,33 Mb.
    #252328
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   119
    Bog'liq
    MM Mahsulot sifati nazorati-2022

    17.2. Mahsulotlarni sinovga tayyorlash va oʻtkazish
    Sinov obyektning xususiy xarakteristikalari toʻg‘risida ma‘lumot olishning murakkab oʻrganish jarayoni hisoblanadi. Sinov jarayonining asosiy tashkil etuvchilari 17.1 – rasmda koʻrsatilgan.


    17.1-rasm. Mahsulotni sinash jarayonining asosiy elementlari.

    Mahsulot turiga va sinov hajmi toʻg‘risidagi dasturga bog‘liq ravishda bir dona mahsulot sinalishi mumkin yoki mahsulot partiyasi toʻliqligicha yoki tanlanma asosida sinalishi mumkin. Agar mahsulot partiyasi sinalayotgan boʻlsa,


    unda partiya toʻliqligicha sinov obyekti hisoblanadi, shu bilan birga sinov jarayonida mahsulot partiyasidan tanlangan sinov uchun namunaningni xarakteristikalari baholanadi yoki nazorat qilinadi. Bunda namunaning aniqlangan xarakteristikalari sinov obyektining toʻliqligicha xarakteristikalari olish uchun ishlatiladi.
    Mahsulotning maketi yoki modeli ham sinov obyekti hisoblanishi mumkin va sinov natijasi boʻyicha xulosa bevosita maketga yoki modelga taalluqli boʻlishi mumkin. Agar sinash jarayonida mahsulotining ba‘zi elementlarini modellari bilan almashtirishga toʻg‘ri kelsa, yoki ba‘zi xarakteristikalarni modelda aniqlashga kelsa, natijani haqiqiy mahsulotga qayta hisoblanganda, xarakteristika modelni sinash bilan olingan boʻlsa ham sinov obyekti boʻlib haqiqiy mahsulot hisoblanadi. Model bu holda namuna vasifasini bajaradi. Sinovning muhim jixati ma‘lum sinov sharoiti - haqiqiy yoki haqiqiyning modelini belgilash hisoblanadi.
    Sinov sharoiti deganda, obyektga ta‘sir etishlar majmuasi va uni ishlash rejimlari tushuniladi. Obyektga ta‘sir etishlar – tabiiy yoki sun‘iy hosil qilinuvchi (iqlimiy, mexanik, elektr va hakozo) tashqi ta‘sir omillari bilan aniqlanish mumkin. Obyektni ishlashi sababi ichki omillar (ishqalanish sababli, tok oʻtishi sababli qizishlar) ham ta‘sir koʻrsatishi mumkin. Obyektni ishlash rejimni uni oʻrnatilish usuli va joyi, montaj qilish, qotirish, xarakterlantirish tezligi, yuklash qoidalari va hakozolarni hisobga olish kerak .
    Sinov shartlari u ishchi holatda boʻlganda yoki ishchi holatda boʻlmaganda, ta‘sir etib turganida yoki ta‘sir etib boʻlgandan keyin. Obyektning xarakteristikasi aniqlanishi kerakligini nazarda tutish mumkin. Sinov sharoiti belgilanadi. Bu sharoitni hosil qilinish va saqlab turilishi aniqligi esa me‘yorlanadi, hamda nazorat qilinadi, bu qiymatlar sinov natijasi aniqligining muhim tashkil etuvchisi hisoblanadi. Sinov sharoitini va uni hosil qilinish aniqligini belgilovchi asosiy hujjat – sinov usulini «metodikasi» hisoblanadi. Sinovning vazifasiga bog‘liq ravishda obyekt xususiyatlari yoki baholanadi yoki nazorat qilinadi. Agar sinovning vazifasi obyekt xususiyatlari va xarakteristikalarining miqdori yoki sifat boʻyicha baholash boʻlsa, unda xarakteristikalar baholanadi. Ara sinovning vazifasi obyekt xarakteristikalarining belgilangan talablarga mosligini belgilash boʻlsa, unda bu xarakteristikalar nazorat qilinadi. Obyekt xususiyatlarining xarakteristikalari haqidagi ma‘lumotni turli usullar orqali olish mumkin:

    • oʻlchash yoʻli bilan;

    • tahlil qilish bilan;

    • organoleptik yoʻli bilan;

    • ekpert yoʻli bilan va boshqa usullar.

    Eng keng tarqalgan usul – oʻlchash boʻlib, mahsulot xarakteristikasi haqidagi ma‘lumot kafolatlangan aniqlik bahosi – natijani haqiqiy qiymatga yaqinlik darajasi bilan olish imkonini beradi.
    Sinov vaqtida qayt etiladigan obyekt xususiyatlari xarakteristikalari qiymatlari va (yoki) sinov sharoitlari qiymatlari, ishlagan vaqtda, hamda qayta ishlash uchun boshlang‘ich ma‘lumot hisoblanuvchi boshqa ma‘lumotlar sinov ma‘lumotlari deyiladi.
    Sinov natijasi:

    • obyekt xususiyatlari xarakteristikalarining bahosi sifatida;

    • obyektni belgilangan, talablarga muvofiqligini belgilash sifatida;

    • sinov jarayonida obyektni ishlash sifati tahlili natijasi sifatida aniqlanadi.

    Sinov obyektining asosiy belgisi shuki, sinov natijalari boʻyicha shu obyektning yaroqliligi yoki yaroqsizligi, navbatdagi sinovga taqdim etish mumkinligi seriyali ishlab chiqarishga qoʻyish imkoniyati haqida qaror qabul qilinishidir. Natijani ishonchliligi va natijani sinovlarda qayta hosil boʻlishi kabi natijaga ishonchni bildiruvchi xarakteristikalar sinov natijasinig muhim xarakteristikalari hisoblanadi.
    Natijaning aniqligi – aniqlanayotgan parametrning sinov vaqtida olingan qiymatni ularning haqiqiy qiymatiga yaqinligini belgilovchi kattalik.
    Natijaning ishonchliligi – parametrlarning me‘yoriy hujjat talablariga mosligini aniqlashdagi xatolik ehtimolligi.
    Natijani qayta hosil boʻluvchanligi – obyektni qayta sinash natijalarni bir – biriga yaqinligi.

    Download 4,33 Mb.
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   119




    Download 4,33 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan

    Download 4,33 Mb.