• MAVZU. SINOV JARAYONLARINING ASOSIY TAVSIFLARI Reja: Sinovlar
  • O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan




    Download 4,33 Mb.
    bet77/119
    Sana24.05.2024
    Hajmi4,33 Mb.
    #252328
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   119
    Bog'liq
    MM Mahsulot sifati nazorati-2022

    Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

    1. Sinovlarning qanday turlarini bilasiz?

    2. Davlat sinovi deb nimaga aytiladi?

    3. Oʻlchash vositalarining davlat sinovlari qanday maqsadda amalga oshiriladi?

    4. Oʻlchash vositalarining davlat sinovlarini asosiy vazifalari nimalardan iborat?

    5. Oʻlchash vositalarining davlat sinovlarini amalga oshirishda qanday ishlar bajariladi?


      1. MAVZU. SINOV JARAYONLARINING ASOSIY TAVSIFLARI

    Reja:

        1. Sinovlar birligini ta‟minlashga boʻlgan umumiy talablar.

        2. Sinov natijalarini rasmiylashtirish.

        3. Sinov vositalari va asboblari.

        4. Sinov qurilmalari. Sinov qurilmalarining klassifakatsiyasi.



    Tayanch atamalar va tushunchalar: sinovlar, sinovlarning birligi, sinov natijalari, sinov vositalari.

      1. Sinovlar birligini ta‟minlashga boʻlgan umumiy talablar

    Sinovlarning birligini ta‘minlash - talab qilinadigan aniqlik, takrorlanuvchanlik va (yoki) sinov natijalarining ishonchliligiga erishishga qaratilgan ilmiy-texnik va tashkiliy chora-tadbirlar, usullar va vositalar majmuidir.
    Sinovlarning bir xilligini ta‘minlash mahsulot sifatini boshqarish tizimlarida sinovlardan samarali foydalanish uchun asos boʻlib, quyidagilarga qaratilgan:

    • yetkazib beruvchi va iste‘molchida takroriy sinovlar natijalaridagi nomaqbul tafovutlarni bartaraf etish;

    • ishlab chiqarish, ichki va xalqaro tovar ayirboshlashda, mahsulotlarning milliy va xalqaro sertifikatlashtirilishida yetkazib beruvchi va

    iste‘molchilar tomonidan sinov natijalari oʻzaro tan olinishi uchun shart- sharoitlar yaratish;

    • takroriy sinovlar hajmini kamaytirish uchun sharoit yaratish.

    Sinovlar birligini ta‘minlash boʻyicha ishlar vazirlik va idoralar tomonidan
    ―Texnik jihatdan tartibga solish‖ agentligining uslubiy rahbarligi ostida davlat mahsulotlarini sinash boʻyicha bosh tashkilotlar, stadartizatlashtirish va metrologiya xizmati boʻyicha bosh va bazaviy tashkilotlar, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning nazorat-sinov va metrologiya xizmatlari orqali tashkil etiladi.
    Sinovlarning birligini ta‘minlashning texnik asoslarini sertifikatlangan sinov uskunalari va tasdiqlangan oʻlchov vositalari, attestatlash va (yoki) qiyoslash vositalari tashkil etadi.
    Sinovlarning birligini ta'minlashning me'yoriy-uslubiy asoslari quyidagilardan iborat:

    • "Mahsulotlarni davlat sinovlari tizimi"ga oid standartlar;

    • "Oʻlchovlarning bir xilligini ta‘minlashning Davlat tizimi"ga oid standartlar;

    • mahsulotni sinovdan oʻtkazish usullari boʻyicha milliy, tarmoq, tashkilot standartlari va korxona standartlari, shuningdek standartlar va texnik shartlarning mahsulotlar sinovini oʻtkazishga oid boʻlimlari;

    • mahsulotlar sinovining attestatlangan usullari.

    Sinovlarning birligini ta'minlash uchun umumiy talablar:

    1. Mahsulotlarning parametrlari va sifat koʻrsatkichlari boʻyicha joizliklar va ogʻish chegaralari belgilanishi sinov natijalarining talab qilinadigan aniqligi va (yoki) ishonchliligini, ushbu parametrlarning noturgʻunligini va mahsulot sifatining bir jinsli emasligini hisobga olgan holda belgilanishi kerak;

    2. Parametrlarning barqarorligi va xom ashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlarning bir xilligi, shuningdek sinovdan oʻtkaziladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish texnologiyasi belgilangan joizliklarni hisobga olgan holda tashkil etilishi kerak.

    3. Mahsulot sinovlari dasturlar va attestatlangan sinov usullari orqali attestatlangan sinov uskunalarida va qiyoslovdan oʻtgan oʻlchash vositalaridan foydalangan holda attestatlangan sinov boʻlimlarida oʻtkazilishi kerak.

    4. Sinov usullarida belgilangan sinov vositalarining aniqlik koʻrsatkichlari va me‘yorlari, sinov shartlarini bajarilishi, sinov ma‘lumotlarini qayta ishlash usullari, sinov natijalarini taqdim etish shakllari, sinov paytidagi nazorat rejalari,

    nazorat me‘yorlarilari va hal qiluvchi qoidalar birxillashtirilgan boʻlishi va belgilangan talablarga javob berishi kerak.

    1. Mahsulotni sinovdan oʻtkazishning attestatlangan usuli talab qilinadigan aniqlik xususiyatlariga ega boʻlgan sinov natijalarini olishni kafolatlashi kerak.

    2. Attestatlangan sinov uskunalari zaruriy sharoitlarda me‘yorlangan aniqlik bilan sinovlarni bajarilishini ta‘minlashi kerak.





      1. Download 4,33 Mb.
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   119




    Download 4,33 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan

    Download 4,33 Mb.