O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan




Download 4,33 Mb.
bet74/119
Sana24.05.2024
Hajmi4,33 Mb.
#252328
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   119
Bog'liq
MM Mahsulot sifati nazorati-2022

Tabiiy sinovlar. Tabiiy sinovlar toʻgʻridan-toʻgʻri ishlab chiqarilgan mahsulotlar ustida amalga oshiriladi, ya‘ni mahsulot modellari yoki uning tarkibiy qismlaridan foydalanmasdan amalga oshiriladi. Sinovlar, albatta, mahsulotdan maqsadli foydalanishdagi shart-sharoitlar va mahsulotlarga ta‘sir
etuvchi turli ta‘sirlar hosil qilingan maxsus sharoitlarda amalga oshiriladi. Tabiiy sinovlar paytida aniqlanadigan xususiyatlar sinov obyekti va uning tarkibiy qismlarining fizik tuzilishini aks ettiruvchi analitik bogʻliqlikdan foydalanmasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri oʻlchanadi.
Modullarni qoʻllagan holdagi sinovlar. Ushbu sinovlar sinov obyektining matematik yoki fizik-matematik modellari ustida amalga oshiriladi va hisob-kitob ishlarini oʻz ichiga oladi.
Bunday sinovlarni oʻtkazish uchun tabiiy sinovlar natijalarining ma‘lumotlari talab etiladi, bunda toʻgʻri ishlashini tekshirish, tarkibiy qismlarni ulash, obyektning bajarishi lozim boʻlgan vazifalarni bajarish qobiliyati oʻrganiladi.
Ekspluatatsion sinovlar. Ushbu sinovlar mahsulotning tabiiy ekspluatatsiya sharoitida oʻtkaziladigan sinovlar boʻlib, ularning borishi va natijalari maxsus tayyorlangan xodimlar tomonidan shu maqsadda ishlab chiqilgan, ma‘lumotlarni toʻplash, hisobga olish va dastlabki ishlov berish uchun moʻljallangan rahbariy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Tekshirish sinovlari. Mexanik sinovlar, iqlim sinovlari, issiqlik sinovlari, radiatsiya sinovlari, elektromagnit sinovlar, elektr sinovlari, magnit sinovlar, kimyoviy sinovlar, biologik sinovlar mahsulotlarning ishlashini tekshirish va tashqi koʻrinishini belgilangan me‘yoriy-texnik hujjatlar doirasida yoki ushbu omillar ta‘siridan keyin oʻz holatini saqlashini oʻrganish uchun oʻtkaziladi.
Orgonoleptik sinovlar. Ushbu sinovlar insonning sezgi organlari tomonidan idrok etishga asoslangan, masalan: koʻrish, eshitish, hid, ta‘m va paypaslash. Sinov natijalari faqat hissiy idroklarni tahlil qilish orqali olinadi, masalan, rang soyalarini baholash, hidni baholash va boshqalar. Ba‘zi hollarda, ushbu sinovlarda oʻlchovsiz boshqaruv elementlari ishlatilishi mumkin, ammo sezgilarning aniqligi yoki sezgi organlarini rivojlantiradi.
Дала (poligon) синовлари. Poligon sinovlari sinovdan oʻtgan obyektning ish sharoitlariga yaqin sharoitlarda obyektni sinovdan oʻtkazishni ta‘minlash uchun sinov obyekti va sinov inshootlari bilan jihozlangan hududda oʻtkaziladi. Poligon sinovlari mahsulotning ishlashi va xavfsizligini tekshirish maqsadida oʻtkaziladi.
Davriy sinovlar. Bunday sinovlar muomalaga chiqarilgan mahsulotlar uchun nazorat sinovidir. Normativ-texnik hujjatlarga muvofiq ma‘lum tanlangan hajm birliklarida va ma‘lum bir vaqt oraligʻida oʻtkaziladi. Davriy sinovlarning maqsadi mahsulot sifatining barqarorligini va uni muomalaga chiqarishni davom ettirish imkoniyatini nazorat qilishdir.
Inspeksion sinovlar. Ushbu sinovlar mahsulotni sertifikatlash doirasida oʻtkaziladi. Tekshirish sinovlarining maqsadi mahsulot sifatining barqarorligini nazorat qilishdir. Tekshirish sinovlari sertifikatlashtirish organiga yuborilgan arizaga asosan akkreditatsiyalangan laboratoriyada oʻtkaziladi.
Laboratoriya sinovlari. Laboratoriya sinovlari mahsulotlarning kerakli xususiyatlarga muvofiqligini tasdiqlash uchun oʻtkaziladi. Sinovlar laboratoriya sharoitida oʻtkaziladi. U koʻpincha oziq-ovqat mahsulotlari, yengil sanoat va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari uchun, shuningdek mahsulotni sertifikatlash yoki deklaratsiya qilish paytida muvofiqlikni baholash doirasida qoʻllaniladi.
Tezlashtirilgan va qisqartirilgan sinovlar. Ushbu sinov usullari sinov namunasining xususiyatlari toʻgʻrisida ma‘lumotni normal sinovlarga qaraganda qisqa vaqt ichida olishni ta‘minlaydi. Masalan, oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddatini aniqlash yoki qurilish materiallarining sovuqqa chidamliligini tekshirish uchun oʻtkaziladigan sinovlar.
Putur yetkazmaydigan sinovlar. Ushbu sinov usulida putur yetkazmaydigan nazorat usullaridan foydalangan holda sinovlar amalga oshiriladi. Bu turdagi sinovlar mahsulot sifatini unga putur yetkazmasdan nazorat qilishni, ayniqsa payvand choklarini va boshqalarni tekshirish uchun zarur.
Chidamlilikka sinovlar. Ushbu sinov usuli ortiqcha bosim ostida ishlaydigan uskunalar uchun zarurdir. Sinovlar sinov obyekti xususiyatlarining qiymatlari belgilangan chegaralardan tashqariga chiqishiga yoki uning yoʻq qilinishiga olib keladigan ta‘sir etuvchi omillarning qiymatlarini aniqlash uchun oʻtkaziladi.
Barqarorlikka sinovlar. Barqarorlik sinovlari mahsulotning oʻz funktsiyalarini bajarish qobiliyatini tekshirish va unga ma‘lum omillar ta‘siri qilganda parametr qiymatlarini belgilangan me'yorlar doirasida saqlash xususiyatini aniqlashga qaratilgandir.
Xavfsizlik sinovlari. Ushbu turdagi sinovlar sinovdan oʻtgan obyektning turli xil xususiyatlarini, lekin birinchi navbatda, iste‘molchilarning salomatligi va hayotini saqlash uchun qonunda belgilangan talablarni oʻz ichiga oladi. Sinov turi majburiy sertifikatlashda qoʻllaniladi, xavfsizlik boʻyicha oʻtkazilgan sinovlar soni sertifikatlashtirish organining sertifikatlangan mutaxassisi tomonidan belgilanadi.
Texnologik sinovlar. Ushbu turdagi sinovlar mahsulotlarni ishlab chiqarishda tekshirish va ishlab chiqarishni baholash uchun zarurdir. Birinchi muomalaga chiqarilishi rejalashtirilgan mahsulotlar uchun ishlatiladi.
Nazorat (zavod) sinovlari. U ishlab chiqaruvchi tomonidan mahsulotlarning tajriba uchun olingan namunalarida ularni qabul qilish sinovlari
uchun taqdim etish imkoniyatini aniqlash uchun ishlatiladi. Zavod sinovlari natijalari ba‘zi muvofiqlikni tasdiqlashda, jumladan, deklaratsiya doirasida xavfsizlik va sifat toʻgʻrisida asos boʻluvchi ma‘lumot (dalil) sifatida ishlatiladi.
Qiyosiy sinovlar. Ushbu sinov usuli iste'molchi (mijoz) tomonidan mahsulot sotib olishni aniqlash uchun ishlatiladi. Qiyosiy sinovlar oʻxshash mahsulotlarning xususiyatlari va xususiyatlarining natijalarini taqqoslash uchun aynan bir xil sharoitlarda oʻtkaziladi.
ГОСТ 16504-81 «Система государственных испытаний продукции. Испытания и контроль качества продукции. Основные термины и определения» ga muvofiq sinovlarning quyidagi turlari mavjud (15.1-jadval):


15.1-jadval
Sinovlarning turlari


Maqsadga koʻra:

tadqiqot, nazorat,qiyoslash, aniqlovchi sinovlari

Sinovni oʻtkazish darajasiga koʻra:

Davlat sinovlari

Mahsulotni ishlab chiqish bosqichlari boʻyicha:

tugatish, dastlabki, qabul qilish sinovlari;

Tayyor mahsulotlar sinovi boʻyicha:

malaka, taqdim etish, qabul-topshiruv, davriy, inspeksion, tipovoy, attestatsion, sertifikatlash sinovlari;

Sinov shart-sharoitlari va joyi boʻyicha:

laboratoriyaviy, stendlar yordamida, dala, modullarni qoʻllagan holdagi, ekspluatatsion sinovlar.

Sinovlarning davomiyligiga koʻra:

Me‘yoriy (normal), tezlashtirilgan,qisqartirilgan sinovlar;

Ta'sir turi boʻyicha:

Mexanik, iqlimiy, termik, radiatsion, elektrik, elektromagnit, magnit, kimyoviy, biologik sinovlar;

Ta'sir natijasiga koʻra:

Putur yetkazmaydigan, putur yetkazuvchi, chidamlilikka, barqarorlikka sinovlar;

Obyektning aniqlan-gan xususiyatlariga koʻra:

Funksional, ishonchlilik sinovlari, xavfsizlik sinovlari, tashish qobiliyati sinovlari chegara sinovlari, texnologik sinovlar.





    1. Download 4,33 Mb.
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   119




Download 4,33 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan

Download 4,33 Mb.