O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan




Download 4,33 Mb.
bet72/119
Sana24.05.2024
Hajmi4,33 Mb.
#252328
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   119
Bog'liq
MM Mahsulot sifati nazorati-2022

14.1-rasm. Plastinaning qalinligi uchun ( ̅ ) nazorat kartasi.

      1. Tanlanma nazorat

Sifat nazorati oʻtkazilayotgan buyumlarni tanlash usuliga koʻra yalpi (yuz foizlik) va tanlanma nazorat farqlanadi.
Katta seriyali va ommaviy ishlab chiqarishda katta partiyadagi (bosh toʻplam) buyumlarni nazorat qilish xarajatlarini qisqartirish uchun partiyalarning faqat bir qismi tanlanma nazoratdan oʻtkaziladi.
Agar tanlanmadagi buyumlarning sifat darajasi oʻrnatilgan talablarga mos kelsa, u holda butun toʻplamni yaroqli deb qabul qilish mumkin. Aks holda toʻplam yaroqsiz deb topiladi.
Bir qator holatlarda butun toʻplamni yaroqsiz deb topishda xatolikka yoʻl qoʻyilishi mumkin, bu birinchi turdagi xato yoki ta‘minotchining tavakkalchiligi hisoblanadi. Buning aksi boʻlgan xato ikkinchi turdagi xato yoki buyurtmachining tavakkalchiligi deb yuritiladi. Har ikkala xato foizda ifodalanadi va savdo bitimlarini tuzishda kelishiladi.
Agar toʻplamdagi nuqsonli buyumlar ulushini q deb belgilasak, u holda:





soni.
bunda: ND va N – mos ravishda nuqsonli buyumlar soni va ularning umumiy


bunda: qn - tanlanmadagi nuqsonli buyumlarning ulushi; Z - yaroqsiz

detallar soni; n - tanlanma hajmi.
Agar bosh toʻplam va tanlanma teng ehtimollik qonuni boʻyicha detallarning taqsimlanishiga ega boʻlganda, u holda tanlanma nazorat sezilarli darajada osonlashar edi, lekin, afsuski, qonuniyatlar bir-biriga mos kelmaydi va umumiy holda:

Bu esa tanlanma nazoratda ikkala turdagi xatolarning sababi hisoblanadi. Agar qn > q boʻlsa, u holda birinchi turdagi xato yuzaga keladi va aksincha.


Turli holatlarda tanlanmada yaroqli va nuqsonli buyumlar uchrab qolishining turli taqsimlanish ehtimolliklariga doir qonunlar namoyon boʻladi. Shuning uchun, nazorat sifatini baholash uchun matematik apparatni toʻg‗ri tanlash lozim. Tanlanma nazoratda asosan tarqalishning binominal, gipergeometrik, Puasson va normal qonunlari qoʻllaniladi.

Bulaming dastlabki uchtasi tasodifiy miqdorlarning tarqalish qonunlari hisoblanadi va seriyadagi har bir sinov faqat ikkita natijaga ega boʻlganda: buyum yaroqli yoki yaroqsiz boʻlganda sifat belgisiga koʻra nazorat qilishda foydalaniladi. Normal qonun miqdoriy belgilar boʻyicha nazorat qilishda qoʻllaniladi [15].



Download 4,33 Mb.
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   119




Download 4,33 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan

Download 4,33 Mb.