• MAVZU. MAHSULOTLARNI SINOVGA TAYYORLASH VA OʻTKAZISH Reja: Mahsulotlarni
  • O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan




    Download 4,33 Mb.
    bet80/119
    Sana24.05.2024
    Hajmi4,33 Mb.
    #252328
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   119
    Bog'liq
    MM Mahsulot sifati nazorati-2022

    16.1-rasm. Sinov vositalari




    16.2-rasm. Sinov uskunalari.
    Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

    1. Sinovlarning birligini ta‘minlash deganda nimani tushunasiz?

    2. Sinovlarning bir xilligini ta‘minlashning asosiy maqsadi nimalarga qaratilgan?

    3. Sinovlarning birligini ta'minlashning me'yoriy-uslubiy asoslari nimalardan iborat?

    4. Sinovlarning birligini ta'minlash uchun umumiy talablar nimalardan iborat?

    5. Sinov bayonnomasini tuzishda nimalarga e‘tibor qaratish lozim?

    6. Sinov uskunalarini qanday guruhlarga ajratish mumkin?

    7. Qoʻllanilish doirasiga va oʻrnatilish usuliga koʻrsa sinov uskunlari qanday turlarga ajratiladi?




      1. MAVZU. MAHSULOTLARNI SINOVGA TAYYORLASH VA OʻTKAZISH

    Reja:

      1. Mahsulotlarni sinash boʻyicha umumiy tushunchalar.

      2. Mahsulotlarni sinovga tayyorlash va oʻtkazish.

      3. Mahsulotni sinash turlarining sinflanishi.



    Tayanch atamalar va tushunchalar: sinov, mahsulot, sinov usuli, sinov obyekti, sinov jarayoni, sinov sharoiti.
    18.1. Mahsulotlarni sinovga tayyorlash va oʻtkazish
    Mahsulot sifati haqida obyektiv ma‘lumot, uning haqiqiy xususiyatlari, ishlash va nosozliklari sabablari haqida obyektiv ma‘lumot olishning asosiy yoʻli uni tajribada tadqiq qilish, sinash va ekspluatasiya natijalaridan foydalanishdir.
    Sinov deb, buyumning xususiyatlarini miqdoriy va (yoki) sifat xarakteristikalarini uni ishlashi, ta‘sir qilishi sifatida tajriba yoʻli bilan aniqlashga aytiladi [GOST 16 504-81].
    Sinov – oʻrnatilgan jarayonga mos holda mahsulot, jarayon yoki xizmatni bir yoki bir necha xarakteristikasini aniqlash yoʻlidagi texnik operatsiyalar majmuidir.
    Ma‘lum sinov vositalarini va prinsiplarini qoʻllash qoidasi – sinov usuli
    deyiladi.
    Sinov obyektlari quyidagidek sinovdan oʻtkaziladi:

        1. Mahsulot (bir butun mahsulot yoki mahsulot qismlari) namunalari - bular tabiiy sinovlar boʻlib, ya‘ni sinov haqiqiy mahsulot ustida amalga oshiriladi. Materiallar, mashina detallari, uzellar, mashinalar va koʻplab asboblardan tashkil topganda toʻliq texnik tizimlar sinov obyekti boʻlishi

    mumkin. Mashina detallari ba‘zi qismlarini sinash koʻp qoʻllaniladigan holat hisoblanadi. Masalan: tishli g‘ildirak tishini edirilishiga sinash.

        1. Sinovlarni maketlarda amalga oshirish. Mahsulotni sinashning soddalashtirilgan koʻrinishi boʻlib xuddi shu materiallarni yoki haqiqiy qiymatga teng yoki oʻxshashlik nazariyasi masshtablariga mos boshqa maxsus materiallarda amalga oshiriladi. Masalan: Aerodinamik quvurda shamol berish uchun samalyot maketlari, basseynda sinash uchun suv osti kemalarning maketlari.

        2. Mahsulotni yoki sinov vaqtida unda boʻladigan jarayonlarni oʻrni bosuvchi (mahsulot jarayonlarda) modellarda sinovni amalga oshirish.

    Mahsulot, jarayon, hodisa matematik model sinov obyekti bilan malum muvofiqlikda boʻlgan va (yoki) mahsulotga ta‘sir etib turuvchi va sinov jarayonida mahsulot oʻrnini bosadigan boshqa obyektlar sinov uchun model boʻlishi mumkin. Masalan, detalni yedirilish jarayonining matematik modeli shu detalni istalgan vaqt momentidagi yedirilganlik qiymatini ma‘lum aniqlikda hisoblash imkonini beradi. Elektr zanjirining kompyuter modeli uni ish rejimini tadqiq qilish imkonini beradi.
    Mexanik tebranishlar generatori obyektga ta‘sir qiluvchi tashqi vibrasiya modellarini loyihalash imkonini beradi.
    Sinovlar obyekti foydalanishda boʻlganida ham oʻtkazilishi mumkin, ekspluatasiya sharoitini sun‘iy hosil qilib ham oʻtkazilishi mumkin, hamda belgilangan ta‘sirlarni amalga oshirib ham bajarilishi mumkin. Sinov natijasida mahsulot xususiyatlari sifatini xarakterlovchi ma‘lumotlarga ega boʻladi. Masalan, koʻzlangan xususiyatlari (aniqlik quvvati, tezkorligi, ta‘sirlarga chidamliligi) yoki loyihaviy xususiyatlari (yuk koʻtara oluvchanligi, harakat tezligi) va boshqa xususiyatlari haqidagi ma‘lumotlar olinadi. Mahsulot sifat koʻrsatkichlari baholanadi va nazorat qilinadi.
    Sinovlarga qoʻyiladigan umumiy talab shuki, sinov natijalarini solishtirish imkoniyati mavjud boʻlishi kerak. Shu shart bajarilgandagina sinov natijalaridan umumiy xarakteristika qonuniyatlarini olish uchun foydalanish mumkin. Shuning uchun sinovlar yagona usuliyat boʻyicha va yagona meyorlarga rioya qilgan holda oʻtkazilishi mumkin.
    Sinov jarayonida sinov obyekti (buyum, mahsulot) ga bir yoki bir necha tashqi ta‘sir (kuch ta‘siri, vibrasiya, issiqlik ta‘siri, radiasiya, hamda kimyoviy ta‘sirlar va boshqalar) ta‘sir ettiriladi. Shu orqali tadqiqodchini qiziqtirayotgan mahsulot sifat koʻrsatkichining parametrini yoki xarakteristikalari va xususiyatlari oʻlchanadi. Mashina va asboblarni uzoq muddatliligi
    (dolgavechnost), shovqinga chidamliligi, karroziya-zanglashga chidamliligi sinovlari; materiallarda esa mustahkamlik, qattiqlik, agresiv muhitlar ta‘siriga chidamlilik, zarbaga qovushqoqlik, yedirilib oʻchib ketishlik, eksperemental sinovlari keng qoʻllaniladi.
    Sinovning qoʻllash turlariga sinovlar ishlab chiqilgan boʻlib, sinov sharoiti, sinov qayd etilishi kerak boʻlgan aparatlar roʻyxati va boshqa zarur malumotlar belgilanib qoʻyilgan.
    Sinovlar uzluksiz va siklli boʻlishi mumkin. Uzluksiz sinovlarda namuna sinov vaqti davomida uzluksiz turg‘un kuchlanish ostida boʻladi va sinov namuna sinov uchun yaroqsiz holga kelguncha davom etadi, chunki, (davriy) sinovlarda namuna davriy ravishda barcha asosiy tur yuklanishlari – harakat, vibrasiya, namlik elektr kuchlanishi ta‘sirida sinovdan oʻtkaziladi. Amalda bu barcha yuklanishlarni birdaniga hosil qilish mumkinligi sababli sinalayotgan buyum turli faktorlar ta‘siriga ketme-ket sinaladi. Shunda ham har bir siklda barcha faktorlar qatnashadi.

    Download 4,33 Mb.
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   119




    Download 4,33 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan

    Download 4,33 Mb.