• Tuman ta‟sirida sinash
  • O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan




    Download 4,33 Mb.
    bet88/119
    Sana24.05.2024
    Hajmi4,33 Mb.
    #252328
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   119
    Bog'liq
    MM Mahsulot sifati nazorati-2022

    Reja:

      1. Tuman ta‟sirida sinash.

      2. Atmosfera bosimi ta‟siriga sinash.

      3. Namga chidamlilik sinovlari.

    19.3. Mogʻorlashga chidamliligiga, changga chidamliliga, changdan himoyalanganligiga sinash.


    Tayanch atamalar va tushunchalar: tuman ta‘sirida sinash, barokamera, namga chidamlilik, davriy rejimdagi sinovlar, uzluksiz rejimdagi sinovlar, zamburug‘ga chidamlilik sinovlari.



      1. Tuman ta‟sirida sinash

    Dengiz (shoʻr) tuman ta‘siri sinovini oʻtkazishning maqsadi mahsulotning korrozion chidamliligini aniqlashdan iborat. Sinaladigan mahsulotlarni mahsus kameraga joylashtirishadi. Bu kamerada +27 ± 3 C harorat belgilanadi va dengiz tumani effektini beruvchi ma‘lum bir tarkibli shoʻr eritma sepiladi. Eritmani sepish butun sinov mobaynida har 45 daqiqada 15 daqiqadan (2, 7 yoki 10 sutka) amalga oshiriladi. Sinov jarayonida shoʻrli eritmaning tomchilari mahsulotga tegmasligini ta‘minlab berishadi. Sinov muddati tugagach mahsulotlarni kameradan olib chiqishadi va koʻrib chiqishgach 6-12 soat mobaynida normal sharoitlarda ushlab turishadi va ishga yaroqliligini tekshirib koʻrishadi.
    Dengiz (shoʻr) tumani kamerasi 100% nisbiy namlikda +25 dan +60 C gacha haroratni ta‘minlab berish imkonini berish kerak. Bundan tashqari kamera shoʻrli eritmani va havo haroratini sutka mobaynida davriy kiritib turish imkonini beruvchi avtomatik dasturlashtirilgan uskunaga ega boʻlishi kerak.
    Kamerada sepiladigan tuzlar eritmasi distilyatsiya qilingan suvda quyidagi retsept boʻyicha tayyorlashadi:

    • xlorli natriy 27 g/l;

    • xlorli magniy 6 g/l;

    • xlorli kaliy 1 g/l;

    • xlorli kalsiy 1 g/l.

    Eritmani sepishni purkagich yoki aerozol apparatining sentrafugasi bilan amalga oshirishadi. Kamerada olinadigan tumanning asosiy koʻrsatkichlari sifatida disperlik va suvlik xizmat qiladi. Odatiy tumanning suvliligi 2-3 g/m3, disperligi esa – 1  5 mkm gacha boʻlgan 90% tomchini tashkil qiladi.


      1. Download 4,33 Mb.
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   119




    Download 4,33 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan

    Download 4,33 Mb.