O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan




Download 4,33 Mb.
bet91/119
Sana24.05.2024
Hajmi4,33 Mb.
#252328
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   119
Bog'liq
MM Mahsulot sifati nazorati-2022

19.3. Mogʻorlashga chidamliligiga, changga chidamliliga, changdan himoyalanganligiga sinash
Zamburug’ga chidamlilik sinovlari. Bunday sinovlarning maqsadi bu nam muhitda rivojlangan buzuvchi xususiyatga ega zamburug‘larning rivojlanish qobiliyatini oldini olish va mahsulot parametrlarini mustahkamligini aniqlash. Sinovdan oldin mahsulotlarni kamerada +60 ± 2 C haroratda maxsus haroratli ishlov berishdan oʻtkazishadi. Toblash vaqti TU, PI yoki metodikada (2-6 soat) belgilangan boʻladi. Kameradan olib chiqilgan mahsulotlar 1-6 soatgacha normal sharoitlarda ushlab turishadi, undan soʻng mahsulotlarni koʻzdan kechirishadi va berilgan parametrlarini oʻlchashadi. Keyin mahsulotlarni zamburug‘li kameraga joylashtirishadi. U yerda shuningdek, sporalarning yashovchanlik qobiliyatini aniqlashga xizmat qiluvchi ozuqa muhitiga ega Petrining nazorat chashkalari ham oʻrnatilgan boʻladi. Mahsulotlarni va Petri chashkalarini sporali suspenziya solingan purkagichdan purkashadi. Undan soʻng kamerada nisbiy namlikni 95- 98% gacha oshirishadi va 2 soat mobaynida normal haroratda toblashadi. 48
soatdan keyin nazorat chashkalarida zamburug‘larning oʻsishini tekshirishadi. Zamburug‘ni aniqlashgach yana +30 ± 3 C haroratda nisbiy namlik 95-98% ga chiqarishadi va belgilangan rejimda 30 sutka mobaynida toblashadi. Bunda kameradagi yorug‘lik oʻchiriladi va undagi havo aylanishi toʻxtatiladi. Agar metodikada bu koʻrsatilgan boʻlsa, unda (har 1-2 sutkada) mahsulotning parametrlari doimiy ravishda oʻlchanib turiladi. Parametrlarning soʻnggi oʻlchami sinov oxirida olinadi. Keyin mahsulotlarni kameradan olib chiqishadi va koʻzdan kechirishadi.
Zamburug‘lar oʻsishini besh ballik tizimda amalga oshirishadi:

  1. – oʻsish yoʻq,

  2. – juda kam,

  3. – kam,

  4. – oʻrtamiyona,

  5. – zamburug‘lar oʻsish juda katta.

Agar mahsulotlar parametrlari belgilangan standartlardan oʻtmagan boʻlsa, zamburug‘lar oʻsish darajasi 2-balldan oshmagan boʻlsa, metallarning va galvinik qoplamlarida yoriqlar boʻlmasa va boʻyoq qatlamlarida shish va koʻchish boʻlmasa mahsulot sinovdan oʻtgan hisoblanadi. 2 balli baho olganda va boshqa qoniqarli koʻrsatkichlarda yangi namunalarda takroriy sinovlar oʻtkaziladi. Agar koʻrsatkichlar yana 2 balli natija bersa unda mahsulotni zamburug‘ga chidamsiz deb tan olishadi. Sinovlar tugagach mahsulotlarni dezifeksiyalashadi yoki yoʻq qilishadi.
Sinovlar uchun oʻnta zamburug‘ning asosidan tayyorlangan suvli suspenziyadan foydalanishadi va ular quyidagi rangda boʻladi:
Qora, yorqin sariq, yashil, oqdan binafsha va qoʻng‘irgacha, kulrang sifat qora, koʻkimtir sariq, yashil, qora, kulrang va sariqsimon qoʻng‘ir. Mog‘or zamburug‘ining soni yettitadan kam boʻlmasligi kerak. Sinov ostidagi mahsulotlarni zamburug‘ bilan zamburug‘ sporali aralashtirilgan suvli suspenziyani purkash orqali zararlantirishadi. Suspenziya uni tayyorlashgandan soʻng 2-4 soat mobaynida ishlatilishi mumkin.
Zamburug‘ga chidamlilik sinovlari uchun zamburug‘ yasovchi КВТ/Г-1М rusumli maxsus kameralardan foydalanishadi. Kameraning tashqi koʻrinishi 20.1. rasmida koʻrsatilgan. Aynan sinovchi kamera 1 shkafning tepa qismining oʻng tomonida joylashgan. Kamera ostida markazdan qochiradigan ikkita ventilyator, isitgich va namlikni me‘yorda saqlagich joylashtirilgan.
Kamera eshigining chap tomonida signalizasiya va boshqaruv paneli 2 joylashtirilgan. Sinov kamerasi ikki qatlamli devorlarga ega. Bu devorlar orasida
isitiladigan havo aylanadi va havo koʻylagini yasaydi (isitish tizimini tumbler 8 bilan qoʻshishadi).
Zamburug‘lar rivojlanishi uchun zarur boʻlgan toza havo oqimi kamera eshigining pastki qismida kichik tirqish 10 bor, tepa qismida – chiquvchi haoni zararsizlantirish uchun xizmat qiluvchi ikkita harorat filtri 4 joylashtirilgan. Oldingi 3 panelda kabellar uchun joy qoldirilgan.
Issiqlik va namlikni regulirovka qilish va avtomatik rejimni saqlash uchun 5 (―quruq‖) va 6 (― hoʻl ‖) termometrlaridan foydalanishadi.
Kamera shiftida havoni aralashtiradigan oʻq ventilyatori 7 oʻrnatilgan. Kameradagi namlik yopiq usul bilan amalga oshiriladi, ya‘ni namlantirgichda havoni namlantirish. Yopiq tizimda havo aylanishini qochirma ventilyator ta‘minlab beradi. Haroratli rejim kamera koʻylagida ikkinchi qochirma ventilyator yordamidagi havo aylanishi bilan ta‘minlanadi.
Koʻylak ichidagi havo haroratini kontakt termometri 9 nazorat qiladi.

Download 4,33 Mb.
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   119




Download 4,33 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan

Download 4,33 Mb.