• MAVZU. MEXANIK VA ELEKTRIK SINOVLAR OʻTKAZISH Reja: Mexanik sinovlar.
  • Mexanik sinovlar. Mexanik sinovlarni tashkillashtirish
  • O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan




    Download 4,33 Mb.
    bet93/119
    Sana24.05.2024
    Hajmi4,33 Mb.
    #252328
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   119
    Bog'liq
    MM Mahsulot sifati nazorati-2022

    Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

    1. Tuman ta‘sirida sinashlar qanday maqsadda va qanday sharoitlarda amalga oshiriladi?

    2. Atmosfera bosimi ta‘siri sinovlari nima maqsadda amalga oshiriladi?

    3. Namga chidamlilik sinovlari va ularni amalga oshirish jarayoni haqida tushuncha bering.

    4. Zamburug‘ga chidamlilik sinovlarining maqsadi nimadan iborat?

    5. Qanday holatda mahsulot zamburug‘ga chidamlilik sinovlaridan oʻtgan hisoblanadi?

    6. Changga chidamlilik va changdan himoyalanganlik sinovlari nima maqsadda amalga oshiriladi?


    1. MAVZU. MEXANIK VA ELEKTRIK SINOVLAR OʻTKAZISH

    Reja:

      1. Mexanik sinovlar. Mexanik sinovlarni tashkillashtirish.

      2. Mexanik sinovlar uchun qurilmalar, mexanik sinovlar oʻtkazish metodikasi.

      3. Ishonchlilikka sinash va elektrik sinovlarini tashkillashtirish.

      4. Sinash qurilmalari va ularning sinflanishi.



    Tayanch atamalar va tushunchalar: mexanik sinov, vibratsion ta‘sir, zarbali ta‘sir, vibrostend,



      1. Mexanik sinovlar. Mexanik sinovlarni tashkillashtirish

    Mexanik sinovlarning maqsadi radiodetallarning va radiokomponentlarning oʻzlarini vazifalarini bajarish qobiliyatini tekshirish va
    mexanik omillar ta‘siri vaqtida oʻzlarining elektrik parametrlarini saqlab qolishlarini va ularning vayron qiluvchi ta‘siriga qarshi turishlarini tekshirishdir. Mexanik sinovlarning programmasi va metodikasi shunday ishlab chiqiladiki, sinov vaqtida mahsulot ishlatilishining eng og‘ir sharoitlari tanlanadi. Amaliyotda, bu sharoitlarni suniy tashkillashtirish murakkabligi hisobiga odatda alohida sinovlar oʻtkaziladi, ya‘ni ma‘lum bir mexanik omillarning ta‘siri ketma ketlikda olib boriladi.
    Odatiy mexanik sinovlar turiga vibro chidamlilik, vibrasiyaga mustahkamlik, chiziqli nagruzkalar va akustik shovqinlarning ta‘siri, radiodetallarga va radiokomponentlarga choʻzuvchi kuch, aylantirish vaqti, qayirish va burash ta‘siri kabi sinovlar kiradi. Sinovlar turi roʻyhatini oʻz tarkibiga 101-113 metodlarini oluvchi GOST 16962-71 belgilaydi. Har bir metod bir nechta turga ega boʻlishi mumkin. Masalan, 103 metod (―Vibratsiyaga chidamlilik sinovi‖) umumiy olganda oʻn xil turlanishga ega. Standartda har bir metodning maqsadi ham belgilangan. Sinov rejimlarining me‘yorlarini MH aniqlaydi.
    GOST 16962-71 bitta mexanik faktor (omil) ta‘sirining bir nechta qattiqlik darajasini belgilaydi.
    Mexanik sinovlarni normal iqlimiy sharoitlarda oʻtkazishadi. Sinov ostidagi mahsulotlarning mustahkamlanishi ishonchli va qulay boʻlishi kerak. Mahsulotni sinov stendi platformasiga mustahkamligini ta‘minlovchi uskunalar (masalan, platalar, tirgaklar, xomutlar) qattiq boʻlishlari kerak.
    Mexanik sinovlar paytidagi rejimlar parametri MHda koʻrsatilgan nazorat nuqtalarida aniqlanadi. Vibratsion va zarbali ta‘sirlar sinovi vaqtida nazorat nuqtasini mahsulotni mustahkamlovchi nuqtalarni birining yonida stend platformasida (agar mahsulotni albatta platformada mustahkamlashgan boʻlishsa), mustahkamlash uskunasida yoki amortizatorni mustahkamlash nuqtasi oldida (agar mahsulotni oʻzining amortizatorida mustahkamlashsa) tanlashadi. Chiziqli nagruzkalar sinovida nazorat nuqtasini mahsulot og‘irligi markazida tanlashadi.
    Mazkur mahsulot turi uchun oʻratilgan kompleks mexanik sinovlar oʻtkazishni tezlashtirish uchun ba‘zi turdagi sinovlarni birga olib borish mumkin. Masalan, rezonans chastotalarni aniqlash sinovini vibrasiyaga chidamlilik va vibromustahkamlilik sinovlari bilan birga olib borish mumkin. Shuningdek, zarbaga chidamlilik va zarba mustahkamliligi sinovlarini ham birga olib borishadi.
    Monolit konstruksiyaga ega va mexanik nagruzkalar ta‘sirida oʻz parametrlarini oʻzgartirmaydigan mahsulotlarni (doimiy rezistorlar va kondensatorlar, transformatorlar, drossellar, modullar va mikromodullar, izolyasiya qilingan simlar va kabellar va boshqalar) vibrasion va zarbaga chidamlilikka, akustik shovqin ta‘siriga sinashmaydi.
    Har bir sinov oldidan va sinovdan keyin, kerakli holatlarda esa sinov jarayonida ham mahsulotlarni tashqi koʻrinishini koʻrikdan oʻtkazishadi va parametrlarini oʻlchashadi. Belgilangan rejimda vaqtni sanash agar MHda boshqa koʻrsatmalar boʻlmasa, sinov rejimidagi parametrlarga erishilgandan soʻng boshlanadi.
    Mexanik sinovlarni oʻtkazish uchun turli xil mexanik ta‘sirlarni sun‘iy amalga oshirish imkonini beruvchi, shuningdek, ularni parametrlarini oʻlchash imkonini beruvchi maxsus moslamalar ishlatiladi. Vibratsiya yaratish uchun vibratsion stendlar ishlatiladi (vibrostendlar), zarbalar yaratish uchun – zarba stendlari, tezlikni esa odatda sentrifuga yordamida yaratishadi.




      1. Download 4,33 Mb.
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   119




    Download 4,33 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan

    Download 4,33 Mb.