O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan




Download 4,33 Mb.
bet92/119
Sana24.05.2024
Hajmi4,33 Mb.
#252328
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   119
Bog'liq
MM Mahsulot sifati nazorati-2022

Changga chidamlilik va changdan himoyalanganlik sinovlari. Changning yuqori konsentratsiyasi mavjud muhitda ishlatishga moʻljallangan mahsulotlarni changdan himoyalanganlikka sinashadi, changdan maxsus himoyaga ega boʻlmagan mahsulotlarni changga chidamlilikka sinashadi. Sinovlar quyidagicha oʻtkaziladi. Mahsulotlar tashqi tomondan koʻzdan kechirilgandan soʻng va parametrlari oʻlchovlarini olgandan soʻng mahsulotlarni kameraga joylashtirishadi. U yerda changli aralashma bilan mahsulotlarni changlantirishadi. Bu aralashma tarkibi quyidagicha: 60 – 70 % qum, 15 – 20 % boʻr va 15 – 20 % kaolin. Chang aralashmasining zarralari kattaligi 50 mkm dan kattaroq boʻlmasligi kerak. Aralashma miqdori kamera sig‘imining 0,1 % ini tashkil qiladi. Mahsulotlarni changlantiruvchi havo aylanish tezligi kamerada 0,5 - 1 m/s ga teng. Chang aralashmasi tarkibiga flyuoressensiya qiluvchi kukun qoʻshishadi (rux sulfidi).
Belgilangan chang ta‘siri davomiyligi tugagach, mahsulotlarni kameradan olib chiqmasdan ularning parametrlarini oʻlchashadiva undan soʻng mahsulotlarni kameradan olib chiqishadi va yuzalaridan changni artib tashqi qoplamlarga katta etibor qaratgan holda koʻzdan kechirishadi. Bundan soʻng mahsulotlarni qorong‘u xonaga olib kirib, ularning tashqi qoplamlariga changning singish darajasini ultrabinafsha nurlarda tekshirishadi. Sinov natijalari haqida mahsulotlar MH talablarini qondirganlik darajasiga qarab aytishadi. Changga chidamlilik sinovlari ish haroratida olib boriladi.
Changning ta‘siri sinovlarida КПЗ (changdan himoyalanganlik sinovlari uchun), КПУ (changga chidamlilik sinovlari uchun) va КП-ЗУ (kombinasiya
qilingan sinovlar uchun) kameralaridan foydalanishadi. КП-ЗУ- 0,5 kamerasi poʻlatdan qilingan toʻg‘riburchakli karkasni 1 tashkil qiladi. Kamera ichida yopiq havo oʻtkazgich 4 oʻrnatilgan. Aynan sinov kamerasi sifatida truba oʻtkazgich 7 ning oʻrta tepa qismi xizmat qiladi. U ventilyator 2 bilan zich materialdan qilingan flansning oʻng tomoni bilan qoʻshilgan. Ventilyator elektrodvigatel 9 va unga qoʻshib klinoremenli oʻtkazgichni aylantiradi. Sinov kamerasi chap flans bilan bir tekisdagi havo oqimini yaratuvchi yoʻnaltiruvchi 6 shit joylashgan seksiyani birlashtirilgan. Havo oʻtkazgichning pastki qismida qopqoq 3 havo oqimini reguliroka qilish uchun oʻrnatilgan.



Download 4,33 Mb.
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   119




Download 4,33 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan

Download 4,33 Mb.