Elektrodinamik vibrostendlar




Download 4,33 Mb.
bet95/119
Sana24.05.2024
Hajmi4,33 Mb.
#252328
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   119
Bog'liq
MM Mahsulot sifati nazorati-2022

Elektrodinamik vibrostendlar chastotalarning keng diapazonida tbranishlar olishni ta‘minlab beradi (oʻndan minglab gersgacha). Vibrostendning konstruktiv sxemasi 21.3. rasmida koʻrsatilgan. Vibrostend tarkibida magnitning quyilish joyida prujinalar 4 bilan mustahkamlangan 3 stol bilan mahkam birlashtirilgan havo teshgiga harakatlanuvchi katushka 2 oʻrnatilagan domiy magnit 1 bor. Katushka oqali domiy magnit bilan magnit maydoni oʻzaro ta‘sir oʻtkazadigan oʻzgaruvchan tokni oʻtkazadi. Tokning sinusoid oʻzgarishi mahsulot qoʻyilgan stolining sinusoidli tebranishlariga olib keladi. Stendning kamchiligi – elektroenergiyani koʻp sarflashi, afzallik tomoni esa – tebranishlarning katta chastotasiga erishish mumkin (10000 Gs gacha).
Elektrodinamik stendlar ancha tejamli hisoblanadi. Ularda regulirovka qilish mumkin boʻlgan prujinalari bor. Bu prujinalarda oʻzining chastotasini
harakatdagi katushkani ta‘minlaydigan oʻzgaruvchan tok chastotasiga sozlaganda tebranishlar amplitudasi xuddi shu oʻzgaruvchan tok sarflanganda ham bir necha baravarga oshadi. Bunday stendning ishlash prinsipi 15.4 rasmda berilgan vibrostend ishlash prinsipiga juda oʻxshash.
Zarbali nagruzkalar sinovi uchun asbob-uskunalar. Zarbali nagruzkalar sinovini elektrodinamik va mexanik stendlarda olib borishadi. Konstruksiyasiga koʻra mexanik stendlar juda oson. Bunday stendlarning ishlash prinsipi erkin tushayotgan stolning elastik sandonga zarbasi chog‘ida vertikal yoʻnalishdagi zarba tezligini oshirishga asoslangan.

    1. rasmida zarbaga chidamlilik va zarbaga mustahkamlilik sinovlari uchun moʻljallangan mexanik zarbali stendning konstruktiv sxemasi berilgan. Stol 1 sinov ostidagi mahsulotlar bilan doimiy ravishda ekssentrik 2 bilan tepaga koʻtariladi va amortizator 3 ga tushib ketadi. Ekssentrik burchakli tezlik bilan dvigatel 4 yordamida aylanadi. Stol 6 tagliklar tirqishida joyini oʻzgartiradigan va stolga vertikal yoʻnalishda harakatlanish imkonini beruvchi yoʻnaltirish shtoklariga 5 oʻrnatilagan. Zarba chog‘idagi me‘yordan oshish koeffisiyenti erkin tushish balandligi va amortizatorning elastik xususiyatlariga bog‘liq boʻladi.

Turli shakllarning tezlanish impulslari gidravlik va mexanik tormoz berish vositalarini ishlatish hisobiga, shuningdek, rezinadan, fetradan, qoʻrg‘oshindan, prujinadan qilingan elastik elementlar hisobiga olish mumkin. Zarba ta‘sirlarining parametrlari stolda oʻrnatilgan tenzometrik akselemetr yordamida oʻlchanadi.

Download 4,33 Mb.
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   119




Download 4,33 Mb.