• Mexanik sinovlar oʻtkazish metodikasi Vibratsion nagruzkalar sinovlari.
  • Zarba parametrlarini oʻlchash




    Download 4,33 Mb.
    bet98/119
    Sana24.05.2024
    Hajmi4,33 Mb.
    #252328
    1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   119
    Bog'liq
    MM Mahsulot sifati nazorati-2022

    Zarba parametrlarini oʻlchash. Zarba parametrlarini oʻlchayotganda tezlanish, davomiylik, zarbali impuls shakli va zarbali tezlanishining koʻpayish vaqti roʻyxatga olinadi. 21.9 rasmida oʻlchash uskunasining tuzulish sxemasi keltirilgan. Tezlanishni elektrik signalga aylantirish uchun pyezoelektrik oʻzgartiruvchi PO‘ – pyezoelektrik akselerometrni ishlatishadi.
    Elektrik signal elektron ossillograf EO tomonidan roʻyxatga olinadi. PUning chiqish qarshiligi bilan EOning chiqish qarshiligini moslashtirish uchun
    moslashtiruvchi kuchaytirgich MKni ishlatishadi (masalan, katodli takrorlovchi). Filtr F MKning shovqinlari darajasini pasaytirish uchun xizmat qiladi.
    Tezlanishni kattaligini, davomiyligini va zarbali impuls tezlanish oshish vaqtini aniqlash PO‘ oʻzgartirgich koeffisiyentini hisobga olgan zarbali impuls ossillogrammasi boʻyicha amalga oshiriladi. Zarbal impuls shaklini kalka yoki fotoqog‘ozga MHda belgilangan metodika boʻyicha ossillograf ekranidan tushirib olingan impuls shakli bilan taqqoslash orqali topishadi.



      1. Mexanik sinovlar oʻtkazish metodikasi

    Vibratsion nagruzkalar sinovlari. Mahsulotlarni vibratsion nagruzkalarga sinash – bu mexanik sinovlarning eng keng foydalaniladigan turlaridan biridir. O‘zining amortizatorlariga ega mahsulotning rezonans chastotalarini aniqlashda qattiq oʻrnatilgan amotizatorsiz sinovlar qoʻllaniladi. Sinovni mahsulotga nisbatan oʻzaro perpendikulyar boʻlgan uch yoʻnalishning (agar MHda boshqasi koʻrsatilmagan boʻlsa) har birida vibratsion ta‘sirlar sinovi oʻtkaziladi. Rezonans chastotalarini aniqlash boʻyicha sinovlarni elektrodinamik stendlarda oʻtkazish tavsiya etiladi, chunki ular kichik nochiziq zararlarda mahsulotni keng chastotalar diapazonida tekshirish imkonini ta‘minlab beradi.
    Rezonans chastotalarini qidirishda va vibrasion chidamlilikka sinash doimiy amplituda va tezlanishda vibrostendning vibrasiya chastotalarini oʻzgartirish orqali amalga oshiriladi. Bunda chastotani oʻzgartirish tezligi shunday boʻlishi kerakki, sinov ostidagi mahsulotning kerakli parametrlarini roʻyhatga olish va tekshirish, shuningdek, rezonanslarni aniqlash va roʻyhatga olish imkonini ta‘minlab berishi kerak. Rezonanschastotalarni yoki parametrlar yomonlashgan chastotalarni aniqlashganda mahsulot qoʻshimcha ravishda shu chastotalarda vibrasiyada ushlab turishadi.
    Vibratsiyaga chidamlilik sinovlari vibratsiya chastotasini butun diapazonda oʻzgartirish, ya‘ni pastki belgidan tepagacha va teskari: tebranayotgan chastota metodi bilan; roʻyhatga olingan chastotalar metodi yoki kombinasiya qilingan metod orqali. Tebranayotgan chastota metodidan foydalanilayotgan sinovda vibratsiya chastotasini mahsulotning rezonans chastotalarini oʻz tarkibiga oluvchi ma‘lum bir diapazonda oʻzgartirishadi. Roʻyhatga olingan chastotalar metodida ma‘lum bir vibrostend vibrasiya chastotasini oʻrnatishadi va shu chastotada MHda belgilangan barcha nazorat oʻlchov ishlarini olib borishadi. Sinovlarni bir yoki bir nechta chastotada, shuningdek, mahsulotning rezonans chastotalarida olib borishadi.

    Download 4,33 Mb.
    1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   119




    Download 4,33 Mb.