Rezonans chastotalarni aniqlash




Download 4,33 Mb.
bet97/119
Sana24.05.2024
Hajmi4,33 Mb.
#252328
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   119
Bog'liq
MM Mahsulot sifati nazorati-2022

Rezonans chastotalarni aniqlash. Amaliyotda rezonans chastotalarni aniqlash uchun bir nechta metodlarni ishlatishadi: pyezoelektrik, elektrik, sig‘imli.
Pyezoelektrik metodda sinovdagi mahsulotlarning rezonans chastotalari mahsulot 1ga germozamazka bilan mahkamlangan kichik pyezodatchik 2 signali boʻyicha aniqlanadi. Kichik pyezodatchik oʻzining tuzilishiga koʻra STS-19 keramikasidan tashkil topgan pyezoelementga oʻxshaydi. Shakliga koʻra u qoplamlari kumush bilan qoplangan diskka oʻxshaydi. Uning oʻlchamlari: diametri 10mm gacha, qalinligi 0.3-1 mm va og‘irligi 2-500 mg. Bunday pyezodatchiklarning ta‘sirchanligi 0.05-1 mV/$\ ga teng, oʻzlarining tebranish chastotasi esa 100 kGs dan oshadi. Kumushlangan yuzalarga yengil qalaylash bilan 0.13 mm diametrli PLShO simlaridan chiqimlar qalaylangan. Ular yordamida katodli takrorlovchi 3 orqali pyezodatchik 2dan kelayotgan signal lampali voltmetr 4 va ossillograf 5ga yetkaziladi. Ossillografning boshqa tomondan kirish qismiga va lampali voltmetr 6ga katodli takrorlovchi 7 orqali vibrostend 9 stoliga germozamazka bilan qotirilgan nazorat pyezodatchik 8dan signal yetkaziladi.
Nazorat va kichik pyezodatchigi signallarini qoʻshish natijasida ossillograf ekranida ellipsis paydo boʻladi. Vibrostend tebranishlari chastotasini oʻzgartirganda va sinovdagi mahsulotning rezonans chastotalarida tezlanishni doimiy ravishda ushlab turganda, kichik pyezodatchikda quvvatning oshishi va ossillograf ekranida ellipsisni 90o ga aylanishini kuzatish mumkin. Navodkalardan qochish maqsadida ekranlashgan birlashtiruvchi simlar ishlatiladi. Ekranlar simlarini yerga ulangan boʻladi.
Sig‘imli metod orqali rezonans chastotalarini aniqlashda sig‘imli datchikdan kelayotgan signalni kuchaytirishdan foydalanishadi. Bu yerda rezonans siljishsiz oʻrnatilgan namuna va vibrasiya qilinayotgan sinov ostidagi namuna oʻrtasidagi sig‘imni oʻzgartirish natijasida amalga oshiriladi.
Mahsulotlarni rezonans chastotalarini elektrik metodi orqali aniqlash elektrik datchik yordamida amalga oshirish mumkin.

Download 4,33 Mb.
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   119




Download 4,33 Mb.