• Mexanik vibratsion stendlar.
  • O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan




    Download 4,33 Mb.
    bet94/119
    Sana24.05.2024
    Hajmi4,33 Mb.
    #252328
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   119
    Bog'liq
    MM Mahsulot sifati nazorati-2022

    Mexanik sinovlar uchun kerakli asbob-uskunalar

    Vibratsion yuklamalar sinovi uchun kerakli asbob-uskunalar. Vibratsion yuklamalar sinovi vibrostendlarda olib borishadi. Ular quyidagi koʻrsatkichlari bilan farqlanadi: vibratsiya yartuvchi turi bilan (chiziqli yoki burchakli), vibratsiya harakati yoʻnalishi bilan (bir komponentli – vertikal yoki gorizontal yoʻnalishdagi toʻg‘ri chiziqli vibratsiya, ikki komponentli – vertikal yoki gorizontal tekislikdagi aylana vibratsiya, uch komponentli), yaratadigan vibratsiya shakliga koʻra (sinusoidli tebranishlar uyg‘unligi, bigarmonik – ikkita sinusoidli tebranishlarning har xil chastotalarda, mahsus dasturga koʻra impulsli). Harakat prinsipiga koʻra vibrostendlarni mexanik, elektrodinamik,
    elektromagnitik, pyezoelektrik va elektrogidravlik turlarga ajratishadi.
    Eng keng tarqalganlari bu mexanik va elektrodinamik stendlaridir. Koʻpchilik vibrouskunalarning mahsulot qoʻyilgan stollari vertikal va gorizontal tekisliklarda uyg‘un tebranishlarini hosil qiladi. Vibrostendlar ularni mahsulotga boʻlgan ta‘sirlarini aniqlovchi prametrlari va yuk koʻtaruvchanligi bilan, ya‘ni mazkur qurilma uchun maksimal mumkin boʻlgan mahsulot og‘irligi koʻtarish xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Mustahkamlikka sinovlari uchun uskunalar transport silkinishlarini oʻxshatib beradi.
    Mexanik vibratsion stendlar. Oddiy mexanik vibrasion stendning ishlash prinsipi quyidagicha: krivoship dvigatel bilan ma‘lum bir burchak tezligi bilan aylanadi. Tortuvchi kuch sharnir tarzda krivoship bilan birlashtirilgan,
    shuningdek, mahsulot bilan birga vertikal tekislikda kiruchi harakatni amalga oshiruvchi stolning yoʻnaltiruvchi sterjeni bilan ham birlashtirilgan. Stol harakatlanish tezligi sinusoid qonunga asosan oʻzgaradi.
    20.1-rasmida VU-15 kabi vibrostendning sxemasi koʻrsatilgan. Qurilmaning tebranish tizimini oʻzaro 4 va 5 prujinalari bilan birlashtirilgan ikki massa tashkil qiladi. Birinchi massaga mahsulot qoʻyilgan stol 1 kiradi, ikkinchi massaga esa – ekssentirovka qoʻzg‘atuvchi uskuna 3 bilan reaktiv massa 2 tashkil qiladi. Ekssentrikning aylanish chog‘ida qochirma kuch massa 2 ni vertikal tekislikda kirish harkatini amalga oshirishga majbur qiladi. Bu harakat stol birga 4 va 5 rpujinalar tizimi orqali oʻtadi. Stolning tebranish chastotasini dvigatel oboroti soni oʻzgarishi bilan regulirovka qilishadi, tebranishlar amplitudasini esa – ruchka 6 yordamida 4 va 5 prujinalarining ish uzunligini oʻzgartirish bilan amalga oshiriladi. Ekssentrik stendlar kam quvvatga ega, biroq vibrasiyaning past chastotalar diapazoniga ega (100 Gs gacha).
    Qochirma vibrostendning bir xil boʻlmagan massalar bilan poʻlat sektorlar koʻrinishidagi sxemasi 20.2-rasmida koʻrsatilgan. Bir xil turmaydigan massalar 1 shesternalar tizimi dvigateli bilan bog‘liq boʻlgan valga oʻrnatilgan boʻladi va bu shesternalar tizimi qarama qarshi tomonga aylanishadi. Qochirma kuchlarni natijalaydigan gorizontal tashkil etuvchilari F1 va F2 oʻzaro bir birlarini yoʻq qilishadi, vertikallari esa – tashkillashadi va vertikal tekislikdagi 3 prujinaga osilgan 2 stolning toʻg‘ri chiziqli sinusoid tebranishni yuzaga keltiradi. Sektorlarning nisbiy holatini oʻzgartirganda qochirma kuchlarning natijalaydigan vertikal tashkil filuvchisi oʻzgaradi, va oʻz navbatida stolning tebranish amplitudasi ham oʻzgaradi. Tebranish chastotasi dvigatel oboroti soniga bog‘liq. Qochirma stendlar 500 Gs diapazoni chastotali sinovlar uchun keng ishlatiladi.

    Download 4,33 Mb.
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   119




    Download 4,33 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan

    Download 4,33 Mb.