O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan




Download 4,33 Mb.
bet90/119
Sana24.05.2024
Hajmi4,33 Mb.
#252328
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   119
Bog'liq
MM Mahsulot sifati nazorati-2022

Namga chidamlilik sinovlari

Namga chidamlilik sinovlari uchun kerak boʻladigan asboblar. Bu sinovlar uchun zarur boʻladigan havoning kerakli namlik darajasi quyidagi usullar bilan olish mumkin: ochiq, havo erkin ochiq yuza bilan uchrashganda; yopiq, ya‘ni havo aylanishi yopiq namlantiruvchi uskuna orqali amalga oshiriladi. Bu usul juda oson, biroq uning amaliyotda ishlatilishi suv va havoning haroratlarini doimiy ravishda har xil ushlab turish kerakligi, shuningdek, psixomerik har xillikda haroratni regulirovka qilish aniqligi bilan cheklanadi. Haroratning yuqori namlikda va yuqori haroratda (40 dan 70 C gacha) 0,5 C dan pasayishi shudring tushishiga olib kelishi mumkin, bu esa oʻz navbatida kamchilik hisoblanadi.
Kamera ichida 3 isitgich joylashtirilgan. 8 suvli vannada joylashtirilgan isitgich suvni isitadi va shu suv kameraning ichidagi havoni namlantiradi. Ventilyator 6 havoning majburiy aylanishini ta‘minlab beradi. Kontakt termometri 7 namlantirgichning havoni avtomatik regulirovka qilish sxemasiga qoʻshilgan. Xuddi shu sxemaga namlantirgichning 4 isitgichi qoʻshilgan. Kamerada haroratni regulirovka qilish tizimi yuqorida koʻrib chiqilganlardan farq qilmaydi, shuning uchun bu sxemada koʻrsatilmagan. Kameradagi namlikni psixometr 5 bilan amalga oshirishadi. Yopiq usul havoning aylanishi namlantirish uskunasi orqali amalga oshirilishi bilan tavsiflanadi, u kamerani namlik tarkibini va atmosferaning haroratini yopiq davriylikda aylanayotgan havo miqdorini oʻzgartirish va uning qizdirish darajasi hisobiga regulirovka qilish imkonini beradi. Namlantirgichda havo yo suv qatlami, yo sepilayotgan suv bilan qoʻshilib namlanadi. Kamerada markaziy nasos 6 namlantirgichning suv qatlami va kameraning ish boʻshlig‘i orqali majburiy havo aylanishini ta‘minlab beradi. Markaziy nasos 6 suv sepilib turadigan 4 uskuna orqali havoning majburiy aylanishini ta‘minlab beradi.
Namga chidamlilik sinovlari. Davomiy, qisqa va tezlashgan shudring tushish va tushmasligi bilan sinovlar farqlanadi. Namlikni uzoq vaqt mobaynida ta‘sir qilishi mahsulotning parametrlarini chidamliligini va mavjud boʻlgan kamchiliklarini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi (korroziyalar, izolyasiyaning shkastlanganligi). Qisqa vaqtli sinovlar mahsulotning ishlab chiqarish materiallari sifatida ishlatiladigan ishlab chiqarish texnologiyalari tufayli yuzaga kelgan kamchiliklarni aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
Davriy sinovlar bevosita atmosfera omillari ta‘sir qiluvchi ochiq havoda ishlatiladigan mahsulotlarga nisbatan, shuningdek, yomg‘ir va quyosh radiasiyasiga duchor boʻlmaydigan, ya‘ni ochiq joylarda, biroq pana boʻlgan joylarda, yopiq transport vositalarida ishlatishga moʻljallangan mahsulotlarga nisbatan qoʻllaniladi. Davriy sinovlar odatda shudring tushishi bilan oʻtkaziladi, ya‘ni namlik kondensasiyasi rejimida oʻtkaziladi.
Uzluksiz sinovlar yopiq joylarda ishlatishga moʻljallangan va doimiy ravishda yomg‘ir va quyosh radiatsiyasidan holi boʻlgan mahsulotlarga nisbatan ishlatiladi. Uzluksiz sinovlarda kameradagi harorat va namlikni butun sinov jarayonida oʻzgarmas holda saqlashadi. Uzluksiz sinovlar odatda shudringning tushisiz oʻtkaziladi. Sinov oʻtkazishning aniq metodikasini mahsulotning nimaga moʻljallanganligi va ularning ishlatish sharoitlariga qarab aniqlanadi, shuningdek, ularning konstruktiv oʻziga xosliklari hisobga olinadi. Masalan, koʻp obmotkali mahsulotlarni (transformatorlar, relelar) davriy rejimda sinash tavsiya etiladi. Umumiy ishlab chiqarish va uy roʻzg‘or ishlarida ishlatishga moʻljallangan elektron texnikalar 93±3 % nisbiy namlik va 25±2 C yoki 83±3 % nisbiy namlik va 25±2 C haroratdagi uzluksiz rejimda sinash tavsiya etiladi. Sinovlar davomiyligi MH larda har bir mahsulot turiga qarab belgilab berilgan boʻladi, biroq u 93% namlikda 48 soatdan va 83% namlikda 96 soatdan oshmasligi kerak. Davriy rejimdagi sinovlar (namlikni kondensasiya qilish rejimi).
Mahsulot-larni namlik kamerasiga joylashtirishadi va doimiy ravishda uzluksiz ketma ket davriyliklar ta‘siriga duchor qilishadi. Davriyliklar miqdori 19.1- jadvalga muvofiq boʻlishi kerak. Har bir davriylik ikki qismdan iborat boʻladi. Davriylikning birinchi qismida mahsulotlar 16 soat davomida mazkur qattiqlik darajasi uchun maksimal mumkin boʻlgan 95+-3% nisbiy namlik ta‘siri ostida boʻlishadi.
19.1. jadval

Sinovlar reglamenti

Qattiqlik darajalari uchun sinovlar




Davomiy

Tezlashgan

Sinov davriyliklari miqdori

4

9

21

42

4

9

18

Davriylikning birinchi qismidagi havo haroratining
yuqori belgisi, C

40±2

40±2

40±3

40±3

55±2

55±2

55±2

Maksimal mumkin boʻlgan harorat sinovlarining vaqti kamerani qoʻshgandan soʻng hisoblay boshlashadi. Harorat va namlikni oshirish mahsulotlarda kondensasiyani ta‘minlab berish uchun ancha tez boʻlishi kerak.


Davriylikning ikkinchi qismida mahsulotlari bor kamerani 8 soat mobaynida nisbiy namlik 94-100 % boʻlib, maksimal mumkin boʻlgan belgidan har qanday qattiqlik uchun haroratni 5 C koʻproqqa tushirib sovutishadi. Sinovlarni bosim ostida yoki elektr bosimisiz oʻtkazishadi. Parametrlarni oʻlchash va boshqa tekshiruvlar oxirgi davriylikda amalga oshiriladi, ya‘ni oxirgi soatda haroratning mumkin boʻlgan belgisida mahsulotlarni namlik kamerasidan olmasdan oʻtkazishadi. Agar mahsulot parametrlarini kameradan olib chiqmasdan oʻlchash maqsadga muvofiq boʻlmasa yoki texnik tomondan noqulay boʻlsa, unda mahsulotlarni kameradan olib chiqishadi va oʻlchovlar oʻtkazishadi, biroq bunda vaqt 15 daqiqadan oshmasligi kerak.
Uzluksiz rejimdagi sinovlar (namlikni kondensasiya qilmaydigan rejim). Mahsulotlarni namlik kamerasiga joylashtirishadi va u yerda ularni 19.2- jadvaliga asosan ushlab turishadi va namlik 95+-3% ni tashkil qiladi. Issiqlik va namlik manbalarini oʻchirgandan soʻng mahsulotlarni kameradan olib chiqishmaydi balki ularni toblaydilar. Toblanish vaqti sinov turi va mahsulot tavsifiga qarab belgilanadi. Toblanish vaqti tugagach mahsulotlarni kameradan olib chiqishadi va yana ma‘lum bir vaqt mobaynida normal klimatik sharoitlarda toblashadi (ushlab turishadi). Uzoq vaqtli sinov boʻladigan boʻlsa toblash vaqti 24 soatdan kam boʻlmasligi kerak, agar qisqa vaqtli toblash boʻladigan boʻlsa unda – 1-2 sotdan kam boʻlmasligi kerak. Toblashdan soʻng mahsulotlar koʻrib chiqiladi va parametrlar oʻlchovi oʻtkaziladi.



Download 4,33 Mb.
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   119




Download 4,33 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan

Download 4,33 Mb.