• 18.2-rasm. Issiqlik kamerasi tuzilishining shemasi. 18.2-rasm. Tashqi havo isitish
  • O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan




    Download 4,33 Mb.
    bet86/119
    Sana24.05.2024
    Hajmi4,33 Mb.
    #252328
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   119
    Bog'liq
    MM Mahsulot sifati nazorati-2022

    18.2 Harorat sinovlari uchun qurilmalar
    Issiqlikga chidamlilik sinovi kamerasi. Issiqlikga chidamlilik sinovlari uchun maxsus issiqlik kameralaridan yoki kombinasiyalashgan termobarokameralardan va termologakameralardan foydalaniladi.
    Loyiha darajasi jihatidan sodda boʻlgan issiqlik kamerasi ikki devorli shkaf (18.1-rasm) koʻrinishida boʻlib, ular orasiga issitgich 2 oʻrnatilgan. Qizigan havo ventilyator bilan soʻrib olinadi va kamerani ichki (ishchi hajmi) qisqimiga haydaydi. Issiqlikning bir qismini sinalayotgan mahsulot (buyum)ga berib, havo devorlar orasidagi erkin muhit orqali isitgichga qaytarib keladi, hamda isitgichda qizigandan soʻng yana kameraga kelib tushadi. Havoning bunday aylanishi uni uzluksiz harakatlanishini va kameraning hamma nuqtalarida bir xil harorat boʻlishini taminlaydi. Kameraning ishchi hajmida haroratni bir tekis taqsimlanishini taminlash uchun isitgich elektr kamera ostida, devorida, kamera eshigida oʻrnatilishi mumkin. Sinalayotgan mahsulotga (buyumga) nazorat oʻlchash asboblari va tok bilan ta‘minlash elektr tarmog‘i maxsus izoliyatsiya- langan chiziqlar (ulash liniyalari) orqali ulanadi.



    18.2-rasm. Issiqlik kamerasi
    tuzilishining shemasi.

    18.2-rasm. Tashqi havo isitish
    vositasiga ega yuqori haroratli

    kamera.

    Ba‘zi hollarda tashqi isitgichga ega sinov qurilmalaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu xildagi qurilmalar (18.2 - rasm) yaxshi izolyatsiyalangan kameraga va yopiq ventilyasiyaga ega boʻladi. Belgilangan haroratni havo ishchi muhit orqali serkulyason ventilyator 5 orqali haydaladi. Harorat datchigi kameradagi haroratni nazorat qiladi. Bu datchik koʻrsatishi asosida harorat nazorat qiluvchi 2 elektro termik qurilmasi 8 ga dastur belgilaydi, u esa kameraga kelib tushayotgan havoni zarur haroratgacha isitib beradi. Kameradan chiqgan havo dastlabki isitish va tozalash qurilmasi 4 ga kelib tushadi, u yerda esa namlik datchigi oʻrnatilgan. Bu datchik signali nisbiy namlik nazorat qilgichi 3 ga kelib tushadi. Bu nazorat qilgichga boshqa namlik datchigi 7 dan ham signal kelib tushadi. Bu signallarni solishtirib, nazorat qilgich havo namligi 6 orqali havoni zarur nisbiy namlik qiymatiga olib boradi.


    Sovuqga chidamlilik sinovlari uchun kameralar. Past harorat ikki xil usul bilan olinadi:

    • Sovituvchi moddalar (suyuq azot, qattiq koʻmir angidrid, quruq muz, kislorod) yordamida bevosita sovitish;

    • Kompressor yordamida bevosita sovitish.

    Kichik kameralarni bevosita solishtirishda uglerod ikki oksididan keng foydalaniladi. Qattiq uglekislotani (korbanat angidridni) qizitish uni havosiz va karroziya keltirib chiqarmaydigan gazga aylanishiga sabab boʻladi. Qattiq holatdagi korbanad angedrid bazida qisqa vaqt sinovlarida qoʻllash maqsadga muvofiq. Shu xil sinovlar kamerasi 18.3-rasimda tasvirlangan.

    Download 4,33 Mb.
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   119




    Download 4,33 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan

    Download 4,33 Mb.