• Reja: MAVZU. IQLIMIY SINOVLAR. IQLIMIY SINOVLARNI TASHKILLASHTIRISH
  • Namlikka chidamlik sinovlari, ularni oʻtkazish shartlari va qurilmalari.
  • Iqlimiy sinovlarni tashkillashtirish.
  • O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan




    Download 4,33 Mb.
    bet85/119
    Sana24.05.2024
    Hajmi4,33 Mb.
    #252328
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   119
    Bog'liq
    MM Mahsulot sifati nazorati-2022

    17.2-rasm. Mahsulotni sinash usullarining klassifikatsiyalanishi.
    Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

    1. Sinov usuli deb nimaga aytiladi?

    2. Sinovlarga qoʻyiladigan umumiy talablarni ayting.

    3. Uzluksiz va siklli sinovlar haqida tushuncha bering.

    4. Mahsulotni sinash jarayonining asosiy elementlari haqida tushuncha bering.

    5. Sinov sharoiti deganda nimani tushunasiz?

    6. Obyekt xususiyatlarining xarakteristikalari haqidagi ma‘lumotni qanday usullar orqali olish mumkin?

    7. Sinovlar birliligini taminlash deganda nimani tushunasiz?

    8. Sinovlar birligini taminlash orqali nimalarga erishish mumkin?

    9. MH larga va sinov tashkilotlarga qanday talablar qoʻyiladi?

    Reja:

    1. MAVZU. IQLIMIY SINOVLAR. IQLIMIY SINOVLARNI TASHKILLASHTIRISH

      1. Iqlimiy sinovlar. Iqlimiy sinovlarni tashkillashtirish.

      2. Haroratda sinash uchun qurilmalar.

      3. Namlikka chidamlik sinovlari, ularni oʻtkazish shartlari va qurilmalari.



    Tayanch atamalar va tushunchalar: iqlimiy sinovlar, issiqga chidamlilik sinovi, namga chidamlilk sinovi, sovuqqa chidamlilik sinovi, maxsus sinov.
    18.1. Iqlimiy sinovlar. Iqlimiy sinovlarni tashkillashtirish.
    Iqlimiy sinovlardan maqsad – mahsulotni iqlimiy omillar ta‘sir etish sharoitidagi ishga yaroqliligini tekshirish.
    Quyidagi parametrlar iqlimiy omillarga misol boʻladi.

    • harorat;

    • namlik;

    • atmosfera bosimi.

    Eng murakkab ekspluatasiya sharoitlarini toʻliq hosil qila oladigan qilib iqlimiy sinovlar dasturi va metodikasi tuziladi. Bunda shuni qayd etish kerakki, iqlimiy omillar – harorat, bosim, namlikni ta‘siri ularning absalyut qiymatlari bilangina belgilanmaydi balki, ularni oʻzgarish tezligi ham hisobga olinadi. Sinovning bu xil sharoitini amalga oshirish murakkabligi bir necha iqlimiy omillarni bir vaqt nazorat qiluvchi qurilmani narxi yuqoriligini hisobga olib, amalda alohida sinash (alohida bir iqlimiy omil ta‘sir qiladi) bilan cheklanadi.
    Issiqga chidamlilik sinovi, namga chidamlilk sinovi, sovuqga chidamlilik sinovi alohida iqlimiy sinovlarga misol boʻladi.
    Sinovlarning yanada keng va turli xilli sinovlariga maxsus sinovlar misol boʻladi. Maxsus sinovlarga - ortirilgan atmosfera bosimi sinovlari, shoʻrlangan (dengiz) tumani ta‘siriga sinovlar, mog‘orga chidamlilik ta‘siriga sinovlar, chang ta‘siriga sinovlar misol boʻladi. Biroq bu xil sinovlarga ajratish shartli ravishda boʻlib, ba‘zi maxsus sinov deb e‘tirof etilgan sinovlar iqlimiy sinovlar tarkibida boʻlishi mumkin.
    Sinov rejimi me‘yorlari (harorat nisbiy namlik bosim va hakozo) va ularni ta‘sir etib turish vaqt davomiyligi qiymatlari MH larda belgilangan. Mahsulotlar uchun bitta iqlimiy omilning bir necha qiymati (murakkablik darajasi) belgilangan boʻlishi mumkin. Masalan, mahsulotlarni ekspluatasiya qilish uchun GOST 16962-71 standarti havo haroratining yuqori qiymati uchun 15ta

    murakkablik darajasini past qiymati uchun 9 ta murakkablik darajasini belgilaydi. Masalan; 1-murakkablik darajasi uchun haroratning maksimal qiymati +40 C, minimal ruxsat etilgan qiymati +1 C ; 15-murakkablik darajasi uchun haroratning maksimal qiymati +500 C.
    Turli xil sinovlarni ketma-ketlik tartibi toʻg‘ri sinov ma‘lumotini olish uchun katta ahamiyatga ega. Iqlimiy sinovlar odatda mexanik sinovlardan soʻng amalga oshiriladi. Mexanik sinovlardan soʻng izolyatsiya qobiqlarida kapilyar yoriqlar va tirqishlar paydo boʻlishi mumkin. Iqlimiy omillarni ta‘sir ettirilishi esa bu holatlarni yanada chuqurlashtiradi. Turli iqlimiy omillarni buzuvchi ta‘siri ularni ketma-ketligiga bog‘liq. Eng murakkab ketma-ketlik issiqlikga chidamlilik (T), namga chidamlilik (B), sovuqga chidamlilik (X), qisqacha esa T-B-X deb belgilanadi. Boshqacha ketma-ketliklarda quyidagicha boʻlishi mumkin: T-X-B, B-T-X, B-X-T, X-B-T, X-T-B.
    Sinovlarni oʻtkazish kema-ketligi MHda belgilanadi. Agar maxsus koʻrsatmalar berilmagan boʻlsa, unda sinovlar quyidagi ketma-ketlikda oʻtkaziladi: mexanik, harorat almashinishi issiqlikga chidamlilik namlikga chidamlilik, sovuqga chidamlilik. Iqlim sinov usullari raqami 201dan 220gacha boʻlgan startlar toʻplami va GOST 962-71 bilan terilgan holda ham boʻlishi mumkin. Masalan, 201-usul (ekspluatasiya vaqtida issiqga chidamlilik sinovini 201-1 va 201-2 oʻzgartirilgan variantlarda ham mavjud. Birinchi usul mahsulotni elektr yuklanishga ulamay tekshirishni, ikkinchisi esa mahsulotni elektr yuklanishi ostida tekshirishni reglamentlaydi. Bu standartlarda har bir sinovning maqsadi ham bayon etilgan. Masalan, 201-usul bilan sinashda mahsulot sharoitlariga harorat ta‘siri darajasini tekshirish amalga oshiriladi. Haroratning yuqori qiymati ta‘siri vaqtida va ta‘siridan keyin mahsulotning oʻzining tashqi koʻrinishini oʻzgarishsiz saqlashi tekshiriladi.
    Sovuqqa va issiqqa chidamlilik sinovi. Ishlatishda, transportirovka va saqlashda issiqqa va sovuqqa chidamlilik sinovlari oʻtkaziladi. Ishlatish jarayonidagi issiqqa chidamlilik sinovlari mahsulotning tashqi koʻrinishi belgilangan haroratdan oshganda qay darajada oʻzgarishini tekshirish va parametrlarini tekshirish maqsadida amalga oshiriladi. Mahsulotlarning sinovlari elektrik bosimsiz oʻtkaziladi, balki qiziydigan mahsulotlarini – elektrik bosim ostida. Sinovlardan oldin mahsulotlar koʻzdan kechiriladi va mahsulotning mexanik xususiyatlari (mexanik nazorat) tekshiruvdan oʻtkaziladi, shuningdek, ularning elektrik parametrlari oʻlchanadi. Undan soʻng oʻlchov – nazoratli apparatura tekshiriladi va kamerada berilgan haroratni talab etlayotgan aniqlik blan saqlanayotganini tekshirishadi. Mahsulotni issiqlik kamerasiga
    joylashtirishadi. Undan soʻng kamerada kerakli harorat belgilanadi va issiqlilik muvozanatiga erishilgunga qadar mahsulotni ma‘lum bir vaqt mobaynida ishlab turiladi. Nazorat qilinayotgan parametrlarning oʻlchanishi sinov ostidagi mahsulotlar berilgan haroratga ega boʻlgandan soʻnggina amalga oshiriladi. Sinov muddati tugagach mahsulotlarni kameradan olib chiqishadi. Undan soʻng tiklanish davri keladi, yani mahsulot normal atmosfera sharoitlarida ushlab turiladi. Tiklanish davri mahsulotni normal haroratga kelishigacha ketadigan vaqt bilan aniqlanadi. Bu vaqtning davomiyligi 1 soatdan 6 satgacha boʻlishi mumkin. Yakunida mahsulotning tashqi koʻrinishi, mexanik xususiyatlari va elektrik parametrlari tekshiriladi va oʻlchanadi. Tashqi koʻrinishni tekshirayotganda rangining oʻzgarganiga va himoya qatlamining butunligiga, detallarning holatiga e‘tibor berishadi.
    Ishlatish jarayonidagi sovuqqa chidamlilik sinovlari mahsulotning parametrlarini muhitning belgilangan va belgilangan miqdordan past darajasining ta‘sir qilishini tekshirish maqsadida amalga oshiriladi. Sovuqqa chidamlilik sinovlarining oʻtkazilish metodikasi issiqqa chidamlilik sinovlari tartibiga mos ravishda oʻtkaziladi. Transportirovka qilish va saqlash jarayonlaridagi issiqqa va sovuqqa chidamlilik sinovlari mahsulotni transportirovka qilish va saqlash jarayonlarida maksimal belgilangan harorat ta‘sirini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. Mazkur sinov odatda issiqqa va sovuqqa chidamlilik sinovlari bilan birga amalga oshiriladi. Sovuqqa chidamlilik sinovlarini odatda qirov va shudringning ta‘siri sinovlari bilan birga olib boriladi. Bunda mahsulotni sovuq kameraga qoʻyishadi va ma‘lum bir vaqt mobaynida belgilangan past haroratda oʻchirilgan holatda saqlanadi, undan soʻng ularni kameradan olishadi va normal klimatik sharoitlarga joylashtirishadi. Qoʻshilgan holatda mahsulotni ma‘lum bir vaqt mobaynida (3 soatlar atrofida) saqlab trishadi va doimiy ravishda (har 30-60 daqiqada) ularning parametrlari tekshiriladi, ular MHda belgilangan me‘yorlarga muvofiq boʻlishlari kerak. Harorat oʻzgarishining ta‘siri sinovlari (haroratning davriy ta‘siri). Harorat sinovlarining asosiy turlaridan biri bu davriy ravishda haroratning ta‘sir qilish sinovlari hisoblanadi. Bunday sinovlarda mahsulot ma‘lum bir tartibdagi 3-5 haroratli davriyliklar ta‘siriga duchor qilinadi. Bu sinovni mahsulotning tashqi muhitdagi harorat oʻzgarishlariga chidamliligini va oʻz parametrlarini saqlab qolish qolmasligini tekshirish maqsadida amalga oshiriladi. Davriy ta‘sir sinovlari quyidagi metodika boʻyicha olib boriladi: sovuq kamerada MHda belgilangan haroratga keltiriladi, soʻng unga mahsulotlarni joylashtirishadi va belgilangan vaqt mobaynida ushlab turishadi; undan soʻng mahsulotlarni issiqlik kamerasiga joylashtirishadi (koʻchirish vaqti 5 daqiqadan
    oshmasligi kerak), bu kamerada harorat kerakli haroratga keltirilgan boʻladi; mahsulotlarni issiqlik kamerasida ushlab turish vaqti tugagach davriylik yana takrorlanadi.
    Koʻrib chiqilgan sinovlarda kameralarda ushlab turish vaqtining hisobi harorat rejimini belgilashgandan soʻng boshlanadi. Kameralarda joylashtirilgan mahsulotlarga harorat bir xil ta‘sir qilishini ta‘minlash uchun ularni toʻg‘ri joylashtirish lozim boʻladi. MHlarda belgilangan metodikalarda kamerada joylashtirilgan mahsulotlar, kamera devorlari va mahsulotlar oʻrtasidagi masofa aniq koʻrsatilgan. Mahsulotlarni kamera devorlaridan 5 sm dan oʻzoqroq qoʻyish mumkin emas.

    Download 4,33 Mb.
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   119




    Download 4,33 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan

    Download 4,33 Mb.